Mashg’ulotning maqsadi: Elektr ta’minotning avtomatlashtirilgan boshqaruv va monitoring tizimlari Nazariy ma’lumot


Download 47.7 Kb.
bet8/9
Sana16.06.2023
Hajmi47.7 Kb.
#1505771
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Doston mustaqil ish

Birinchi tuzilma – barcha issiqlik va gidroelektrostansiyalardan iborat. ENHAT generatsiya, o‘z ehtiyojlari, texnologik ehtiyojlar va tuzilmaga berish uchun CTK3 turidagi “Energiya-9” markali uch fazali ko‘p funksiyali to‘rtta hisoblagichga ega.
Ikkinchi tuzilma – barcha 110-220-500 kV kuchlanishdagi elektr tarmoqlari va nimstansiyalardan tashkil topgan METdan iborat. ENHAT energiyani uzatish va qabul qilish uchun CTK3 markadagi “Energiya-9” turidagi uch fazali ko‘p funksiyali uchta hisoblagichlarga ega. MET ga kirish chegarasidagi birinchi hisoblagich elektr energiyasini qabul qilish uchun, ikkinchisi - o‘z ehtiyojlari uchun, uchinchi hisoblagich – ETK tuzilmasiga elektrenergiyasini uzatish uchun o‘rnatilgan.
Uchinchi tuzilma – barcha 6-10-35 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari va elektr nimstansiyalaridan tashkil topgan ETKdan iborat. ENHAT ETK ga kirish chegarasidagi birinchi hisoblagich elektr energiyasini qabul qilish uchun, ikkinchisi - o‘z ehtiyojlari uchun, uchinchi hisoblagich – tuman elektr tarmoqlari (TET) tuzilmasiga elektr energiyasini uzatish uchun o‘rnatilgan uchta hisoblagichlarga ega.

To‘rtinchi tuzilma – TET liniyalari va 6-10 kVli TP hamda 0,38 kV li elektr tarmoqlarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga bu tuzilma aholi yashash joylari va maishiy sektor iste’molchilari bilan aloqaga ega. Stendda 3 ta “Energiya-9” turdagi uch fazali hisoblagichlar va CTK1-10 markadagi 5 ta “Energiya-9” turdagi bir fazali hisoblagichlar o‘rnatilgan. Ular 1-aniqlik sinfiga ega va quyidagi rejimlarda ishlaydi: 1. Ko‘p tarifli; 2. Plastik kartadan oldindan to‘lanishli; 3. Ulovchi va uzuvchi rejimlarda.
Interfeys o‘zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish:
RS-485 umumiy shina orqali yoki multipleksorga “tokli halqa” interfeysi (masalan, MPR-16 turdagi) bo‘yicha yoki ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish qurilmasi (MYTQ) orqali birlashtirilgan hisoblagichlar turli taqsimlash qurilmalarida joylashishi mumkin va so‘rov natijalari faylini shakllantiradigan ko‘chma kompyuterda joylashgan dastur yordamida bir oy davomida bir yoki bir necha martta so‘rov o‘tkazilishi mumkin (2.3-rasm). Hisoblagichlar va MYTQ orasida doimiy aloqa yo‘q. MYTQ kommunikatsion server rolini bajaradi. Ma’lumotlarni yig‘ish markazi kompyuteri so‘roviga fayl-topshiriqni shakllantiradigan va axborotlarni asosiy ma’lumotlar omboriga (MO) yuklaydigan dasturiy modullar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish ko‘chma kompyuter vaqti bilan so‘rov jarayonida amalga oshiriladi. Ko‘chma kompyuter vaqti ma’lumotlarni yig‘ish markazi vaqti bilan hisoblagichlar so‘roviga topshiriqlar fayllarini qabul qilish paytida amalga oshadi. Bu variantda ma’lumotlarni yig‘ish markazi uchun ajratilgan kompyuter bo‘lmasligi mumkin, uning rolini ko‘chma kompyuter bajarishi mumkin.
Ko‘chma kompyuterdan interfeys o‘zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkili etish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:
 iste’mol parametrlarini aniq o‘lchash:
 korxona va uning obyektlari bo‘yicha energiya resurslari iste’molini tijorat va texnik asosida hisobga olish;
 berilgan limitlarga va quvvatni texnologik jarayonlarda cheklashlarga nisbatan berilgan vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar, dekadalar, oylar, kvartallar va yillar) hisobga olish nuqtalari va ob’yektlari bo‘yicha energiyadan foydalanishni nazorat qilish;
 elektr energiyasini hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlarga qayta ishlov berish va hisobotlarni shakllantirish;
 ma’lumotlarning to‘liqligini tahlil qilish;
 hisoblagichlarni tahlil qilish

Xulosa:
Men bu ishni bajarish davomida Elektr ta’minotning avtomatlashtirilgan boshqaruv va monitoring tizimlari haqida yangi bilim konikmalarga ega boldim, va avtomatlashtirilgan boshqaruv va monitoring tizimlari qanday va qay tartibda ishlashlini va ularni tashkil etish boshqarish v.h.k larni o’rganib chiqdim





Download 47.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling