Mashina detallarida ruxsat etilgan o’lchamlarni aniqlash. Reja detallarning shakllari. Geometrik shakl o`zgarishlari


Detallar sirtlari shaklining chetlanishlarini me`yorlash


Download 247.28 Kb.
bet2/3
Sana13.12.2022
Hajmi247.28 Kb.
#999557
1   2   3
Bog'liq
Маъруза №4

Detallar sirtlari shaklining chetlanishlarini me`yorlash.
Shakl chetlanishlari va cheklamalari. SHakl va joylashuvlar cheklamalari xamda chetlanishlarning asosiy kurinishlariga tegishli atama va ta`riflar GOST 24642-81 (O`YYOK ning ST SEV 301-76 standarti) bilan aniqlanadi.
Sirt (profil’) shaklining chetlanishi deganda real sirt (real profil) shaklining nominal sirt (nominal profil) shaklidan cheklanishi tushiniladi. Sirtning g’adir–budurligi to`lqinsimonlikdan farqli holda shakl cheklanishi tushiniladi. Asoslangan hollarda shakl chetlanishini sirt g’adir-budurlikni qo`shib me`yorlashga to`lqinsimonlikni alohida me`yorlashga (yoki shakl cheklanishining bir qismini to`lqinsimonlikni hisobga olmay me`yorlashga) ruxsat etiladi.
Sirtlar shakli va joylashuvidan cheklanishlarni me`yorlash va miqdoriy baholash urinma to`g’ri chiziqlar sirtlar va profillar prinsipiga asoslanadi.
Urinma to`g’ri chizik real profilga urinuvchi va detal materiallaridan tashqarida joylashgan shunday to`g’ri chiziqki, toki undan me`yorlayotgan qism chegaralaridagi real profil eng uzoq joylashgan nuqtasining chetlanishi minimal o`iymatga ega bo`lsin.

4.1.–shakl. To`g’ri chiziqli urinma (a) va aylanma urinma

Urinma aylana tashqi aylanuvchi sirt real profil atrofida tashqaridan chizilgan minimal (4.1. shakl) yoki ichki aylanuvchi sirt real profil atrofida tashqaridan chizilgan maksimal diametrli aylana (4.1 shakl).


Urinma tekislik – real sirt bilan aylanuvchi va detal materiali tashqarisida joylashgan shunday tekislikki, toki undan me`yorlangan qism chegaralaridagi real sirt eng uzoq nuqtasining chetlanishi minimal miqdorga ega bo`lsin.
Urinma slindri – real tashqi sirt atrofida chizilgan minimal diametrli tashqi yoki real ichki sirt ichiga chizilgan maksimal diametrli ichki slindr. Urinma sirt va profillar detallar tutashuvining nulli tigizmaslikli o`tkazmalaridagi sharoitlariga mos keladi. O`lchashda urinma sirtlar bo`lib nazoratchi plitalar, interferension oynalar, lekalali va qiyoslovchi plitalar, kalibrlar, nazoratchi opravkalar va boshqalarni ishchi sirtlari xizmat qiladi. SHakl cheklanishi miqdoriy jihatdan urinma normal bo`yicha real sirt nuqtalaridan urinma sirtgacha bo`lgan eng katta masofa  baholanadi. Quyidagi harfiy belgilar qabul qilingan:
 - shakl cheklanishi yoki sirtlar joylashuvi cheklanishi;
T – shakl yoki joylashuv cheklamasi.
L - me`yorlanadigan qism uzunligi.

4.2. – shakl. Slindrik sirtlar shaklining ko`ndalang kesimdagi chetlanishlar.
Silindrik sirtlar shaklining chetlanishlari. Davliylikdan chetlanish – real profil nuqtalaridan urinma aylanagacha bo`lgan eng katta  masofa (4.2.-shakl). Doiraviylik cheklamasi T doiraviylikdan cheklanishning eng katta ruhsat etilgan miqdori. Doiraviylikning cheklama maydoni – doraviylik cheklamasi T ga teng masofada biri boshqasidan orqali qoladigan ikkita konsentrik aylanalar bilan chegaralangan spiralning markazi orqali o`tuvchi yoki aylanish sirti o`qiga perpendikulyar tekislikdagi soha.
Doiraviylikdan cheklanishning xususiy ko`rinishlari bo`lib ovallik va ogranka xisoblanadi.
Ovalilik – doiraviylikdan cheklanish, unda real profil eng katta va eng kichik diametrlari o`zaro perpendikulyar yo`nalishlarda joylashgan ovalsimon figurani hosil qiladi (4.2. shakl).
Ogranka – doiraviylikdan cheklanish, unda real profil eng katta va eng kichik figuradan iborat bo`ladi. Ogrankaning yoqlari juft yoki toq sonli bo`lishi mumkin. Yoqlar toq sonli ogranka  o`lchamining tengligi bilan xarakterlanadi (4.2. shakl). Detalning ovalligi masalan tokarlik yoki silliklash dastgohi shpindelining zarbasi detalning disbalansi va boshqa sabablar tufayli paydo bo`ladi. Ogrankaning paydo bo`lishi detal oniy aylanish markazi vaziyatining o`zgarishi bilan tushuntiriladi. Masalan markazsiz silliklashda .
Ovallik va ogranka miqdoriy jihatdan xuddi doiraviylikdan cheklanishdan baxolanadi (4.2. shakl).
Slindrlikdan cheklanish – me`yorlanayotgan L – kism chegaralarida real sirt nuqtalaridan to urinma slindrgacha bo`lgan eng katta  - masofa (4.2. shakl). 4.2. shaklda slindrlik cheklamasi T ga teng masofada biri boshqasidan orqaga qoladigan o`qlari ustma – ust bir va ikki slindrlar bilan chegaralangan fazo bilan aniqlanadigan slindrlikning cheklama maydoni ko`rsatilgan.
Slindrik sirt bo`ylama kesimi profilining chetlanishi – me`yorlanayotgan L kism chegarasida o`qlari orqali o`tuvchi tekislikda yotgan real sirtni yasovchi nuqtalardan to urinuvchi profilning mos tomonigacha bo`lgan eng katta  masofa (4.2.–shakl). Bunday chetlanishning cheklama maydoni T 4.2. – shaklda tavirlangan. Bo`ylama kesim profilning chetlanishi yasovchilarning to`g’ri chiziqlilik va parallelilikdan cheklanishni xarakterlaydi. Bo`ylama kesim profili va cheklanishning xususiy ko`rinishlari bo`lib konussimonli, bochkasimonlik va egarsimonlik hisoblanadi.
Konussimonlik – bo`ylama kesim profilining chetlanishi, unda yasovchilari to`g’ri chiziqli lekin parallel emas (4.2 – shakl).
Bochkasimon – bo`ylama kesim profilining yasovchilari to`g’ri chiziqli emas va diametrlari kesim chekkalaridan o`rtasi tomon oshib boradigan cheklanishi (4.2. – shakl).
Egarsimonlik – bo`ylama kesim profilining yasovchilari to`g’ri chiziq bo`lmagan va diametrlari kesimi chekkalaridan o`rtasi tomon kamayib boradigan (4.2. – shakl).
Miqdoriy jihatdan konussimonlik, bochkasimonlik va egarsimonlik xuddi bo`ylama kesim profilining chetlanishidan baholanadi.
Bochkasimonlik ko`pincha lyunetsiz markazlarda ingichka uzun vallarni yo`nganda paydo bo`ladi. Yo`g’on katta vallar ko`pincha valning chekkalari bo`yicha ko`p siljishidan (kesuvchi kuchlarning tashkil etuvchilari ikkala markazlar oralig’ida ancha tekis taqsimlanadi). egarsimon bo`lib qoladi. Bochkasimonlik va egarsimonlik shuningdek dastgoxlar staninalari yo`naltiruvchilarning xatoliklari va boshqa sabablar tufayli paydo bo`lishi mumkin. Detallarning talab qilingan shaklini hosil qilish uchun pardozlash aparatlarining uzul kesil termik ishlov bergandan so`ng bajarish maqsadga muvofiqdir. Keskichning yoyilishi, dastgoh shpindeli va ketingi babka pinoli geometrik o`qlarning ustma-ust tushmasligi makazlar o`qining stanina yo`naltiruvchilariga parallelligidan chetlanishi konissimonlikning sababchisi bo`lib hisoblanadi.

Download 247.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling