Mashg’ulotlar uchun


Mavzu: Qon aylanishiga tasirchan choralar


Download 0.61 Mb.
bet32/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Mavzu: Qon aylanishiga tasirchan choralar.
Reja:
А) Hantaldan foydalanish qoidalari.
В) Isituvchi kompressdan foydalanish.
С) Isitgich qoyish qoidalari.


Qon aylanishiga ta’sir etish choralari.

Xantalni qo‘yish jоylari va qоidalari, ularni uy sharоitida tayyorlash


Xantalmalar chalg‘ituvchi vosita sifatida ishlatiladi. Ular qon tomirlarini kengaytirib, qon to‘planishiga sabab bo‘ladi. Xantal qo‘yilgan joyda og‘riq kamayishi bilan birga yallig‘lanish jarayoni ham yo‘qoladi. Xantalmalar nafas yo‘llari shamollaganda, bronxit, bronxopnevmoniyada orqaga qo‘yiladi. Teri yallig‘langanda, teri kasalliklarida xantalma qo‘yish mumkin emas. Xantalmalar tayyor holda dorixonalarda sotiladi. Ularni ishlatishdan oldin yaroqli va yaroqsiz ekanligini bilish kerak. Yaroqli xantalmalar namlangan vaqtida gorchitsa moyning o‘ziga xos hidi kelib turadi. Xantalmalarni quruq joyda saqlash lozim. Xantal qo‘yishdan oldin 400 li suvda ho‘llanadi va qo‘yilgandan keyin 10-15 minut davomida saqlanadi. Xantalmalarni uyda tayyorlash ham mumkin. Buning uchun gorchitsa (xantal) poroshogidan olib, teng miqdorda bug‘doy yoki kartoshka uni bilan aralashtiriladi, bir oz iliq suv solib bo‘tqa hosil qilinadi. Tayyorlangan aralashmani to‘rt burchakli gazlamaning bir burchagidan boshlab qalinligi 0,25-0,5 sm qilib surtiladi, usti gazlamaning ikkinchi bo‘lagi bilan berkitiladi. Xantalmalar qo‘yilgan joylar qizaradi va bemor badani qiziyotganini sezadi. Bemorlar terisi noziq, yupka bo‘lganda xantal, uzoq muddat turib qolsa, terisi kuyishi mumkin. Xantalmalar olingach, badan iliq suv bilan artib tashlanadi. Badandagi qizarish yo‘qolmasdan turib qayta xantal qo‘yish mumkin emas.


Umumiy xantal vannalari ko‘pincha bolalarga buyuriladi. Buning uchun 50 g xantal poroshogi bir chelak suvda eritilib, dokadan o‘tkaziladi. Eritma temperaturasi 370 bo‘lib, bolalarni 7-8 minut davomida ushlab turish mumkin. Vanna qabul qilib bo‘lgach, iliq suv bilan yuvib issiq kiyintirib yoki choyshabga o‘rab qo‘yiladi. Bunday vanna yuqori nafas yo‘llari yallig‘langanda, bronxitda, o‘pka yoki buyrak yallig‘langanda buyuriladi. Bemor xantalli vannaga oyog‘ini solib o‘tirganda, ko‘rpaga o‘ralib olish kerak. Vanna qabul qilib bo‘lgach, oyog‘ini issiq suv bilan yuvib, artib quriganidan so‘ng yotish mumkin.
Xantal bilan o‘rab qo‘yish. Buning uchun 1 l qaynagan suv bolalar uchun 30 g, kattalar uchun 100 g xantal poroshogi qo‘shib aralashtiriladi, so‘ngra unda sochiqni xo‘llab, yaxshilab siqib tashlangandan keyin kerakli joyga o‘rab qo‘yiladi, ustidan choyshab yopiladi. Bolalarda 5 minut, kattalarda 10 minut turgandan keyin iliq suv bilan chayiladi va quritib, artib tashlanadi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling