Mashg’ulot turi: ma’ruza
Download 39.17 Kb.
|
8-MAVZU
Natijaviy ko‘rsatkichlar:
maqsadga muvofiqlik, natijalarning dastlabki maqsadlarga mosligi, samaradorlik; mahsuldorlik, mehnat predmetini o‘zgartirishda namoyon bo‘ladigan natijalar; tejamkorlik, manbalar, vaqt va ishchi kuchidan minimal darajada foydalanish; qulaylik, mazkur sharoitda eng yaxshi natijalarga erishish uchun minimal darajada vaqt va kuch sarf qilish; yuksak namunalarga mos keladigan faoliyat usullarini o‘zlashtirish va natijalarga erishish; yangi vazifalar qo‘yish, nostandart texnologiyalarni topish, umuman yangi mahsulot yaratish, shakllangan tajribalardan chetga chiqish (kasbiy ijod, yangiliklar yaratish). 2. Jarayonga xos ko‘rsatkichlar: kasbiy faoliyat vazifalarining turli-tumanligi; ijtimoiy talablarga moslashuvchan, qulay texnologiyalardan foydalanish; kasbiy faoliyat sub’ektining shakllanganligi (kishining maqsad qo‘ya olishi, anglashi, faoliyatni boshqara olishi); kasbiy faoliyatda deformatsiyalarning mavjud emasligi (maqsad, zveno va operatsiyalarni o‘tkazib yubormaslik); o‘tmish tajribaga asoslanish va o‘zining shaxsiy tajribasiga ega bo‘lish; aniq faoliyat turlarini egallash, ixtisoslashuv; bir necha oraliq faoliyat turlarini egallash, universallik); ixtisoslik talablariga mos keladigan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash. 3. Professional muloqotning rivojlanganlik ko‘rsatkichlari: hamkorlikda, jamoa bo‘lib bajariladigan kasbiy faoliyat samaradorligining oshishi; “komanda” bo‘lib bajariladigan ish usullarini egallash, yuqori darajada mahsuldor kasbiy faoliyatning mavjudligi; yangi kasbiy muhit, ishga oid va ijodiy muloqotni loyihalash; hamkorlikdagi mehnat faoliyatida o‘zaro bilish, o‘zaro tushunish, bir-birini tuzatish; hamkorlikdagi faoliyat ishtirokchilarining psixik rivojlanishi uchun ichki zahiralarni safarbar etish uchun zarur sharoit yaratish; hamkorlikdagi mehnat faoliyatida funksiya va rollarni oqilona taqsimlash; kommunikativ texnikaning ko‘plab turlaridan foydalanish; hamkasblar bilan nizolarsiz hamkorlik qilish; mehnat jarayonida boshqa kishini o‘rganish, unga hamdard bo‘lish; boshqa kishilar tomonidan samarali natijalarga erishish maqsadida to‘plangan tajribani tahlil qilish; iste’molchilar ehtiyojlari va kasbiy faoliyat natijalarini hisobga olish; kasbiy faoliyatda ijobiy psixologik muhitni ta’minlash, ishtirokchilarning hamkorlikdagi faoliyatdan o‘zaro qiniqishiga erishish; mazkur guruhda qabul qilingan kasbiy etika, me’yor va muloqot tiliga rioya qilish. 4. Yetuk mutaxassis shaxsining ko‘rsatkichlari: mazkur kasbning ahloqiy qadriyatlari va mentalitetini tushunish; shaxsiy kasbiy tajribasini to‘plash va tahlil qilish; o‘z kasbining ustasi sifatida namoyon eta olish, kasbiy rivojlanishi uchun eng qulay ssenariyni tashkil eta olish; o‘z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalana olish va kompensatsiya qilish (o‘rnini to‘ldirish); kasbiy faoliyatda kishining imkoniyatlariga mos keluvchi, kasbiy topshiriq va faoliyat usullarini birlashtiruvchi individual uslubni shakllantirish; o‘zini saqlab qolish uchun xavf tug‘ilgan paytda ham mehnat faoliyatini blokirovka qilish (ajratib olish), xulq-atvorga xos kasbiy xatti-harakatlarning adekvatligi va tejamkorligi; o‘z imkoniyatlarini maksimal tarzda safarbar eta olish, kuch-quvvatni bir joyga to‘plash; mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda butun kuch-quvvatni yuqori darajada safarbar etish va to‘plash, ortiqcha zo‘riqishlarning oldini olish; o‘z kasbining ustasi sifatida mehnatga ijobiy munosabat va undan to‘liq qoniqish hosil qilishni ta’minlash; har bir yangi imkoniyatni kasbiy takomillashuvga safarbar etish, foydalanilmay qolgan imkoniyatlar uchun mas’uliyatni his qilish; individual kasbiy optimumni ishlab chiqishga qobiliyatli bo‘lish; kasblar dunyosi va ular uchun zarur sifatlar haqida bilimga ega bo‘lish; o‘zining kasbiy faoliyat ko‘p qirrali ekanligi anglagan holda faoliyat hamda muloqotning turli soha va turlarida muvaffaqiyat qozonishga intilish; shaxsning kasbiy tipiga yaqinlashli, mazkur mehnat faoliyati uchun muhim bo‘lgan sifatlarni rivojlantirish; shaxs deformatsiyalarining mavjud emasligi; kasb uchun muhim bo‘lgan cho‘qqilarni zabt etish usullarini o‘zlashtirish, akmeogramma tuzish. Download 39.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling