Mashg‘ulot shakli: ma’ruza Mavzu: Umumta’lim maktablarida tashkil etiladgan o‘quv va pedagogik amaliyotga tayyorlash
Download 25.37 Kb.
|
4-mavzu. Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- О‘quv tanishuv amaliyotining zarurati
- Amaliyotning maqsadi
bitiruv oldi amaliyoti — ishlab chiqarishda (tegishli soha korxona, tashkilot va muassasalarida) kasbiy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, kasbiy faoliyatga moslashish, bitiruv malakaviy ishni tayyorlash uchun ma’lumot to‘plash va tizimlashtirishga qaratiladi;
pedagogik amaliyot — kasb ta’limi yo‘nalishlari uchun qo‘llaniladi va pedagogik mahoratini oshirishga qaratiladi. Ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq malaka amaliyotlarining boshqa turlari ham qo‘llanilishi mumkin. Har bir amaliyot turi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va real sektorning tegishli ilg‘or korxona, tashkilot va muassasalari, xorijiy va qo‘shma korxonalar, ilmiy tashkilotlar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va boshqa muassasalarida, dala sharoitlarida, maxsus tajriba (poligon) obyektlarida va boshqalarda o‘tkaziladi. Amaliyotlarni tashkil qilish, o‘tkazish va talabalarni baholash mezonlarini belgilash oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. О‘quv tanishuv amaliyotining zarurati О‘quv tanishuv amaliyoti davomida amaliyotchi-talabalar umumiy о‘rta ta’lim muassasasining ijtimoiy muhiti, ta’lim muhiti, muassasa subyektlari о‘rtasidagi munosabatlar, ota-onalar va ularning о‘rnini bosuvchilar bilan ishlash prinsiplari, mediasavodxonlik va boshqalar tо‘g‘risida amaliy kо‘nikmalar xosil qilishlari lozim. Talabalar muassasa rahbariyatining ish yuritish jarayonlari, boshqaruvchilik faoliyati, fan о‘qituvchilarining dars davomida о‘quvchilar bilan hamda sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyat yuzasidan о‘quvchilarga munosabatlari, me’yoriy hujjatlari bilan tanishishlari kerak. Amaliyotning maqsadi – bо‘lajak boshlang’ich ta’lim о‘qituvchilarining amaliy-kasbiy kо‘nikalarini shakllantirish va pedagogik amaliyotga tayyorlash. Amaliyotning vazifasi – talabalarni ta’lim muhitiga moslashtirish, kо‘nikmalarini shakllantirish, nazariy olingan bilimlarni mustaxkamlash, rivojlantirish; о‘quv jarayonini yо‘lga qо‘yish bо‘yicha о‘quv meyoriy hujjatlar bilan tanishtirish; ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining hususiyatlari tо‘g‘risida tasavvurni shakllantirish; talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirish; talabalarda kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish va boshqalar. Download 25.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling