Mashg‘ulot shakli: ma’ruza Mavzu: Umumta’lim maktablarida tashkil etiladgan o‘quv va pedagogik amaliyotga tayyorlash


Download 25.37 Kb.
bet1/4
Sana06.01.2023
Hajmi25.37 Kb.
#1080688
  1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu. Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan


Mashg‘ulot shakli: ma’ruza
Mavzu: Umumta’lim maktablarida tashkil etiladgan o‘quv va pedagogik amaliyotga tayyorlash.
Mavzu rejasi:

  1. Ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot birligi. O‘quv va pedagogik amaliyotini tashkil etish maqsadi va vazifalari.

  2. 4+2 dasturi asosida o‘quv va pedagogik amaliyotini tashkil etish shakllari.

  3. O‘quv jarayonining meyoriy hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish.

  4. O‘quv va pedagogik amaliyotini tashkil etishning mutaxassislik fanlarini o‘rganishdagi ahamiyati.

Malaka amaliyoti — o‘quv jarayonining nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikma hosil qilish, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarning ma’lum (yakuniy) qismidagi mavzu bo‘yicha materiallar to‘plash uchun o‘tkaziladigan bir qismi;
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari malaka amaliyotlariga qo‘yiladigan umumiy talablar.
Ta’lim oluvchilar kasbiy ko‘nikmalarni mukammal egallashi uchun o‘quv rejalar va muayyan fanlarning o‘quv dasturlarida o‘quv (tanishuv), ishlab chiqarish (klinik, ijodiy va boshqa) va bitiruv oldi malaka amaliyotlari nazarda tutilishi shart.
Amaliyotlar bakalavriat ta’lim jarayonining majburiy qismi bo‘lib, talabalarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Bakalavrlar tayyorlashda quyidagi malaka amaliyotlari o‘tkaziladi:
o‘quv (tanishuv) amaliyotiiqtisodiyot tarmoqlari, tegishli tashkilot, muassasa va korxonalar bilan tanishtirish, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashga qaratiladi;
ishlab chiqarish amaliyoti — umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi;

Download 25.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling