Mashg‘ulotni borishi: «Tarbiya jarayonida hamma vaqt ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinmi?» mavzusida aqliy hujumni o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar


Download 51.79 Kb.
Sana07.10.2023
Hajmi51.79 Kb.
#1694655

Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
Mavzu rejasi:
1.Tarbiya jarayonining mohiyati va ahamiyati.
2.Tarbiya jarayonining tizimi va tuzilishi hamda uning qonuniyatlari.
3.Tarbiya jarayoni mazmuni. Tarbiya tamoyillari.
4.Tarbiya turlari
Mashg‘ulotni borishi:
1. «Tarbiya jarayonida hamma vaqt ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinmi?» mavzusida aqliy hujumni o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar
1. O‘qituvchi savolni muhokama qilish uchun o‘rtaga tashlaydi va o‘ylash uchun bir daqiqa vaqt beradi.
2. Talabalarning javoblari tinglanadi va doskaga ketma-ketliqsa yozib boriladi. Garchi takrorlanish holati mavjud bo‘lsa ham, mazkur holatda hamma javoblarning yozib borilishi talab etiladi.
3. Xamma o‘z fikrini bildirib bo‘lgach, o‘qituvchi doskaga yozilganlarini talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi va to‘g‘ri javoblar ajratib olinadi.
2. Tarbiya jadayoni, unnng maqsad va vaznfalarnnnng, o‘zlashtirilishiga doyar blits-so‘rov savollari
1. Tarbiya deganda nima tushuniladi?
2. Tarbiyaning tor va keng ma’nolardagi ifodasini izohlang.
3. Tarbiya jarayoni deb nimaga aytiladi?
4. Tarbiyadan ko‘zlangan maqsad nima?
5. Tarbiyaning umumiy vazifalariga nimalar kiradi?
6. Tarbiya mazmuni deganda nimani tushunasiz?
7. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Insert metodn asosnda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarnn belgnlash
Topshiriqni bajarishga doir ko‘rsatma.
Quyida berilgan ma’naviy-axloqiy fazilatlar bilan tanishing. Insert belgilari asosida ular orasidai yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni belgilab oling:
«+»- yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatga tegishli ekanlikni; «-» — tegashli emaslikni; «?» - aniq tasavvurga ega emaslikni ifoda etadi.
Ma’naviy-axloqiy fazilatlar majmui.
1. Insonparvarlik. 2. Oliyjanoblik. 3. Saxiylik. 4. Rostgo‘ylik. 5. Mas’uliyatlilik. 6. Tartiblilik. 7. Ozodalik. 8. Halimlik. 9. Mehnat-sevarlik. 10. Mehribonlik. 11. Hamdardlik. 12. Ochiqko‘ngillilik. 13. Mehmondo‘stlik. 4. Halollik. 15. Mag‘rurlik. 16. Do‘stlik. 17. Sabrlilik. 18. Qanoatlilik. 19. Xushchaqchaqlik. 20. Xushmuomalilik. 21. Orastalik. 22. Iboli bo‘lish. 24. Kamtarlik. 25. Kamsuqumlilik. 26. Adolatparvarlik; 27. Iq-rorlik. 28. Tolerantlik. 29. Oqillik. ZO.Odillik.
4. «Tugallanmagan gaplar metodikasi» asosida Prezident Islom Karimov asarlaridagi har tomonlama barkamol shaxsni shakllantiryashga doir fikrlarni o‘zlashtirish
Topshiriq. Islom Karimov asarlaridan keltirilgan quyidagi fikrlarni tugallang:
1. Tafakkur ozod bo‘lmasa, ong va shuur tazyiqsan, qullikdan qutulmasa, inson to‘la ozod bo‘lolmaydi. Taraqqiyot taqdirini... (Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. - T.: «O‘zbekiston», 1996. - B.34.)
2. Inson uni Inson darajasiga ko‘taradigan asoslarning asosini o‘z aqli bilan tom ma’noda qamray olmaydi. Inson o‘zini xalqning bir zarrasi deb sezgandagina ... (Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. 1-jild. - T.: «O‘zbekiston», 1996. -B.81.)
3. Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ikki dunyosi, irodasini bakuvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan ... (Karimov I.A. YUksak ma’naviyat -engilmas kuch. - T.: «Ma’naviyat», 2008. - B. 19-20).
4. Vijdoni uyg‘oq odam yon-atrofida bo‘layotgan voqealarga ... (Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - T.: «Ma’naviyat», 2008. - B.27-28).
5. Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki ... (Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - T.: «Ma’naviyat», 2008.-B.ZO.)
5. Tarbiya jarayonini loyihalash va rejalashtirishga doir keys topshirigi
Quyidagi chizmalarga etibor qarating. Ularning ostida berilgan jumlalarni chizmada shunday joylashtiringki, natijada tarbiyaviy tadbirlarni texnologik yondashuv asosida tashkil etish modeli paydo bo‘lsin.
1-chizma. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish texnologiyasi.



1) maqsad; 2) jarayonni loyihalash; 3) jarayonni amalga oshirish; 4) jarayonnni nazorat qilish va tahlil etish; 5) tarbiyachi; 6) natija.


2-chizma. Tarbiya texnologiyasining funksional tuzilmasi



1) maqsad; 2) loyihalashtirish bloki; 3) ijro bloki; 4) tarbiya jarayoni; 5) baholash - tahlil qilish bloki; 6) to‘siqlar; 7) tashqi shart-sharoitlar.


Bilib qo’ygan yaxshi
Tarbiya tamoyillari. Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi.
Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi:



Download 51.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling