Mashg’ulot o’tish joyi o’quv xonasi Mashg’ulotning jixozlanishi


Talaba qila bilishi lozim


Download 27.16 Kb.
bet2/7
Sana07.03.2023
Hajmi27.16 Kb.
#1247564
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5312480825499981359

3.3 Talaba qila bilishi lozim.

  • Suv xavzalarini ifloslantiruvchi manbalarni sanitar-topografik tekshirishni

  • Nazorat obhktlarini sanitar gigienik tekshruvlar o’tkazishni va tahlluqli xujjatlarni tuldirishni.

  • Tanlab olingan suv manbasida JSN o’tkazishni.

  • Suv xavzasidan suv taminoti tizimidan suv olish nuktalarini belgilab grafik tizmasini to’zishni.

  • Laborator instrumental tekshiruvlar natijalarini integratsiyasini

  • Suv sifatini baxolashda laboratoriya tekshruvlarini o’tkazishni.

4. Motivatsiya (mavzuni asoslanishi).
Suv xavzalarini muxofaza qilish yuzasidan sanitariya nazoratini o’tkazish bosqichlarida ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash, ularni tavsiloti va ularni suv xavzalari suviga va axoli salomatligiga ta’sirini o’rganish va chiqindi suvlarini tozalashni turli usullarini ishlab chiqish muxim o’rin tutadi. SHu sababli suv xavzalarini sanitariya muxofazasi sifatida sanitariya nazoratini o’tkazish bo’yicha amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishda chuqur bilim olish katta axamiyatga ega.
5. Mavzuning fanning o’z ichida va boshqa fanlar bilan bog’liqligi
bu mavzuni o’tishda talabalarning bioximik, mikrologik va umumiy gigienia fanlari asosidan olingan bilimlarigaa asoslanadi. Mashg’ulot davomida olingan bilimlar bolalar va usmirlar gigienasi, mexnat gigienasi, xususiy va umumiy epidemiologik va ovkatlanish gigienasi kabi fanlari o’tishda, magistaraturada xamda ilmiy izlanish ishlarini bajarishda qo’llaniladi.


6.Mashg’ulotning mazmuni.
Nazariy qism.
Suv xavzalarini ifloslantiruvchi manbalar juda ko’p va xar xil jumladan:

  1. Turar joylarning kanalizatsiya chiqindi suvlari

  2. Sanoat korxonalarining chiqindi oqava suvlari

  3. Ochiq suv xavzalariga oqib tushadigan yomg’ir, qor suvlari, daryo chetlarida joylashgan turar joylardan oqib tushadigan suvlar

  4. Yo’lovchi suv kemalardan neft maxsulotlari tashuvchi kemalarning chiqindi suvlari

  5. Daryolardan qum olish, tozalash va boshqalar

  6. Kanop va boshqa po’stlok beruvchi o’simliklarni suvda ivitish

  7. Suvda suv o’simliklarini va xayvonlarini o’limidan suvning ifloslanishi

  8. Suvda yog’ochlarni oqizish oqibatida suvning ifloslanishi

  9. Sug’oriladigan shudgorlardan chiqadigan chiqindi suvlar, chorvachilik, parrandachilik fermalari oqava suvlari.

Shuni qayd qilish kerakki, ifloslantiruvchilar ichida eng chidamli va zararliligi bilan farq qiluvchi-neft maxsulotlari, og’ir metallar, kislota va ishqorlardir.
Ayniqsa kimyo sanoatidan chiqadigan oqava suvlar suv xavzalaridagi tirik jonlarni qirib yuboradi, qog’oz-tselloza ishlab chiqarish kombinatlaridan chiqadigan chiqindi suvlar anchagina zaxarlidir.
Suv xavzalarini sanitar tekshirish (sanitar-topografik) natijasida chiqindi suvlarni tashlash sharoitlari, suvni ifloslantiruvchi manbalar va ularni suv xavzalariga nisbatan joylashuvi, ifloslantiruvchi manbalarni suv xavzalari bilan gidrogeologik aloqadorligi va boshqalar aniqlaniladi. Tekshirish natijasida suv xavzalari ifloslanishdan ximoyalash uchun sanitar-texnik, sanitar-texnologik, mahmuriy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Suv xavzalarini axoli salomatligiga ta’sirini o’rganish quyidagi sxema asosida olib boriladi:

  1. Kasallanish xolatini baxolash

  1. Kasallanishni o’rganish

  1. Sinflar bo’yicha kasallanish

  2. Yuqumli kasalliklar

  3. Noyuqumli kasalliklar

  4. Vaqtincha ish qobiliyatini yo’qotish

  5. SHifoxonada davolanish davomiyligi

  1. Anketa-so’rovnomasi

  2. Murojatlar soni

  3. Tibbiy ko’riklar

  4. O’lim xolatini aniqlash

  1. Sanitar-demografik ko’rsatkichlarni baxolash

  1. Axolini statik ko’rsatkichlari

  2. Axolini dinamik xarakat ko’rsatkichlari

  1. Jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini baxolash

  2. Nogironlik ko’rsatkichlarini baxolash

Suv havzalarini ifloslantiruvchi manbalar bo’lib: 1) sanoat chiqindi suvlari; 2) xo’jalik-maishiy chiqindi suvlar; 3) yomg’ir va erigan yog’in suvlari; 4) yog’och oqizish; 5) kemalar qatnovidan hosil bo’luvchi chiqindi lar; 6) daryo o’zanidan qum olish yoki boshqa ishlar o’tkazilishi bo’lishi mumkin.


Ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash suv manbasini sanitar tekshiruvi bilan o’tkaziladi.



Download 27.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling