Mashg’ulotlar uchun


Kamqonlikning oldini olish tadbirlari va davolash


Download 0.61 Mb.
bet103/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Kamqonlikning oldini olish tadbirlari va davolash. Kamqonlikning oldini olish bolaning xomilalik davridanoq boshlanishi lozim. Xomilador ayollarning sifatdi ovqatlanishi (mineral moddalar va vitaminlarga boy taomlarni iste’mol qilishi), toza havoda ko‘proq sayr qilishi hamda ularni turli kasalliklar va toksikozdan asrash umumiy profilaktik tadbirlarga kiradi. Bola tug‘ilgandan keyin esa bolaning kun tartibini, uyqusini va ovqatlanishini to‘g‘ri tashkil etish zarur.
Kasallikni davolashda bemorni to‘g‘ri parvarish qilish kerak, sifatli ovqatlantirish va kun tartibini uyg‘unlantirishga alohida e’tibor berish kerak. Yilning faslidan qat‘iy nazar, bola ko‘proq sof havoda bo‘lishi va yuqumli kasalliklardan saqlanishi zarur.
Temir moddasi etishmaganligidan kelib chiqqan kamqonlikni davolash uchun temir modda tutuvchi dorilarni ovqatdan yarim soat keyin va iloji boricha ularni limon, askorbin kislotasi yoki meva sharbati bilan ichirgan ma’qul, shu bilan ushbu preparatlarning noma’qul ta’sirini yo‘qotish mumkin. Bevosita temir preparatlaridan oldin va keyin bolalarga choy, sigir suti va undan tayyorlangan ovqatlarni bermaslik kerak, chunki ular temir bilan erimaydigan birikmalar hosil qilib, uning ichakdan qonga so‘rilishini qiyinlashtiradi.
Ikki valentli temir tutuvchi preparatlar ferrokol, ferramid, ferropleks, konferon va boshqallar davolashda qo‘llanadi. Bular o‘rtacha 4-6 mg miqdorida beriladi. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 60-90 mg, 3-6 yoshdagilarga 100-200 mg, 7 yoshdan oshganlarga esa kuniga 800 mg miqdorda temir preparatlari tavsiya etiladi.
Suyuq temir preparatlaridan temir aloe sharbatini ishlatish mumkin (1ml da 20 mg temir tutadi). Gemostimulin preparatida temirdan tashqari mis sulfati ham bo‘lib, u qon hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Gemostimulin kichik yoshdagi bolalarga 0,15 g katta yoshdagi bolalarga esa 0,2-0,25 dan kuniga 3 mahal beriladi.
Temir preparatlaridan tashqari, kamqonlikni davolashda askorbin kislotasi, V guruhi (V1, V2, V6, RR, V12) vitaminlari ham tayinlanadi. Shuni aytish kerakki, vitamin V12ni organizmda temir moddasi etarli bo‘lgan holdagina ishlatsa bo‘ladi. Kasallikning og‘ir turidagina bemorga qon quyish mumkin.
Go‘daklik davrida ushbu kasalliklarning oldini olish borasida uyda va sog‘lom bolalar xonasida o‘tkaziladigan chiniqtirish tadbirlarini muttasil qo‘llash zarur. Bularga misol tariqasida massaj, gimnastika, ayniqsa bolani suvda suzishga o‘rgatish kabilarni keltirish mumkin. Bu davrda bolalar ko‘pgina yuqumli kasalliklarga qarshi emlanadi.
Boshqa tadbirlar bilan birgalikda, bolani to‘g‘ri, ratsional ovqatlantirish, yuqorida aytib o‘tilgan kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Bolani to‘g‘ri ovqatlantirish borasidagi ma’lumotlarni har bir ona bilishi va rioya qilishi lozim.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling