Mashhurlar hayotidan: o‘zini va o‘zgalarni o‘zgartirgan Deyl Karnegi
Download 32.16 Kb.
|
DEYL KARNEGI TA\'LIMOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mashhurlar hayotidan: o‘zini va o‘zgalarni o‘zgartirgan Deyl Karnegi U XX asrning eng muvaffaqqiyatli shaxslaridan biri. Uning kitoblari insonlar uchun o‘ziga xos hayot darsligiga aylanib ketgan. Inson psixologiyasini qunt bilan o‘rgangan Karnegining eng ustun tarafi hayot haqiqatlarini oddiy va sodda qilib tushuntirib bera olganidir. Bugungi maqolamiz orqali Deyl Karnegi shaxsi bilan yanada yaqinroq tanishib olasiz, degan umiddamiz. Karnegi 1922 yilda muhim bir ishga qo‘l urgan. Keyinchalik o‘zini mashhur magnat Endryu Karnegi bilan adashtirmasliklari uchun o‘z familiyasini o‘zgartiradi. Shundan beri hujjatlarda Carnagey ning o‘rnini Carnegie egalladi. Amerika jamiyatshunoslarining 50-yillardagi tadqiqoti qiziq xulosa beradi. Odamlar tishlarining oqligiga jiddiy e'tibor bera boshlashgandi. O‘sha davr Amerika hayotining muhim bir qismiga aylangan TABASSUM buning sababchisi edi. Amerikaliklarning tabassum qilishga bunchalik mukkasidan ketishi esa Deyl Karnegiga borib taqaladi. “U hech qancha turmaydi, ko‘p narsaga qodir emas. U hadya qilingan odam boy bo‘ladi, hadya qilgan odam esa kambag‘allashib qolmaydi. Uning davomiyligi bir lahza, ammo xotiramizda abadiyga qoladi. Uni sotib olish, so‘rab olish, qarzga olish, o‘g‘irlab olish behuda. Chunki u chin dildan taqdim etilgandagina qadrli”. Yozuvchi TABASSUM shunday go‘zal ta'rif bergan. O‘z asarlarida ham shunga undagan. Deylning rafiqasi Dorotini chinakam hammaslak, desak arziydi. U ham xo‘jayini kabi psixoloiya masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab kitoblar muallifidir. Ulardan birining nomini o‘qib xulosa qilavering: “Qanday qilib erkakning ishda muvaffaqqiyatga erishishiga yordam berish mumkin?”. Karnegi xonim mazkur savolga javobni topa olgani aniq! Yozuvchi o‘z yurtdoshlariga shu maslahatni bergan: “Qiyin vaziyatda cho‘ntagingizdan Linkoln portretini oling va uni tomosha qiling!”. Gap shundaki, Avraam Linkolnning tasviri 5 dollarlik kupyurada uchraydi. Pulga tikilish, uni sanash insonga kuch bag‘ishlashi bor gap. Deyl Karnegi uzoq kuzatishlardan so‘ng shunday xulosaga kelgan: “Nutqda uchta narsa muhim: Kim gapiryapti, qanday gapiryapti, nimani gapiryapti. Eng hayratlanarlisi, bularning ichidagi eng kam ahamiyatlisi nimaning gapirilayotganidir!”. Moddiyat ko‘p hollarda asosiy o‘ringa chiqishi insoniyat psixologiyasiga xos jihat. Afsuski, shunday… Karnegidan iqtibos: “Tanqid pochtachi kabutarga o‘xshaydi. Qachondir albatta qaytib keladi!”. Kimnidir ayovsiz tanqid qilishdan oldin shu fikrni eslab qo‘ysak, zarar qilmaydi. Karnegi fikricha, inson boshiga tushuvchi ko‘plab ko‘ngilsizliklarning katta qismi “YO‘Q” degan so‘zni o‘z vaqtida aytmaslik tufayli kelib chiqadi. Deyl Karnegidan aforizm: “Tortishuvlarda g‘olib chiqishning yagona yo‘li bor - tortishuvlardan qochish!” Deyl Karnegi vatanparvar inson edi. “Amerikalik har bir erkak to‘rtta sanani yodida saqlashi kerak. Rafiqasining tug‘ilgan kuni, to‘y kuni, Amerika ochilgan kun, AQShning mustaqillik kuni”. Bundan tashqari o‘z telefon raqamida 1492 (Amerika kashf etilgan yil) sonlar ketma-ketligi borligidan faxrlanardi. 24 noyabr AQShda Do‘stlar kuni sifatida bayram qilinadi. O‘sha kuni kitob do‘konlarida Deyl Karnegining kitoblari savdosi avjiga chiqadi. Birinchidan, Karnegi shu sanada tavallud topgan. Ikkinchidan, “Qanday qilib do‘st orttirish va odamlarga ta'sir o‘tkazish” nomli juda mashhur kitobning muallifidir. Karnegi fikricha, nutqni yetti xil usul bilan tugatish mumkin: ma'lum vaziyatga qaytarish, harakatga undash, tinglovchini maqtash, kuldirish, she'riy parcha keltirish, muqaddas kitoblardan misol keltirish, kulminatsiya hosil qilish. Kishilik jamiyati paydo bo‘libdiki, so‘z va nutqdan foydalanish, uning imkoniyatlari doirasida fikr yetkazish va qabul qilishning turli usullari shakllangan. Zamon rivoji, insonlar dunyoqarashi jadal rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar davrida notiqlikning o‘rni beqiyos. Jahon miqyosida xalq qalbi va ongi uchun keskin va shafqatsiz kurash ketayotgan bir paytda bu jarayonga qarshi chuqur bilim va ma’rifat bilan javob bera olish, voizlik mahorati orqali fikr yetkazish sanʼatini egallashni davrning oʻzi talab qilib turibdi. Barcha jabhada butun jamoani oldinga boshlash, vatanparvarlik hissini uyg‘otish va insondagi ayrim illatlarni yoʻqotishda notiqlikning samarasi bebahodir. Keling, bu safargi mavzumiz notiqning oldiga qoʻyiladigan vazifalar haqida boʻlsin. Maʼlumki, notiqlik sanʼati miloddan avvalgi V asr boshlarida Yunonistonda shakllangan. Aristotel, Demosfen, Sitseron kabi ijodkor notiqlarning nomi jahonga mashhur boʻlgan. Ular ritorika yaʼni notiqlik sanʼatini yuksak choʻqqilarga olib chiqqishgan. Aristotel nutqda aniqlik boʻlmasa, koʻzlangan maqsadga erishib boʻlmasligini, notiqlik sanʼatining asosiy yutugʻi ham uning aniq va tushunarli boʻlishidadir deya izohlagan. Notiq tayyorlayotgan nutqini har tomonlama oʻrganib chiqqandan soʻnggina keng ommaga tatbiq etmogʻi lozim. Bu talablar hozirgacha oʻzining ahamiyatini yoʻqotgan emas. Aristotelning ushbu fikrlari hozirgi notiqlik maktabida nazariya sifatida qabul qilingan. Sud notiqligi bo‘yicha shuhrat qozongan Sitseron nutqlarida fikr erkinligi hukmron bo‘lgan va notiqning falsafiy, siyosiy, axloqiy qarashlari har doim uyg‘un tarzda mujassamlashgan. Sitseron notiq sifatida o‘z tinglovchisiga emotsional ta’sir etish masalasiga alohida e’tibor bergan. Shuning uchun ham uning nutqlarida balandparvoz so‘z, ibora va jumlalar ko‘p uchrar, nutqining umumiy yo‘nalishi ulug‘vor uslubga moyil edi. Biroq ana shu ulug‘vorlik orasida u oddiylik, kulgi-mutoyiba, ritorik savollardan ham foydalanardi. Shu jihatdan qaraganda, uning nutq uslubi qorishiq, umumiylashgan uslubga ham o‘xshab ketardi. Sitseron matnning ravonligi, go‘zalligi, ifodaliligi va musiqiyligiga alohida ahamiyat bergan. Uning fikricha, “har qanday notiqning asosiy maqsadi — tinglovchining zavqini uyg‘otib, o‘ziga moyil qilishdan iborat”. Shuning uchun ham yuqorida taʼkidlaganimizdek, Sitseron emotsional taʼsir koʻrsatishga koʻproq diqqatini qaratgan. Hozirgi davrga kelib ham ushbu sohani oʻrganilishida muhim qadamlar qoʻyilmoqda. Deyl Karnegi, Erik Toms, Entoni Robbins kabilarni misol qilishimiz mumkin. Deyl Karnegining notiqlik toʻgʻrisidagi fikrlarida oʻziga boʻlgan ishonch yuqori baholaniladi. Sitseron ham oʻzining “Notiqlik sanʼati” kitobida “Oʻziga boʻlgan ishonchning mavjudligi ulkan boylikdir” deya eʼtiroflagan [4]. Notiq tinglovchilar huzurida oʻzini dadil sezishi uchun, goʻyo bu bosqichlarni allaqachon bosib oʻtganday his qilib, erkin tutsa oʻziga boʻlgan ishonch yanada mustahkamlanadi. Tinglovchi ham hech shak-shubhasiz notiqning gaplariga shubha bildirmay, diqqat bilan tinglaydi. Xulosa oʻrnida, biz ham notiqlik boʻyicha oʻz qarashlarimizni keltirib oʻtishni joiz, deb bildik. Avvalambor, nutq soʻzlovchi tayyorlayotgan nutq materialiga diqqatli boʻlishi kerak. Kirish, asosiy qism va xulosani toʻgʻri joylashtira olishi lozim. Tinglovchilarni zeriktirib qoʻymaslik uchun turli xil hikoya yoki latifalardan unumli foydalanib, jest(qoʻl harakati)larni ishga solsa foydadan holi boʻlmaydi nazarimizda. Aniqlik va loʻndalik esa notiqning asosiy va kundalik quroli boʻlmogʻi kerak. Deyl Brekenrij Karnegey (1922 yildan keyin Karnegi deb o'zgartirilgan) Amerikalik pedagog, yozuvchi. U o'z zamonasining ruhshunoslari ilmiy tajribalarini amaliy jihatdan o'rganib, o'zaro munosabatlar nazariyasini yaratgan, ixtilofsiz va muvaffaqiyatli muomala san'atini ishlab chiqqan. O'z-o'zini kamolga yetkazish bilan bog'liq kurslar ochib, shaxsiy munosabatlarni shakllantirish, so'zga chiqish va boshqa mavzularda maxsus tizim yaratgan. Karnegining kitoblari hozirgi kunga qadar ommabop sanaladi. Deyl Kanegi 1888 yil 24 noyabrda Missuri shtatida tug'ilgan. U Jeyms Uilyam Karnegey va Amanda Elizabet Xarbisonning ikkinchi o'g'li edi. Oila nochorlikda kun kechirardi. Fermer ota ichmas, chekmas, ertalabdan kechgacha tinim bilmay ishlar edi. Shunga qaramay, nuqul ziyon ko'rardi. U talab bo'lmagan chorva mollarini ko'paytirishni o'ylar, ekin maydonida esa narxi tushgan boshoqli o'simliklarni yetishtirish bilan ovora edi. Oila ba'zida yiliga yigirma dollar atrofida daromad ko'rardi, xolos. O'smir yoshida Deyl sigirlarni sog'ish uchun tongi soat to'rtda uyg'onishga majbur edi. Shunga qaramay, u Uorensburgdagi pedagogik kollejga o'qishga kirib, yaxshigina ma'lumot oldi. O'shandayoq notiqlik san'ati bilan qiziqib, munozara-tortishuvlarda faol qatnashar edi. O'qituvchilar Deylining chiqishimli ekanligini ilg'agan edilar. Deyl kollejda o'qir ekan, uning oilasi yotoq uchun pul to'lashga qurbi etmas, shu bois yigit har kuni otda olti mil yo'l bosib, ushbu ilm dargohiga qatnar edi. Qolaversa, Deyl fermadagi turli-tuman ishlardan bo'shagan paytidagina mashg'ulotlarga qatnar edi. Shu bois kollejdagi ko'plab tadbirlarda ishtirok eta olmas, bunga vaqti ham, tuzukroq usti-boshi ham yo'q edi: uning bittayu-bitta odmiroq kostyumi bor edi, xolos. 1908 yil yigirma yoshga to'lgan Deyl doimiy ravishda och-nahor yurardi. Tahsildan keyingi ilk faoliyati rancho egalariga sirtdan dars berish bo'ldi. Nebraskada hujjat tashuvchi, chopar bo'lib, keyin esa Nyu-Yorkda aktyor sifatida ishlay boshladi va notiqlik san'ati bo'yicha saboq olishga bel bog'ladi. Mashg'ulotlar muvaffaqiyatli o'tib, u shaxsiy amaliyot sari qadam tashlashga qaror qildi. Deyl futbol jamoasidan joy olishga harakat qildi, biroq vazni yengilligi sababli trener uni qabul qilmadi. Bolaning ko'ngli o'ksib, o'ziga nisbatan norasolik tushunchasi shakllanishi mumkin edi. Onasi buni to'g'ri anglab, unga mubohasa to'garagiga borishni maslahat berdi. Bir necha martalik urinishdan so'ng Deyl mazkur to'garakka qabul qilindi. To'garakdagi mazkur chiqishlar haqiqatan ham Deylning o'z kuchiga ishonch, notiqlik borasida muayyan amaliyot paydo qildi va muvaffaqiyatga erisha boshladi. Bir yil ichida Deyl notiqlik bo'yicha o'tkazilgan tanlovlarda yuqori o'rinlarga sazovor bo'ldi. U muntazam ravishda munosabatlar ko'nikmasinining ulkan ta'lim tizimini shakllantirib bordi. Mazkur tizim shu qadar o'ziga xos ediki, Karnegi mualliflik huquqini ham rasmiylashtirishga qaror qildi. Ish jarayonida Louel Tomas bilan hamkorlik qildi va 1934 yilda ularning “Taniqli kishilar hayotidan uncha ma'lum bo'lmagan sahifalar” nomli kitobi nashr etildi. O'qitish, ma'ruzalar va publisistika Karnegini tanitibgina qolmasdan, odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning o'ziga xos tizimini takomillashtirishga ham sababchi bo'ldi. Karnegi astoydil izlanish olib borib, biri necha risola chop ettirdi, uning risolalari tinglovchilar tomonidan tashnalik bilan tinglana boshlandi. Tashkil qilgan kursi esa yanada ommalashib, bir darsi uchun odatdagi ikki dollar o'rniga unga o'ttiz dollardan to'lanar edi. Yosh murabbiyning muvaffaqiyati haqida eshitgan boshqa prfessional klublar Karnegiga iltimosnomalar bilan murojaat eta boshladilar. 1933 yilda “Saymond end shuster” nashriyoti boshqaruvchisi Leon Shimkin Deyl Karnegining Larchmontdagi mualliflik kursida tinglovchi sifatida ishtirok etdi. Bu saboq Shimkinda katta taassurot qoldirdi. U Karnegiga tinglovchilarga bergan manbalarini kitob shaklida chiqarishni maslahat berdi. “Do'st orttirish va odamlarga ta'sir o'tkazish haqida” kitobi shu tariqa dunyo yuzini ko'rdi. Bir yil mobaynida mazkur kitob million nusxada sotildi. 1948 yilda Deyl Karnegining “Bezovtalikdan xalos bo'lish va yangi hayot boshlash sirlari” nomli kitobi nashrdan chiqdi. “O'z-o'ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so'zlash san'ati” ham qo'lma-qo'l bo'lib ketdi. U yaratgan institutning dovrug'i tobora keng yoyilardi. Pedagogik faoliyatida namuna bo'lish uchun u uylanishga qaror qildi. Lolita Boker o'zining graf sulolasidan ekanligini bot-bot ta'kidlar edi. Luiza erining oddiy xalqqa mansubligidan junbishga kelar, uyda domiy ravishda g'avg'o ko'tarar edi. Ayni shu paytlarda Karnegi “Baxtli turmush uchun yetti qoida” aks etgan kitobini yoza boshladi. Oradan o'n yil o'tib, kitob tayyor bo'ldi, muallifning sabr-toqati esa tugagan edi. Maxfiy ravishda ajralishga to'g'ri keldi. Qo'lyozma “Do'st orttirish va odamlarga ta'sir ko'rsatish haqida” deb nomlangandi. Mamlakat iqtisodiy tanazzulni boshidan kechirar, zudlik bilan hammabop omad formulasiga muhtojlik sezilardi. Karnegi kitobi uchun o'zaro kelishuv asosidagi sotuvdan beriladigan 25 foizli to'lov, ya'ni yuz ellik ming dollarni qo'lga kiritdi. Mazkur kitob o'nta milliy bestseller ro'yxatiga kiritilib, hozirgi kungacha mavqeyini yo'qotmagan. Menejerlar, kotibalar, uy bekalari va advokatlar o'z yaqinlari bilan munosabat ko'nikmasini amalda qo'llashardi. Karnegi ta'limi har sohada asqotardi. Keyinchalik Karnegi ishdan deyarli uzoqlashdi. Baxtli tasodif tufayli omadli kechgan ikkinchi nikohidan benihoya rohatlanardi. Deyl Karnegi 1955 yil 1 noyabrda xojkin kasali tufayli vafot etdi. Ko'pchilikning fikricha, har qanday nozik masalalarda ham Karnegi tamoyillari ustun keladi va u “1-raqamli ruhshunos” sifatida qoladi. Foydalanilgan adabiyotlar: Deyl Karnegi. Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati. Toshkent, 2013. N.Gʻoyibov, D.Yusubov. Notiqlik sanʼati. Toshkent, 2012 Sitseron. Notiqlik sanʼati. Toshkent, 2018. Ilhom Qaxxarov. Notiqlik sanʼati. Toshkent, 2015. Download 32.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling