Mashg’ulotlar uchun


Download 0.61 Mb.
bet29/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Pulsni o‘lchash.

Puls: uning xarakteristikasi, pulsni sanash usuli, sanash joylari. Taxikardiya, bradikardiya, aritmiya tushunchalari.


Puls yurak qisqarishi natijasida hosil bo‘lgan to‘lqinning arteriya devoriga berilishidir. Yurak to‘xtovsiz urib turadi. Yurak har gal qisqarganda 60-80 sm kub qon o‘tib, ularga to‘lqin kabi tarqaladi. Qon tomirlari elastik bo‘lganligi sababli qon to‘lqini vaqtida kengayib keyin dastlabki holatiga qaytadi. Yurakning urish kuchiga qarab puls turlicha bo‘lishi mumkin. Puls o‘zgarishi yurakning faoliyatiga va arteriyalar holatiga bog‘liq.
Jismoniy ish bilan shug‘ullanganda, harorat ko‘tarilganda, ruhiy qo‘zg‘alishlar ro‘y berganda, alkogol va dorilar ta’sirida puls o‘zgaradi. Bemorlarni davolashda, tashhis qo‘yishda ba’zi kasalliklarning oldini olishda pulsni tekshirish katta ahamiyatga ega. Pulsni tekshirish uchun qo‘l bilan ushlash mumkin bo‘lgan yuza arteriya (ko‘pincha bilak arteriyasi) tanlanadi. Bundan tashqari pulsning bo‘yin, chakka, uyqu, son va tirsak arteriyalaridan ham aniqlash mumkin. Puls tekshirilayotgan paytda bemorni qo‘li ozgina bukilgan bo‘lishi kerak, ikki uch barmog‘i pulsatsiya qilinayotgan arteriya ustida, bosh barmog‘i bilakning orqa tomonidan turishi lozim. Puls tekshirilayotgan vaqtda tezligi, ritmi, to‘laligi va tarangligi e’tiborga olinadi.
Puls tezligi. Puls tekshirilganda uning tezligi nazarga olinib, bir minutda tomir necha marta urishi aniqlanadi. Normada tomir bir minutda 70-80 marta uradi. Sog‘lom odamda yurakning urish miqdori puls to‘lqinining urish miqdoriga teng bo‘ladi. Puls 15-30 sekund davomida hisoblanib olingan natija to‘rtga yoki ikkiga ko‘paytiriladi. Puls tezligi fiziologik sharoitda doim o‘zgarib turadi. Yosh bolalarda, jismoniy ish bilan shug‘ullanuvchilarda, shuningdek odam g‘azablanganda, qo‘rqqanda, dori ta’sirida puls tezlashadi. Uxlagan vaqtda puls bir qancha susayadi. Sport bilan shug‘ullanuvchilarda puls bir me’yorda bo‘ladi. Puls tezlashishi taxikardiya deyiladi. Pulsning kamayishi yoki siyraklashishi bradikardiya deyiladi. Bu yuqumli kasalliklarda digatilisdan zaharlanganda, bosh miya o‘smasida kuzatiladi.
Pulsning to‘lishi va kuchayishi. Yurak sistolasi vaqtida arteriyaga qon to‘lishi tufayli pulg‘ to‘lishi ro‘y beradi. Arteriyaga qon yaxshi to‘lsa, barmoq bilan puls to‘lqinlarini yaxshi sezamiz. Yurak sog‘lom bo‘lganda puls yaxshi to‘ladi. Arteriyaga qon yaxshi to‘lmasa, puls to‘lqinlari kichik va uni aniqlash qiyin bo‘ladi. Yurak muskullari zaiflashganda, yuqumli kasalliklarda, qon ketganda puls o‘zgaradi. Ipsimon puls tez va uni ushlab topish qiyin bo‘ladi. Sog‘lom odam bilan bemor pulsini solishtirib ko‘rib, bemorlar pulsini aniqlash oson.
Puls ritmi. Sog‘lom odam pulsi ketma-ket ritmda qisqaradi. Puls to‘lqinlari orasidagi interval bir xil bo‘ladi. Yurak qon tomirlari kasalligida yurakning qisqarish ritmi izdan chiqadi. Bunga aritmiya deyiladi. Aritmiya yurak muskullari zararlanganda yoki yurakning o‘tkazish sistemasi buzilganda yuz beradi. Bu zararlanish revmatizm, ateroskleroz, gipertoniya, yuqumli kasalliklar uchun xosdir.
Puls yurak qisqarishi natijasida hosil bo‘lgan to‘lqinning arteriya devoriga berilishidir. Yurak to‘xtovsiz urib turadi. Yurak har gal qisqarganda 60-80 sm kub qon o‘tib, ularga to‘lqin kabi tarqaladi. Qon tomirlari elastik bo‘lganligi sababli qon to‘lqini vaqtida kengayib keyin dastlabki holatiga qaytadi. Yurakning urish kuchiga qarab puls turlicha bo‘lishi mumkin. Puls o‘zgarishi yurakning faoliyatiga va arteriyalar holatiga bog‘liq.
Jismoniy ish bilan shug‘ullanganda, harorat ko‘tarilganda, ruhiy qo‘zg‘alishlar ro‘y berganda, alkogol va dorilar ta’sirida puls o‘zgaradi. Bemorlarni davolashda, tashhis qo‘yishda ba’zi kasalliklarning oldini olishda pulsni tekshirish katta ahamiyatga ega. Pulsni tekshirish uchun qo‘l bilan ushlash mumkin bo‘lgan yuza arteriya (ko‘pincha bilak arteriyasi) tanlanadi. Bundan tashqari pulsning bo‘yin, chakka, uyqu, son va tirsak arteriyalaridan ham aniqlash mumkin. Puls tekshirilayotgan paytda bemorni qo‘li ozgina bukilgan bo‘lishi kerak, ikki uch barmog‘i pulsatsiya qilinayotgan arteriya ustida, bosh barmog‘i bilakning orqa tomonidan turishi lozim. Puls tekshirilayotgan vaqtda tezligi, ritmi, to‘laligi va tarangligi e’tiborga olinadi.
Puls tezligi. Puls tekshirilganda uning tezligi nazarga olinib, bir minutda tomir necha marta urishi aniqlanadi. Normada tomir bir minutda 70-80 marta uradi. Sog‘lom odamda yurakning urish miqdori puls to‘lqinining urish miqdoriga teng bo‘ladi. Puls 15-30 sekund davomida hisoblanib olingan natija to‘rtga yoki ikkiga ko‘paytiriladi. Puls tezligi fiziologik sharoitda doim o‘zgarib turadi. Yosh bolalarda, jismoniy ish bilan shug‘ullanuvchilarda, shuningdek odam g‘azablanganda, qo‘rqqanda, dori ta’sirida puls tezlashadi. Uxlagan vaqtda puls birqancha susayadi. Sport bilan shug‘ullanuvchilarda puls bir me’yorda bo‘ladi. Puls tezlashishi taxikardiya deyiladi. Pulsning kamayishi yoki siyraklashishi bradikardiya deyiladi. Bu yuqumli kasalliklarda digatilisdan zaharlanganda, bosh miya o‘smasi kuzatiladi.
Pulsning to‘lishi va kuchayishi. Yurak sistolasi vaqtida arteriyaga qon to‘lishi tufayli pulg‘ to‘lishi ro‘y beradi. Arteriyaga qon yaxshi to‘lsa, barmoq bilan puls to‘lqinlarini yaxshi sezamiz. Yurak sog‘lom bo‘lganda puls yaxshi to‘ladi. Arteriyaga qon yaxshi to‘lmasa, puls to‘lqinlari kichik va uni aniqlash qiyin bo‘ladi. Yurak muskullari zaiflashganda, yuqumli kasalliklarda, qon ketganda puls o‘zgaradi. Ipsimon puls tez va uni ushlab topish qiyin bo‘ladi. Sog‘lom odam bilan bemor pulsini solishtirib ko‘rib, bemorlar pulsini aniqlash oson.
Puls ritmi. Sog‘lom odam pulsi ketma-ket ritmda qisqaradi. Puls to‘lqinlari orasidagi interval bir xil bo‘ladi. Yurak qon tomirlari kasalligida yurakning qisqarish ritmi izdan chiqadi. Bunga aritmiya deyiladi. Aritmiya yurak muskullari zararlanganda yoki yurakning o‘tkazish sistemasi buzilganda yuz beradi. Bu zararlanish revmatizm, ateroskleroz, gipertoniya, yuqumli kasalliklar uchun xosdir.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling