Mashg’ulot turi: ma’ruza
VII.2. Kasbiy kompetentlik
Download 39.17 Kb.
|
8-MAVZU
VII.2. Kasbiy kompetentlik
Kasbiy kompetentlik – bu kishining kasbiy vazifalarni bajara olish qobiliyatidir. Profes Professionalizm ko‘plab kasbiy kompetentlikdan tashkil topgan bo‘ladi. Kompetentlik tarkibida kishining bilim, ko‘nikma va malakalariga bog‘liq holda bu qobiliyatlardan foydalana olish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Kasbiy kompetentlikning bir necha turlari – kasbiy faoliyatdagi kompetentlik, kasbiy muloqotdagi kompetentlik, mutaxassisning o‘z shaxsini namoyon eta olishdagi kompetentligi kabi guruhlarni farqlash mumkin. Kasbiy faoliyatdagi kompetentlik va uning turlari quyidagicha: maxsus kompetentlik (o‘z ishini yaxshi bilish); texnologik kompetentlik; sub’ektiv kompetentlik; professiologik kompetentlik (kasblar haqida ma’lumotga ega bo‘lish); huquqiy kompetentlik; iqtisodiy kompetentlik va boshqalar. Kasbiy muloqotdagi kompetentlik va uning turlari: kommunikativ va muloqotchanlik kompetentligi (hamkorlik qila olish qobiliyati); ijtimoiy-perseptiv kompetentlik (boshqa kishilarni idrok qilishga qobiliyat); differensial-psixologik kompetentlik; diagnostik kompetentlik (boshqalarni o‘rganish qobiliyati); ahloqiy kompetentlik; empativ kompetentlik; madaniyatlararo, ijtimoiy-madaniy kompetentlik (boshqa madaniyatlarga nisbatan bag‘rikenglik); nizoli vaziyatlardagi kompetentlik va boshqalar. Mutaxassis shaxsining shakllanishidagi kompetentlik va uning turlari: psixologik kompetentlik (boshqa kishilarni o‘rgana olish ko‘nikmasi): individual, autopsixologik kompetentlik (o‘zini o‘rganish ko‘nikmasi); madaniy kompetentlik (jamiyatda qabul qilingan madaniy normalarni qabul qilish va o‘zi uchun etalon sifatida o‘zlashtirish); refleksiv kompetentlik va boshqalar. Download 39.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling