Mashg’ulot№17 Mavzu: Turli lokolizatsiyali


Download 277.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana04.02.2023
Hajmi277.69 Kb.
#1160259
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
№ 17 turli lokalizasiyali asoratlangan churralar




Mashg’ulot№17 
 
Mavzu: Turli lokolizatsiyali asoratlangan churralari( Chov, kindik, son va qorin oq 
chizigi churralari) diagnostikasi va differensial diagnostikasi. Bolalar shifoqorining 
taktikasi. 
 
Nazariy kism 
1
Chov-yorgok churralari, urug tizimchasi kistasi, istiskosi etiopatogenezi: 
Bolalarda chov-yorgok churralari tug‘ma bulib, sababi qorin parda kin 
usimtasini oblitiratsiyasi bilan boglik. Xomilani 7- oyidan boshlab moyak qorin 
parda kin usimtasi bilan yorgokka tusha boshlaydi. Bu jarayon tugilgandan 
sung tugaydi va kin usimta oblitiratsiyaga uchpaydi. Bu jarayonni buzilishi 
turli patologichga sabab buladi. Kin usimta butunlay butmay kolishi chov 
churralarini xosil kiladi. Agar urta kismi bitmay kolsa urug tizimi kistasi, distal 
kismi bitmay kolsa istiskosi dabbaga sabab buladi. Chov yorgok churralarini 
chakalokni dastlabki 1-2 oyligida kurina boshlaydi. Bola yiglaganda va bezovta 
bo‘lganda chikib kirib ketadi. Istisko (dabba) kukrak yoshidagi bolalarda 
ko‘pincha paydo bulib keyinchalik 1-2 yoshda kayta surilib ketadi. Churra – 
ichki a’zolarning qorin pardaga o‘ralgan holda fiziologik va patologik teshik 
orqali yoki qorin bo‘shlig‘ining bo‘sh joyidan chiqib qolishidir. 
Ichki churralar qorin bo‘shlig‘i ichida qorin parda burmalari, 
cho‘ntaklaridan hosil bo‘ladi yoki diafragmaning tabiiy va orttirilgan yoriqlari 
orqali ko‘krak qafasiga kiradi. 
Tasniflanishi. Qorindagi churralar anatomik, etiologik va klinik belgilariga 
ko‘ra tasniflanadi. 
А) Anatomik tasniflanishi: chov, chov- yorg‘oq, son, kindik churrasi, 
qorinning oq chizig‘i churrasi, bel va diafragmal churralar. 
Б) Etiologik tasniflash: tug‘ma va orttirilgan churralar farqlanadi. 
YAna turli kasalliklarda laparotomiya o‘tkazilgandan keyin paydo 
1
Детская урология. Руководства. Н.А. Лопаткин, А.Г. Пугачев. Москва «Медицина »1991.



bo‘lgan operatsiyadan keyingi churralar xamfarqlanadi. Turli htl 
churralarni operativ davolashdan keyin yana paydo bo‘lishi 
retsidivlangan churra deyiladi. 

Download 277.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling