Mashgʻulot turi: ma‟ruza


Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari


Download 284.85 Kb.
bet11/11
Sana02.06.2024
Hajmi284.85 Kb.
#1833317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6- Mavzu

Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari.
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari bu g‘oyaviylik, xalqchillik va ilmiylilik. Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyaviyligi bu uning yo‘nalishligidir (vatanparvarlik, o‘z vatanini sevish, boy yetish va h.k). Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida ichki dunyoqarash shakllanib boradi hamda jamiyat a‘zolarining ahloqiy kodeksi ruhida ahloqiy sifatlar tarbiyalanib boradi. Bizning jismoniy tarbiya tizimining mustaqil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining har tomonlama jismonan va ruhan qobiliyatlarini rivojlantirishga hizmat qiladi. Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyasi uning vazifalari, prinsiplari, metodlari, shuningdek tashkiliy asoslarida o‘z ifodasini topgan. Jismoniy tarbiya tizimining mostligi, yo‘nalishi: mamlakatimizda butun fuqarolar uchun yagona bo‘lgan jismoniy tarbiya tizimi tuzilgan. Halqning jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik borasidagi muvaffaqiyatlari ishlab chiqarish masuldorligining o‘sishiga, demak halq faravonligiga ta‘sir yetadi. Shuning uchun har bir shaxsni jismoniy tarbiyalash davlat uchun muhim ishdir. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish uchun hamma zarur sharoitlar yaratilmoqda: o‘yingohlar, suv havzalari qurilmoqda, gimnastika honalari, maydonchalar jihozlanmoqda, sport anjomlari, kiyimlari, poyafzallar tayyorlanmoљda va h.k. Jismoniy tarbiya jarayonida umumiy qabul qilingan vositalar bilan bir qatorda jismoniy mashqlar va sportning milliy turlari qo‘llanmoqda, tiklanmoqda va rivojlanmoqda.
Ilmiylilik - jismoniy tarbiya tizimining xarakterli belgilaridan biridir. Mamlakatimizda tadqiqotlar asosida yagona davlat dasturlari, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va boshqalari yaratilmoqda va takomillashtirilmoqda, har bir yosh davri uchun jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari me‘yorlari ishlab chiqilmoqda, jismoniy tarbiya jihozlari va buyumlarida bo‘lgan talablar aniqlanmoqda.
Ilmiy ishlar, ilmiy tadqiqot oliygohlari bilan bir qatorda o‘quv oliygohlarda (o‘qituvchilar, tibbiyot, jismoniy tarbiya oliygohlarida) olib borilmoqda.
Tadqiqotlar natijasida yerishilgan hamma yangiliklar amalda qo‘llanmoqda. Shu munosabat bilan davlat muassasalarida, jamiyat tashkilotlarida va oilada jismoniy tarbiyaning qo‘yilishi yaxshilanmoqda.
Pedogogika mutaxassislarining malakasini oshirish borasida ko‘pgina ishlar olib borilmoqda.
Asosiy adabiyotlar

  1. Tulenova. X., Xo‗jaev.P, Xo‗jaeva. Meliev.H Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. T; Iqtisod-Moliya 2012y o‗quv qollanma.

  2. Makamjonov.K, Salomov.R, Ikromov.I Jismoniy madaniyat nazariyasi va metdikasi. Darslik T; Iqtisod-Moliya 2008yil

  3. Xujaev I-. Raximkulov K.D, Nigmanov B.B «Xarakatli o‘yinlar va uni o‘qitish mctodikasi» Cho'lpon nashriyoti Toshkent 2011 y

Download 284.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling