Mashg’ulotlar uchun


Download 0.61 Mb.
bet95/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Silga tekshirish joyi

Tekshirish usullari

1 —bosqich:
Bolalar shifoxonasi

1. Hamma sog‘lom bolalarga, 1 yilda 1 marta 12 oylikdan boshlab 2 TЕ bilan Mantu sinamasi.
2. BTSJ vaktsinasini olmagan bolalarda 1 yoshgacha 1 yilda 2 marta.
3. Silga moyil guruhlarda ko‘rsatma bo‘yicha 1 yilda 1 marta rentgenografik tekshiruv.
4. Surunkali o‘pka, buyrak kasalliklarida (balg‘amni, siydikni) bakterioskopiya usulida MBTga tekshirish, 1 yilda 1 marta.
5. Umumiy qon va siydik analizi

2-bosqich
Silga qarshi dispanser

1. Silga shubxali va silga moyil guruhlarda 2, 10, 100 TB bilan sil sinamasini qo‘yish.
2.Sil rivojlanishi shubhali bo‘lgan muloqotdagi yoki sil bilan zararlangan bolalarni rentgenotomografik tekshirish.
3. Patologik ajralmalardan sil tayoqchasini kidirish.



3-bosqich
Silni davolash kasalxonalari

Yuqoridagi tekshirishlarga qo‘shimcha
1. Bronxologik tekshirish.
2. Kox sinamasi.
3. Immunologik tekshirish.
4. Maxsus rentgenologik tekshirish.
5. Tsitologik tekshirishlar.

Sil jarayoni tashxisotida klinik belgilardan tashqari tuberkulez tashxisotiga, bronxoskopik, gistologik, immunologik, rentgenologik tekshirishlar natijalariga e’tibor beriladi.
Amaliyotda eng ko‘p qo‘llaniladigan tuberkulin yordamidagi tashxisot hisoblanadi. Mantu sinamasi yordamida bola organizmining tuberkulezga sezgirligi aniqlanadi va bu natijaning kattaligiga qarab, kelajak tekshirish metodlari aniqlanadi. Odatda sil mikrobakteriyasining organizmda mavjudligini musbat natija 12 mm va undan ko‘p bo‘lsa, giperergik natija, bir yil davomida sinamasi ko‘rsatkichining 6 mm va undan ko‘pga oshishi ifodalaydi. Shuning uchun ham yuqorida qayd etilgan natijali bemorlar silga qarshi kurashish dispanserida klinik tekshirishdan o‘tkaziladi. Ko‘pincha bolalardagi birlamchi sil jarayoni rentgenologik tekshirishda ko‘krak ichi limfa tugunlari har xil o‘lchamda kattalashishi yoki petrifikatlanishi xosdir. O‘pkadagi sil jarayoni esa rentgenogrammada har xil o‘lchamda o‘chog‘li, fokusli, yallig‘lanish soyalari topilishi bilan tavsiflanadi.
Silni bolalarda ancha barvaqt aniqlash va muvaffaqiyat bilan davolash uchun ota —onalar o‘z bolalarining ahvoli va hatti — harakatlarini diqqat bilan kuzatib turishlari kerak. Silni bolalik yoshida aniqlash maqsadidagi ommaviy tekshirishda Mantu sinama reaktsiyasi o‘tkaziladi (Frantsuz olimi Sh.Mantu taklif etgan). Silni aniqlashda aholini ommaviy ravishda flyuorografik tekshiruvdan o‘tkazish katta ahamiyatga ega.
Davolash statsionarda ham, ambulatoriya sharoitida ham qat‘iy vrach nazorati ostida olib boriladi. Silga qarshi ishlatiladigan yangi preparatlar kasallikning turi va og‘ir — engilligiga qarab foydalaniladi. Odatda bu vositalar uzoq vaqt (9— 18 oy va bundan ko‘proq vaqt) o‘tkazish katta ahamiyatga ega.
Silning barcha formasini muvaffaqiyatli davolashning asosiy sharti vrach buyurgan rejimga amal qilish, servitamin ovqatlar eyish, ochiq havoda bo‘lish (xonani shamollatish, ochiq havoda sayr qilish, ob-havo yaxshi bo‘lganida hatto kechayu— kunduz ochiq havoda bo‘lish) kerak.
Oldini olish sotsial, sanitariya va maxsus tadbirlardan iborat. Sotsial profilaktika — aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar: mehnat qonunchiligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirish, moddiy hayot sharoitini yaxshilash, aholining umumiy madaniyatini oshirish va sanitariya bilimlarini targ‘ib qilish, fizkultura va sportni keng rivojlantirishdan iborat. Sanitariya profilaktikasi Sil yuqishining oldini olishga qaratilgan. Silning ochiq formasi bor bemorlar (bakteriya ajratuvchilar)ni odatda bakteriya ajralishi to‘xtagungacha kasalxonada davolashdan iborat. Mahalliy hukumat organlari dispanserlarning xulosasi bo‘yicha birinchi navbatda Silning ochiq formasi bilan og‘rigan bemorlarga alohida turar joy ajratadi. Bemor bilan birga bo‘lgan bolalar maxsus sanatoriylar, yaslilar, bog‘chalarga yoki maktab — internatlarga, shuningdek bolalar uyiga yuboriladi.
Oiladagi bemor bilan muloqotda bo‘lgan kishilarga kasallik yuqishi hech gap emas, shu sababli bakteriya ajratuvchilar bilan birga bo‘lgan barcha odamlar silga qarshi dispanser kuzatuvida turadi.
Uchastka meditsina hamshirasi har oyda bemorni borib ko‘radi va vrach ko‘rsatmalarining bajarilishini tekshiradi.
Bemor va oila a’zolarini meditsina hamshirasi shaxsiy profilaktika va gigiena qoidalariga, chunonchi balg‘am, idish — tovoqlar, shaxsiy buyumlarni zararsizlantirishga o‘rgatadi. Har bir bemorning qopqog‘i burab yopiladigan tufdoni bo‘lishi kerak.
Balg‘am tufdonning yarmiga etgandan keyin ustiga har 10 ml ga 2 g hisobida quruq oxak sepiladi, yaxshilab aralashtirib, 2 soat qo‘yib qo‘yiladi. Tufdoniga 5 % li xloramin eritmasi (yoki 25% li aktivlangan xloramin eritmasi)dan ikki hajm qo‘yib, 6 soat (aktivlangan xloramin uchun 2 soat) qo‘yib qo‘yiladi, balg‘am zararsizlantirilgach kanalizatsiyaga tashlanadi, dezinfektsiya qilingan tufdon va idish odatdagi usulda yuviladi.
Sil jarayonining bolalar orasida tarqalishining oldini olishda silga qarshi maxsus profilaktika — bolalarni BTSJ vaktsinasi bilan emlash va qayta emlash katta ahamiyatga egadir. Bizning mamlakatimizda sil epidemiologiyasini hisobga olgan holatda qonunlashtirilgan tarzda chaqaloqlar tug‘ruqxonada emlanadi, bolalar esa 1 va 8 sinf yoshida maktabda qayta emlanadi. Ushbu ommaviy emlash jarayonini to‘g‘ri ko‘rsatmalar asosida uyushgan shaklda olib borilishi mahalliy tug‘ruqxona, poliklinika shifokorlari zimmasiga yuklanadi. Tug‘ruqxona sharoitida sog‘lom chaqaloqlar 4 — 6 kun davomida shifokor ko‘rigidan keyin maxsus tayyorlangan xamshira tomonidan chap elka yuqori qismiga 0,1 ml.BTSJ eritmasini teri ostiga yuborish bilan o‘tkaziladi. Odatda, sog‘lom go‘daklarda emlangandan keyin 4 — 8 xafta davomida BTSJ yuborilgan joyda qizg‘ish rangli papula hosil bo‘ladi. Keyinchalik ushbu papula qotishi yoki yiringlab abstsessga (10 mm gacha hajmli) aylanishi mumkin. Yuqoridagi mahalliy immun jarayon go‘dak 4 — 5 .oylik bo‘lganda emlashdan keyingi chandiq hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi. Silga qarshi qayta emlash maktab yoshidagi 1 va 8 sinf o‘quvchilariga Mantu sinamasi natijasini hisobga olgan taqdirda shifokor ko‘rigidan keyin sinfda o‘tkaziladi. Odatda qayta emlangan bolalar chap elka yuqori qismida 1—2 xaftadan keyin papula hosil bo‘ladi. Ushbu yoshdagi bolalarda ham chaqaloqlardagi kabi mahalliy immun jarayon chandiq hosil bo‘lishi bilan tamomlanadi. BTSJ vaktsinasi bilan emlash, qayta emlash samaradorligini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu ommaviy profilaktika xili sil bilan bolalar kasallanishini 30 marta kamaytirishga olib keladi.
Kimyoviy vositalar sil rivojlanishining oldini olish ham amaliyotda keng qo‘llaniladigan usuldir. Ko‘pincha bolalarda sil ximioprofilaktikasi izoniazid, ftivazid, metazid preparatlari bola vazni bilan bog‘liq, dozalarda olib boriladi (5 — 8 mg. kg. vazniga). Kimyoviy profilaktika bizning mamlakatimizda sil o‘choqlarida yashovchi, sil o‘choqlarida yashovchi, sil rivojlanishiga moyil bolalar (tez —tez kasal bo‘ladigan, og‘ir yuqumli kasalliklar o‘tkazgan bolalar) va sil tayoqchasi bilan zararlangan bolalarga 3 — 6 oy davomida maxsus ko‘rsatmalar asosida olib boriladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling