Mashina traktor agregatlarni masofadan turib boshqarish tizimlarini o`rganish
Download 22.49 Kb.
|
Mashina traktor agregatlarni masofadan turib boshqarish tizimlarini o`rganish
Mashina traktor agregatlarni masofadan turib boshqarish tizimlarini o`rganish Reja: Qishloq xo’jaligida mexanieasiyani roli. O’zbekiston Rpublikasi tumanlarida «Mashina-traktor parki* (MTP) bo’limlarini barpo qilish. Qishloq xo’jaligida mashinalardan foydalanish sharoitlari. Ishlab chikarish jarayonlarning turlari. Mashina-traktor agregati (MTA). Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalash o’zbekiston Respublikasi fermerlar va kooperativ xo’jaliklarida qishloq xo’jalik mahsulotlari hajmini ko’paytirish va mehnat unumdorligini oshirishning asosiy omilidir (vositasidir). Zamonaviy texnika qishloq xo’jalik ishlarining qisqa agrotexnik nmddatda va yuqori sifatda minimal ish vaqti hamda kam pul mablag'i sarfida bajarilishiga imkon beradi. Mexanizasiya darajasi va samaradorligini oshirishda progressiv texnologiya, fan va texnikaning zamonaviy yutuqlariga asoslangan mashinalar kompleksi katta ahamiyatga egadir. U har bir xo’jalikda MTPning rasional tarkibda bo’lishiga i,mkon beradi va shuning bilan barcha ishlab chiqarish jarayonlarni kompleks mexanizasiyalashni va buning bazasida uning yuqori samaradorligini ta'minlaydi. Mashina-traktor parki (MTP). Qishloq xo’jalik mashinalarming qiymati keskin oshgan va ularni harid qiljsh murakkab iqtisodiy masala bo’lgan bir paytda fermerchilik va ijarachilik nmammosi taraqqiyoti ayniqsa texnikadan samarali foydalanish masalasi muhim aharaiyat kasb etadi. Shu munosabat bklan Respublikamizning har bar tumanida MTP bo’linmalari barpo etilgan bo’lib, ular davlat kafolatlariga asosan dunyoning etaklovchi kompaniyalaridan qishloq xo’jalik texnikasini harid qiladilar va xo’jaliklarda shartnoma asosida eng murakkab va sermehnat ishlarni bajaradilar. Shunga ko’ra barcha traktorlar, aylanma pluglar, g'alla va paxta yig'ish kombaynlari va «Keys» firmasining boshqa texnikalari ushbu strukturaga keltiriladi. Qishloq xo’jaligida mashinalarning ishlatish shart-sharoitlari. MTA dan foydalanish samarasi qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini masshtabi va sharoitlariga bog'liq. Bu borada Uzbekiston Respublikasining sug'oriladigan dalalari juda katta bo’lmagan o’lchamdagi sug'orish kanallari va daraxtzorlar bilan chegaralangan bo’lib, mashinalardan foydalanishda ma'lum qiyinchiliklar tug'diradi. Mexanizasiya ko’proq samarali bo’lishi uchun MTA o’z o’lchamlari va texnik tavsiflari bilan muayyan xo’jalikning ishiatish shart-sharoitlariga mos kelishlari kerak. MTA nkrig qishloq xo’jaligida ishlash quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: a) Mashinaning zarur sharoitni (temperatura, namlik va x. k.) yaratish mumkin bo’lgan sanoatda ishlashidan farqi shundaki, qishloq xo’jaligida samarali ishlashi uchun ulzr doimo atmosfera ta 'sirida bo 'ladilar. b) Sanoatda ishlov beriladigan material bevosita mashinaga uzatiladi, qishloq xo 'jaligida esa mashina dalada siljib, ishlov beriladigan materialga o 'z ta 'sirini o 'tkazadi (tuproqga, o 'simlikka). – v) Qishloq xo’jaJik mashinasi jonh miihit bilan o’zaro ta'sirlashadi, u o 'simlikka zarar etkazmasligi va nniug o 'sishiga halaqit bermasligi kerak. g) Sanoatda ishlarni bajarish amaliyotda kalendar nmddatlarga bog 'liq bo 'Imaydi vaholauki, qishloq xo ' jaligida barcha ishlar o ' simliklarning o’sish fazalariga bog'liq bo’lgan aniq muddatlarda bajarilishi zarur. Bularning hammasi ma'lum darajada ishning texnologiyasiui tnshkil qiliuishini hamda mashinalar konstruksiyasiga va ulardan foydalanish usullariga bo’ladigau talablarni aniqlaydi. Ishlab chiqarish jarayonlarining turlari. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi ayrim operasiyalardan tashkil topuvchi turli xil jarayonlarning bajarilishini ko’zda tutadi. Texnologik operasiyalar ishlov beriluvchi materiallarning, mahsulotlarning yoki muhitning masalan, er haydash, kultivasiya. defolyasiya, paxta tozalash va x. k, xususiyatlarni o’zgartirishga yo’naltirilgan ishlab chiqarish jarayonining bir qismini o’z ichiga oladi. Yordamchi operasiyalar asosiy operasiyalarning bajarilishini asosiy engillatishga yaxshilashga yoki ta'minlashga yo’nal — tiriladi, bularga: dalani tayyorlash va u yoki bu texnologik operasiyani bajarish, mashinalami ishga tayyorlash, shuningdek yuklash-bo’shatish ishlari kiradi. Transport operasiyalar odatda texnologik operasiyalar bilan uzviy bog'langan bo’ladi. U materialni yoki . qishloq xo’jalik mahsulotlarining holatini o"zgarishsiz eltishga mo’ljallangan. Qishloq xo’jalik ishlari, bu texnologik va yordamchi operasiyalarning zarur bo’lsa yana transport ishlarining ham yig'indisidan iboratdir. Ketma-ketlikda bajariladigan operasiyalar yig'indisi, agar natijada dastlabki predmet (sho’rlangan uchastka) oraliq predmetga (sho’ri yuvilgan uchastkaga) yoki (tozalanmagan paxta chanoqlari) qishloq xo’jaligining so’nggi mahsulot (paxta, xom-ashyosi) ga aylansa uni ishlab chiqarish jarayoni deb ataladi. Ishlab chiqarish jarayonlariga quyidagilar kiradi: boronalash, disklash, chizellash, molalashlarni o’z ichiga olgan tuproqga ekish oldi ishlov berish; tayyorlash, yuklash va eltish (transportirovka) ishlarning o’z ichiga olgan urug ekish, gerbisid sochish va o’gltlash; o’simliklarni parvarish qilish quyidagilardan iborat: tuproq qatqalog'ini buzish, qator oralariga ishlov berish, oziqlantirish, egat ochish, suv qo’yish, qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurash; paxta xom-ashyosini yiglsh quyidagilarni o’z icliiga oladi: qaytish polosalarini tayyorlash, defolyasiya qiiish, ochilgan paxtani terish, yigilgan paxtani eltish, to’kklgan paxta va ko’rakni tozalash. Mashina-traktor agregati (MTA) - bu traktor bilan birikgan qishloq xo’jalik mashinasi. Bajaradigan ishlariga ko’ra ular turlicha bo’ladilar: er haydash, ekish, sug'orish, zkinlarni parvarishlash, yig'ish, yuklash va eltish (transport) agregatlari. Harakatdagi agregatiar - bu MTA lar texnologik operasiyalarni harakatlanib bajaradilar. Bularga er haydash, ekish, yig'ish va boshqa dala bo’ylab siljib, ishlov berish ob'ektiga ta'sir qiladigan agregatlar kiradi. Stasionar agregatlar - qishloq xo’jalik ishlarini bir joyda turib bajaradilar, Bularga mineral o’g'it va pestisidlarni sochishga tayyorlash qurilma (o’rnatma) larni, tozaiash, xillash va x. k. ishlov berish yoki ishlatishga tayyorlash uchun raateriaini oldiga keltiriladigan mashinalar kiradi. Stasionar-ko’chib yuruvchi agregatlar texnologik operasiyalarni bajarishiga ko’ra bir uchastkadan boshqa uchastkaga siljitib (yurgizib) o’tkaziladi. Bularga yuklagichlar, dala kanof tozalagichlar, ko’sak chuvigichlar va x. k. lar kiradi. Oddiy agregat bitta texnologik operasiyani (masalan, er haydash, boronalash va x. k.) bajarishiga mo’ljallanadi. U bitta yoki bir nechta bir xil mashinadan tuzilgan bo’iishi mumkin. Kompleks agregat turli xil qishloq xo’jalik mashinalarni o’ziga birlashtirib bir nechta texnologik operasiyalarni bajarishda foydalaniladi (masalan, chizellash) mineral o’g'itlash va boronalash yoki kultivasiya va gVzani chekankalash (chilggash). Universal agregat - ozroq qayta rostlash bilan turli xil o’simliklarda (paxta, jo’xori, sorgo) yoki ular har xil qator oralariga ega bo’lganda (masalan 60-90 sm. li qator oraliqda ekish, kultivasiya qilish) texnologik operasiyalarni bajarishda ishlatiladi. Universal agregatlardan foydalanish xo’jaliklarning qishloq mashinalarga bo’lgan talabini kamaytirib ularning yuklanish bilai ishlashini oshiradi. Bularning barchasi ulardan foydalanish harajatlarini keskin pasaytiradi. Kombayn agregat ham shuningdek bir necha texnologik operasiyalarni bir vaqtda bir yo’la bajarish uchun foydalaniladi (masalan, o’rish, yanchish, don o’simliklarini tozalash yoki ochilgan paxtani tupidan terish, erga to’kilgan paxtani terish v tozalash). Bunga kombayn agregati vazifasiga ko’ra turlicha bo’lgan bir nechta qishloq xo’jalik mashinalarni va energetik vositalarni bir umumiy shassiga konstruktiv birlashtirigan bo’ladi. Texnologik karta qishloq xo’jalik korxonasining shuningdek ayrim ijara bo’linmalarning ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirishda muhim boshlang'ich hujjatdir. Bu hujjatda muayyan qishloq xo’jalik o’simligini etishtirishning texnologik operasiyalari malum ketma-ketlikda aks etdiriladi. U operasiyalarni kafiy tartibini, optimal agrotexnik muddatlarini va fan hamda ilg'or tajribalar hisobga olingan ayrim progressiv operasiyaiarni aniqlaydi. Texnologik karta ko’rsatilgan ish hajmining bajarish uchun traktor va qishloq xo’jalik mashinalarga boladigan talablarni odamlarning joylarga to'g'ri qo’yilishini, ishlab chiqarishning borishini, moddiy va pul harajatlarini oldindan aniqlashga imkon beradi. Texnologik karta barcha kompleks ishlarning to’liq ruyxati va ketma-ketligini o’z ichiga oladi: agrotexnik talablar, ularning me'yorlari va ishlarni o’tkazish muddatlari, MTA ning rasional tarkibi, ish hajmi uchun MTA ning zaruriy soni, ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zarur bo’lgan texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar. Texnologik kartalar: istiqbolli-hisobiy, odatda 5 yillik qilib va joriy-rejadagi yil uchun tuziladilar. Istiqbolli karta asosida quyidagi masalalar hal qilinadi: qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning istiqbolli texnologiyasi asoslanadi; muayyan zona va o’simlik uchxm mashinalar sistemasi aniqlanadi; xo’jaliklarning texnikaga bo’lgan talabi aniqlanadi, vaholanki, bu - sanoatda traktor va qishlo" xo’jalik masginalarga bo’ladigan buyurtmalaming shakllanishi uchun zarurdir; zarur bo’lgan kapital mablag' o’lchami aniqlanadi; ish haqi va ishlab chiqarish harajatiari fondini rejalashtirish amalga oshiriladi; ayrim ekinlarning rejali tannarxlarini hisoblash uchun boshlang'ich ma'lumotlar aniqlanadi; eng samarali MTA va ulardan rasional foydalanish aniqlanadi. Namunaviy hududiy kartalar^ Har bir ekin turi uchun texnologik karta tuzishning murakkab va sermehnatligini hisobga olgan holda xo’jalik mutaxabsislariga yordam sifatida hududda etishtiriladigan ekin uchun namunaviy hududiy texnologyk karta ishlab chiqilgan va nashrdan' chiqazilgan. Bu kartada har bir ish turi bo’yicha parkning rasional tarkibi va boshqa texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari bo’yicha turli variantlar kiritilgan. Shuningdek bu texnologik kartada paxta ekish hududi uchta tuproq-iqlim sharoiti hududiga bo’lingan bo’lib ular asosan kuzgi-qishki va ekish oldi ishlari operasiyalari bilan farq qiladilar. Birinchi hudud qiyaliklardan iborat chigit uiib chiqishni tabiiy namlikda ta'minlanadigan, nisbatan ko’p miqdorla atmosfera yog'inlari bo’ladigan tog' oldi erlarni o’z ichiga oladi. Ikkinchi hudud.ozroq qiyalikga ega bo’lgan, atmosfera yog'inlari kam bo'ladiganr natijada qo’shimcha suv qo’ymasdan tabiiy namlikda chigitning normal unib chiqishi ta'minlanmaydigan erlarni o’z ichiga oladi. Uchinchi hudud tuprogi turli darajada sho’rlangan juda oz qiyalikka ega bo’lgan erlarni o’z ichiga oladi. Chigitning to’liq unib chiqishini ta'minlash uchun sho’r yuvish uchun sug'orish o’tkazishni talab qilinadi. Ushbu namunaviy texnologik kartaga asosan har bir xo’jalik va har bir ijara bo’linmalari uchun mazkur rejadagi yilda har bir etishtirilgan ekinga agrotexnikasining alohidalik xususiyatlarini va ish sharoitlarini hamda texnologik jihozlanganligini hisobga oluvchi aniq texnologik kartlar tuziladi. Texnologik karta tasdiqlangandan so’ng xo’jalik va bo’linmalarning barcha a'zolari bajaradigan va shungigdek rejali hisoblar o’tkazadigan hujjat bo’lib qoladi. Texnologik kartani ishlab chiqishda muayyan bo’linma uchun quyidagilar boshlang'ich ma'lumot bo’ladi: paykal uzunligi (), joylarning o’rtacha qiyaligi (a), tuproq tavsifi, ishlarni o’tkazishning kalendar muddati, ko’rsatilgan agrotadbir bajariladigan maydon foyizi (Pat); qabul qilingan moddiy sarflar me'yorlari: (uruglar, o’gitlar, zaharli ximikatlar, gerbisidlar, defolyanltar va x. k.) (0), sug'orish sistemalarini ochish yoki tekislash (X), rejadagi hosildorlik (U), o’tish soni (Kut) va ishlov berish soni (Kish). Bundan tashqari xo’jalikda mavjudligi hisobga olingan holda ko’rsatilgan ekinni etishtirish va yig'ishda foydalaniladigan traktorlarning tipi hamda ashyolarni tashish va qishloq xo’jalik mahsulotlarini eltish masofasi () ko’rsatiladi. Ushbu ma'lumotlardan hamda ko’rsatilgan bo’linmaning qishloq xo’jalik ekinlarini etishtirish va yig'ishtirish bo’yicha namunaviy texnologik kartasidan foydalangan holda mana shu mazkur bo’linma yoki xo’jalik uchun etarli darajada aniq (konkret) texnologik karta ishlab chiqish mumkin. Agregatning soatlik ish unumi. Mashina-traktor agregati (MTA) shunday tuzilishi kerakki, u agrotexnik talablarning bajarilishini ta'minlasin va yuqori ish unumida foydalanilsin. Paxtachilikda ko’pchilik qishloq xo’jalik mashinalari traktorga osiladi va mahkam belgilangan qamrov kengligiga ega bo’ladi. Shuning uchun agregatning optimal yuklanishini ta'minlash yo'l qo’yilgan agrotexnik talablar chegarasida traktorning harakat tezligini o’zgartirish hisobiga amalga oshiriladi. Agregatning ish unumi: er haydash, qator oralarini kultivasiya qilish, tekislash, boronalash, tuproq .qatqalog'ini yumshatish, suv qo’yish uchun egat ochish, mineral va organik o’gltlarni sochish, begona o’t ildizlarini tarash, ekish oldi yumshatish va x, k, ishlarni bajarishda ushbu formulada aniqlanadi Download 22.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling