Mashg’ulotlar uchun
Download 0.61 Mb.
|
TIBBIY BILIM ASOSLARI
Davolash. Vitamin D ni davolash maqsadida qo‘llash davolovchi shifokor tomonidan har tomonlama mulohaza qilib amalga oshirilishi kerak. Bola suyagida o‘zgarish alomatlari sezilsa, spazmofiliya kasalligi sodir bo‘lsa, hamda kaltsiy va vitamin D-ning qondagi o‘zgarishlari haqida laboratoriya ma’lumotlari bo‘lsagina vitamin D ning davolovchi miqdori buyuriladi.
Vitamin D ning davolovchi miqdori 1 kechayu kunduzga 2000-5000 MЕ kun davomida berilsa, yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bu davolash jarayonini albatta bolaning ovqat va hayot rejimini yaxshilash va boshqa davo-sog‘aytirish ishlari bilan olib borish kerak bo‘ladi. Davolashda yaxshi natijaga erishilgandan so‘ng vitamin D-ning davolash miqdori uning oldini olish miqdori (bir kechayu kunduzda 400-500 MЕ) bilan almashtirilib, 2 yil davomida va uchinchi yili kish davrida har kuni buyuriladi. Ayrim hollarda, ya’ni tez-tez kasallanib turuvchi bolalarga, raxit kasalligining rivojlanishiga sharoit yaratib beradigan xatarli holatlarda asosiy davo tugagandan so‘ng 3 oy utgach kaytalashining oldini oluvchi davo buyuriladi. Bunda davo ham 2000-2500 Me miqdorda bo‘lib, 3-4 xafta davom etadi. Raxitni davolashni vitamin D ning videhol, videin kabi turlari bilan olib borgan ma’qul. Ba’zi hollarda vitamin D kasallikning oldini olish yoki davolash uchun qo‘llanilganda davolash natijasiz bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda vitamin D ni A,Ye,V1,V2,V6 va S vitaminlar bilan qo‘shib berish kerak bo‘ladi. Kaltsiy tuzlar boyitmasi sifatida kukun qilib, yanchib suv bilan 1:1 nisbatda aralashtirilgan limon sharbatiga 1g‘3g‘4 choy qoshiqda aralashtirilib, 3-4 hafta davomida beriladi. Ma’lumki, O‘zbekiston sharoitida ko‘p hollarda raxit kasalligi gipotrofiya bilan uyg‘unlashgan holda uchraydi. Shuning uchun bunday bolalarga 3-4 hafta davomida ovqatlantirishdan 1 soat oldin bolaning har bir kg og‘irligiga 20 mg hisobida 2 marta kaliy orotat beriladi, Kaliy orotat bola tanasida kaltsiyni bog‘lovchi oqsil biosintezni kuchaytiradi. Raxitning og‘ir ko‘rinishlarida ATF kislotasini mushak orasiga 15-30 marta yuboriladi. Har tomonlama buzilgan oraliq modda almashinuvini izga solish maqsadida karotin –xlorid preparatining 20% suvli eritmasidan 1 yoshgacha 8-10 tomchidan, 1 yoshdan keyin 15 tomchidan 1 oy mobaynida ovqatlinishdan 30 daqiqa ilgari, 1 kunda 3 marta beriladi. Bu bolaning jismoniy rivojlanishiga imkoniyat tug‘diradi. Dori-darmon bilan davolash boshlangan kundan 2 hafta o‘tgach, bolaga massaj va davo badantarbiya boshlab yuboriladi. Avvaliga bu muolajalar shifokor nazoratida olib borilib, ota-onasi o‘rganib olgandan so‘ng 1,5-2 oy uyda davom ettiriladi. Dori-darmonlar bilan davolash tugagach, 6 oylikdan oshgan bolalarga tuzli, xvoyali (ignabargli) davolash vannalarini qilish mumkin bo‘ladi. Xvoyali vanna qo‘zg‘aluvchanligi oshib ketgan bolalarga ayniqsa qo‘l keladi. Harorati 360S bo‘lgan 10 litr suvga 1 choy qoshiq xvoya ekstraktidan solinadi. Ozg‘inlik gipotrofiya. O‘zbekiston sharoitida tarqalgan bo‘lib, ovqatlanishning surunkali buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti axborotiga qaraganda, bu kasallik 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchrab, go‘dak bolalarning 10-20% kuzatiladi.Tana og‘irligining izdan chiqishi bilan o‘tadigan surunkali ovqatlanishning buzilishi muhim masala bo‘lib, ayniqsa yosh bolalar o‘rtasida yuqumli kasalliklar va o‘limning ko‘payishiga asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Go‘dak bolalarda ozg‘inlikning kelib chiqish omillariga xomila ona qornidaligida (neonatal) davrlarning yomon o‘tishi, aralash yoki sun’iy ovqatlantirishni erta boshlash, bolaning kun rejimining buzilishi, anomaliya konstitutsiya anomaliyasi, kamqonlik, disbakterioz va boshqa kasalliklar kiradi. Kelib chiqishiga qarab, tug‘ma va tug‘ilgandan keyingi gipotrofiya farq qilinadi. Xomiladorlik davrida to‘yib ovqat emaslik, onadagi alohida holatlar (infantilizm, astenik konstitutsiya, yaqin qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikoh, xaddan tashqari yoshlik yoki qarilik, surunkali kasalliklar, ichki a’zolar kasalliklari, xomiladorlikdagi zaharlanishlar, yo‘ldoshdagi turli etishmovchilikdir, yo‘ldosh anomaliyalari, ona kasbidagi zaharli omillar, ionli radiatsiya, ultratovush va UFN maydoni ta’siri, kimyoviy moddalar ta’siri va boshqallar), xomilaning ona qornida o‘tkazgan yuqumli kasalliklari, genom va xromosom mutatsiyalari-ozg‘inlikka olib keladigan sabablardan hisoblanadi. Gipotrofiyaning og‘ir-engilligiga qarab 3 darajasi: I, II, III, ya’ni engil, o‘rtacha og‘irlikdagi va og‘ir shakllari farqlanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling