To’rtinchi bosqich 1980-yildan keyingi davrni qamrab oladi. Bunda asosan MTPF fanining rivojlanishi hozirgi davrdagi dolzarb muammo – agrar sohada olib borilayotgan izchil islohotlar asosida, MTA va turli ko’rinishdagi MTP lardan bozor iqtisodiyoti sharoitida samarali foydalanishning kompleks yechimlarini ishlab chiqish va joriy etishdir. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, MTPF fani jadal rivojlanib borayotgan muhandislik fani hisoblanadi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining turli ko’rinishlariga va ularning talablariga tezkor yondashadi va aniq sharoitlar hamda mezonlar asosida yangi-yangi ilmiy izlanishlar olib borib, ishlab chiqarishda texnikadan samarali foydalanishning yangi muammolarini ilmiy asosda hal etadi.
Nazorat savollari:
1. MTPF fani nimani o’rganadi va u qanday bo’limlardan iborat?
2. Fanning ishlab chiqarish sohalariga qarab qisqacha vazifasini aniqlab bering.
3. MTP va MTA tarkibini izohlang.
4. Fanning rivojlanish davrlarini eslab o’ting.
5. Har bir davrda o’zining ilmiy izlanishlari bilan fanda yangi yo’nalishlar ochgan olimlarni aytib bering.
6. Sizning fikringizcha bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida MTPF fani o’z mavqeini saqlay oladimi?
7. Fan sifatida yana qanday ilmiy izlanishlarga e’tibor berishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |