Mashg‘ulot turi: Amaliy -5 Mavzu: ishlatilgan moylarni qayta tiklash va tozalash. Ishning maqsadi
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Amaliy (1)
Tajriba o‘tkazish tartibi 7 Qurilmaga moy qo‘yishdan oldin qo‘yidagi ishlar amalga oshiriladi. - birikmalardan moy sizib chiqmayotganligini hamda yerga ulagich (zazemlenie) simining ulanganligini tekshirish lozim; - qurilma yurib ketmasligining oldini olish maqsadida g‘ildiraklar qo‘zg‘almas holatga keltiriladi; - (V1) krani dastasi chapga, (V2) krani dastasi ham chapga buraladi, (V3) krani to‘la yopib qo‘yiladi; - ishlatilgan moy kamida 2 soat davomida tindiriladi. Tindirilgan 50 l hajmdagi moy ishlatilgan moy baki (2) ga quyish bo‘g‘zidagi dag‘al filtr orqali quyiladi va qopqoqni og‘zi zich yopiladi. Bug‘ chiqish tirqishi ochib qo‘yiladi. Nasos (9) ishga tushiriladi va manometr (5) ko‘rsatkichi nazorat qilib turiladi. Ishlayotgan nasosda manometr bosimi 0,05 MPa atrofida bo‘ladi. Bu holda ishlatilgan moy bakidagi suyuqlik dastlabki tozalash filtri orqali tozalanib, qayta shu bakka tusha boshlaydi. Nasos ishga tushib ketgandan so‘ng qizdirgich qo‘shiladi. Shu holatda qurilma 20-25 min ishlaydi. Bunda moy tarkibidagi diametri 60 mkm dan katta bo‘lgan mexanik aralashmalardan tozalanadi. Bir vaqtning o‘zida qizdirish jarayonida moydagi suvlar va yonilg‘ilar ham bug‘latiladi. Bunda termometr ko‘rsatkichini doim nazorat qilib turish lozim, moy harorati 80 o C dan oshib ketmasligi kerak. Dastlabki tozalash jarayoni tugagandan so‘ng qizdirgich o‘chiriladi va (V2) kran dastasi o‘ngga buriladi. Bunda ishlatilgan moy bakidagi suyuqlik mayin filtr orqali tozalangan moy bakiga tushadi. Ishlatilgan moy bakida suyuqlik qolmaganligiga ishonch hosil qilinganidan so‘ng (V1) krani dastasi o‘ngga buriladi, bunda tozalangan moy bakidagi suyuqlik mayin filtrda tozalanib, yana qayta tozalangan moy bakiga tushadi. Bu jarayon 10 minut davom etadi. So‘ngra (V3) krani ochilib tozalangan moydan namuna olinadi, agar moy tarkibidagi mexanik aralashmalarning miqdori 0,015% dan, suv – 0,025% dan va yonilg‘i 0,8% dan yuqori bo‘lmasa (V3) krani to‘la ochilib, boshqa idishga tozalangan moy to‘kib olinadi. Tozalangan moyni shu guruhdagi yangi moy bilan 1:1 tarkibda aralashtirib, qayta ishlatish mumkin. Tozalangan moyning ish muddati yangi moynikining 80% ni tashkil etadi. Natijalarni qayd qilish jadvali 6.1-jadval Tozalanayotga n moy markasi Harorat Manometr ko‘rsatkichi Tozalangan moy hajmi Tozalan- magan moy hajmi Tozalangan moy tarkibidagi mexanik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling