Mashg‘ultoning maqsadi: Xotira qurilmasining vazifasi va xotira qurilmasining kompyuterdagi ahamiyatini o‘rganishdan iborat. Adabiyotlar tahlili


Download 0.98 Mb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1149959
  1   2   3
Bog'liq
Karimov Baxrom 061-20 talabasi . Kompyuterni tashkil qilish fanidan Mustaqil ishi Xotira qurilmasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“KOMPYUTER TIZIMLARI” kafedrasi


“Kompyuterni tashkil etish” fanidan tayyorlagan
“Xotira qurilmasi” mavzusidagi mustaqil ish uchun
XISOBOTI
___________061-20_guruh talabasi
_________Karimov Baxrom______
KT kafedrasi asistenti
_____Sh. Sobirov______________
Toshkent – 2022
Mashg‘ultoning maqsadi: Xotira qurilmasining vazifasi va xotira qurilmasining kompyuterdagi ahamiyatini o‘rganishdan iborat.
Adabiyotlar tahlili.

Adabiyot

Qisqa ta’rifi

[1] [2]

Xotira qurilmasi va uning turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan
Xotira qurilmasining vazifasi ushbu adabiyotlardan olindi

[3] [4]

Xotira qurilmasini kompyuterga joylashishi va ishlashiga doir ma’lumotlar ushbu adabiyotlarda keltirilgan

[5]

Xotirani (RAM) shaxsiy kompyuterga qanday o'rnatish haqida ma’lumotlar olindi







Nazariy ma’lumot.
Xotira qurilmasi - elektron hisoblash mashinasi (EHM), raqamli hisoblash mashinasi (RHM) va kompyuterlarning axborotlarni qayd kilish, saqlash va operator izlaganda "qaytarib berish" uchun moʻljallangan qismi. Asosan integral mikrosxemalardan iborat.
Xotira qurilmasida axborotlarni qayd qilishda axborotlarni eltuvchi material (perfokarta, perfolentami mexanik tarzda surish, magnit materiallar (magnit disk, magnit lenta va boshqalar)ning magnit xossasini oʻzgartirish, dielektriklarda elektrostatik zaryadlarni toʻplash, tovush va ultratovush tebranishlaridan foydalanish, oʻta oʻtkazuvchanlik hodisasini qoʻllash va boshqa amallar bajariladi.
Xotira qurilmasi, asosan, oʻta operativ, operativ va tashqi qurilmalardan iborat boʻladi. Axborotlarni izlash usuliga koʻra, adresli (har bir xotira uyasiga zarur raqam qoʻyiladi va axborot aniq bir adres boʻyicha izlanadi) hamda assotsiativ (axborotlar alomatlar yigindisi boʻyicha izlanadi) Xotira qurilmasi farqlanadi. Xotira qurilmasining axborotlar oʻchmaydigan (diod matritsalar, perfolentalar va boshqalardagi axborotlar) va oʻchadigan (magnit eltuvchilar, ferromagnit oʻzaklar va boshqalardagi axborotlar) turlari bor.
Xotira qurilmasining asosiy ish koʻrsatkichi birligi bit yoki bayt (8 bit)da oʻlchanadigan sigʻim, yaʼni bir vaqtda Xotira qurilmasida joylashishi mumkin boʻlgan belgilar soni.
Inson miyasi eng mukammal Xotira qurilmasi hisoblanadi. Unda (10—15)109 ga yakin asab hujayrasi (uyasi) — neytronlar mavjud boʻlib, ularning har biri xotira hujayrasi (uyasi)ni tashkil qiladi.
Kompyuterning "miyasi" — mikroprotsessor maʼlumot yoki dasturlarni aynan xotiradan oladi va natijalarni unga qayd kiladi. Kompyuter diskdan maʼlumotlarni "oʻqib", maxsus qismida saqlaydi va ish jarayonida undan bevosita foydalanib turadi. Ana shu maxsus kiyem operativ xotira deb ataladi.
Kompyuterning imkoniyatlari operativ xotira sigʻimiga bogʻliq. Kompyuterda operativ xotira 1 Mbayt yoki undan kichik boʻlsa, u faqat MS DOS OT muhitida, agar 4 Mbayt boʻlsa, MS DOS OT, Windows 3.1 muhitida, 32 Mbayt va undan katta boʻlsa, lokal tarmoqdar (internet, elektron pochta — Email) da ishlashi mumkin. Koʻpchilik kompyuterlarda operativ xotira orasiga qoʻshimcha KEShxotira oʻrnatiladi.
Koʻp ishlatiladigan maʼlumotlar ana shu xotiraga qayd kilinadi. IBM PC kompyuterida yana xotiraning BIOS (doimiy xotira) va CMOS (yarim doimiy xotira) turlari mavjud. Ularda kompyuter qurilmalarini tekshirish dasturlari, operatsion tizimni yuklash va kompyuter qurilmalariga xizmat koʻrsatish vazifalarini bajarish dasturlari saqlanadi. Elektron texnikasining rivojlanishi, bionika yutuqlaridan samarali foydalanish tufayli sigʻimi inson miyasi sigʻimiga yaqinlashib qoladigan xotira qurilmasi yaratishga muvaffaq boʻlindi.
Asosiy xotira. Asosiy xotira (AX) axborotrii tezkor saqlash va mashinaning boshqa bloklari bilan axborot almashish uchun moijallangan. Asosiy xotira ikki turdagi xotira qurilmasidan iborat: doimiy xotira qurilmasi (DXQ) va tezkor xotira qurilmasi (TXQ). • DXQ (ROM - Read Only Memory) dastuming o‘zgarmaydigan (doimiy) va maiumotnoma axborotlarni saqlash uchun moijallangan; unda saqlanayotgan axborotni faqat tezkor o‘qishga imkon beradi (DXQ dagi axborotni o‘zgartirish mumkin emas); • TXQ (RAM - Random Access Memory) SHK hozirgi vaqt davomida bajarayotgan bevosita axborot-hisoblash jarayonida qatnashayotgan axborotlarni tezkor yozish, saqlash va o‘qish uchun moijallangan (dastur va axborotlarni). Tezkor xotiraning asosiy afzalligi uning yuqori tezligi va xotiraning har bir yacheykasiga alohida murojaat eta olishida (yacheykalarga to‘g‘ri manzilli ega boiish). Tezkor xotiraning kamchiligi sifatida shuni qayd qilib o‘tish kerakki, unda saqlangan axborotni kompyuter energiya manbai o‘chirilgandan so‘ng ham saqlab qolish mumkin emasligida (energiyaga bogiiqligi). SHK ning tizimli platasida asosiy xotiradan tashqari energiyaga bogiiq boimagan xotira ham bor CMOS RAM (Complementary Metal-Oxide Semiconductor RAM), o‘zining akkumulatoridan doimiy quwatlanadi; unda tizimning har bir jroqilganida tekshiriladigan SHK ning apparat tarkibi haqidagi axborot (kompyuterda mavjud barcha apparatlar haqida) saqlanadi.
Tashqi xotira. Tashqi xotira shaxsiy kompyuteming tashqi qurilmalariga kiradi va masalani yechish uchun qachondir kerak boiadigan axborotlarni uzoq vaqt saqlash uchun ishlatiladi. Xususan, tashqi xotira qurilmasida kompyuteming barcha dasturiy ta’minoti saqlanadi. Tashqi xotiraning turli turlari mavjud, 1.8-rasmda keltirilgan tashqi xotira turlari amaliy jihatdan har bir kompyuterda bor, qattiq diskdagi jamlovchilar. Bu jamlovchilaming vazifasi - katta hajmdagi axborotlarni saqlash, yozish va so‘rov bo‘yicha tezkor xotira qurilmasiga uzatish. 28 Tashqi xotira qurilmasi sifatida keng miqyosda optik disklarda jamlovchi qurilmalar ham ishlatilmoqda (Cp - Compact Disk, DVD - Digital Versatile Disk), flesh-diskda jamlovchilar va kamroq kassetadagi magnit tasmali xotira qurilraalari (MTXQ, strimmerlar) va diskli magnit-optik jamlovchilar (DMOJ).
Axborotlarni saqlovchi-tashuvchi qurilmalar o‘zining xususiyatlariga ko‘ra:
• Magnit-lentali;
• Diskli;
• Fleshlar va xotira kartalari;
• Tashqi qattiq disklarga bo‘linadi.
Magnit-lentali axborot saqlovchi-tashuvchi qurilma bugungi kunda ishlab chiqarilmaydi. Shuning uchun bu to‘g‘risida to‘xtab malumot berib o’tirmaymiz. Diskli axborot saqlovchi-tashuvchi qurilmalar bugungi kunda juda ko‘p qo‘llaniladigan qurilmalarga kiradi.
Diskli axborot saqlovchi-tashuvchi qurilmalar o‘z vaqtida:
• Magnitli disklarga;
• Optikaviy disklariga;
• Magnitli-optikaviy dislarga bo‘linadi.
Magnitli disklar (ingliz. floppy disk, diskette) - egiluvchan magnitli disketalar. Disketalar 1970 yilar perfokarta va magnitli lentalarni bozordan siqib chiqargan bo‘lib, axborotlarni va ma’lumotlarni ko‘p martta qayta yozish va saqlash imkoniyatini beruvchi, mashxur qurilma bo‘lib hisoblangan.
Dastlabki disketlarning xotirasiga 110, 360, 720 ili 1200 Kb ma’lumot yozish imkoniyati bo‘lgan bo‘lsa, 1985 yillrda 1,44-2,8 Mb, 1995 yillarga kelib esa 3,5″ dyumli disketalar Iomega Zip ishlab chiqarildi. Bu disketalarning xotirasi dastlabki vaqtda 100, 250, va keyinchalik 750 Mb gacha tashkil qilgan. Дис кли Магни тли дискл ар Эгилувчан магнитли дискеталар. Оптикавий дисклар: - CD, - DVD, - Bly-ray Магнитлиоптикавий дисклар
Optikaviy disklar - kompak disklar (ingl. optical disc) - axborot - ma’lumot saqlovchi-tashuvchi qurilma disk shaklida bo‘lib, optikaviy nurlar yordamida ma’lumotlar yoziladi va o‘qiladi. Birinchi optikaviy disklarni 1979 yillarda “Philips” firsami ovozni yozish va o‘qish uchun ishlab chiqqan edi.
Optikaviy disk - (1) asoslari odatda polikor-bonatdan yasalgan bo‘lib, uning ustiga ma’lumot-larni saqlash uchun mahsus qoplama - (3) bilan qoplangan. Bu ma’lumotlarni yozish va o‘qish uchun lazer nurlaridan foydalaniladi - (9). Lazer nurlari - (6) mahsus qoplamali qatlamga - (3) yuboriladi va undan qaytadi. Qaytgan nurlarni singal tariqasida fotodetektor - (8) qayd qiladi va uni modulyatsiya qilish uchun modulyatorga uzatatadi.
Optikaviy disklar xotirasiga ma’luot xajmi bilan va ma’lumotlaning yozilish farmati biln farq qiladi va quydagi tiplari mavjud:
• CD, bir qatlamli CD disklar xotirasida 700-750 Mb ma’lumot saqlash mumkin.
• DVD, bir qatlamli DVD disklar xotirasiga 7 dan 8.5 Gb ma’lumot saqlash mumkin.
• va Bly-ray, bir qatlamli Bly-ray disklar xotirasiga 25 dan 300 Gb gacha ma’lumot saqlash mumkin.
Magnitli-optikaviy disklar (MOD) - magnitli disklardagi va optikaviy disklardagi xusisiyatlar jamlagan diklarga aytiladi. Bunday disklarda o‘qish vaqtida optikaviy sistemadagidek disklarni o‘qidi, yozganda esa birdaniga optikaviy sistema va magnitlik sistemani qo‘llaydi.
1980 yilarda jahon bozorlarida birinchi MOD paydo buldi. Uning xotirasiga 256 Mb ma’lumot yozsa bo‘ladigan edi. Shuning uchun usha vaqtda ishlab chiqaruvchilar MODlarni Operatsion sistema bilan bog‘lab qattiq diskdek ishlatishar edi. 1990 yillarda Jahon bozorida MOD ishlab chiqaruvchi Sony, Fujitsu, Hitachi Maxell, Mitsubishi, Nikon, Sanyo firmalari etakchilik qiladigan edi.
MODnig ishlash printsipi. MOD odatda ferromagnetiklarjan tayyorlanadi, masalan, Tbx(FeyCo1-y)1-x (x - 0.2 atrof-ida, y esa 0.9 atrofida) bo‘ladi. Birinchi MODnig o‘lchamlari 130 mm (5,25 dyuym), keyingisi esa 90 mm (3,5 dyuym) bo‘lgan.
Bunday disklarga ma’lumot yozish quidagicha bo‘lgan:
• Diskning ma’lumot yozish kerak bo‘lgan bo‘lagi lazer yordamida Kyuri nuqtasigacha qizdirilgan. Qo‘llanilayotgan material uchun bu 150 gradus selsini tashkil qiladi.
• Shu vaqtda diskning boshqa tarafidan magnit kallakisi (golovkasi) elektromagnit impulsini yuboradi va usha joyning magnit xususiyatini o‘zgartiradi. Bu o‘zgarish o‘sha yerda o‘zining tamg‘asini qoldiradi. Bu esa optikaviy disklardagidayek pitlarga ekvivalent.
Fleshlar va xotira kartalari. Bugungi kunda ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazish, saqlash, bir qurilmadan ikkinchi qurilmaga olib o‘tish kabi, va ma’lumotlarni chuntakda o‘zi bilan olib yurish uchun qulay bo‘lgan qurilma - bu USB fleshlar hisoblanadi.
Fleshlar:
• o‘zining o‘lchamlarining kichikligi bilan;
• ma’lumotlarni yozib olish yoki o‘qish uchun magnitli disklar yoki SD-DVD disklar kabi mahsus qurilma (diskovod) talab qilmasligi;
• 2, 4 Gb va 32 Gb undan katta xotiraga ega bo‘lganligi;
• ishlatilishi oddiy bo‘lganligi sababli bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan va qo‘llaniladigan qurilma hisoblanadi.
Xotira kartalari - ma’lumotlarni elektrona ko‘rinishida saqlashda kompakt elektron qurilma hisoblanadi va bugungi kunda juda ko‘p qo‘llaniladigan qurilma hisoblaniladi. Xotira kartalari foto-video kameralarda va mobil telefonlarda keng qo‘llaniladi. Xotira kartalari xotira xajmi bugungi kunda 2, 4 Gb dan 128 Gb gacha va undan yuqori xotiraga ega bo‘lganligi, adaptor yordamida elektron ko‘rinishdagi ma’lumotlarni kompyuterga tushirish imkoniyati bo‘lganligi sababli juda ko‘p ishlatiladi ommabop qurilma.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling