Mashina traktor parkidan foydalanish 12-mavzu: Mashina-traktor parkidan foydalanishning asosiy ko’tsatkichlarilari. Reja


Download 27.83 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi27.83 Kb.
#1797222
1   2   3
Bog'liq
Ma\'ruza №12

Birinchi bosqich (davr) 1917 – 1935-yillarni o’z ichiga oladi va quyidagi muammolar bilan shug’ullandi:

  • traktor, qishloq xo’jalik mashinalarining ratsional (maqsadga muvofiq) birikmalari;

MTA loyihasini ishlab chiqish;
MTA ning texnologik jarayonlarni bajarishdagi harakat xillari;
ish unumi, yoqilg’i sarfi va mablag’ harajatlarining hisoblari.
SHu vaqtlarda MTPF fani mashinalarni ishlatish, mashinalardan foydalanishning ko’zga ko’ringan fidoyi ilmiy xodimlari proffessor V.N. Lintvarev (1887-1960), akademik V.P.Goryachkin (1868 – 1938), akademik M.N. Letoshnev (1888 – 1958), B.V.Roshanovskiy (1931) edilar.
Ikkinchi bosqich (davr) 1935–1960-yillar bo’lib, unda quyidagi muammolar yechildi:
– MTPdan foydalanish qonuniyatlari loyihasi tuzildi va amalda qo’llana boshlandi;
– mashinalarning har bir ishlab chiqarish yo’nalishlariga mos keladigan tizimi loyihalandi;
– MTPF fani ilmiy fan sifatida vujudga keldi.
MTPF fanidan birinchi qo’llanma 1937 va 1950 yillarda akademik B.S.Svirщevskiy (1900 – 1953) tomonidan chop etildi. U va uning shogirdlari tomonidan olib borilgan izlanishlar MTPF fanini ilmiy va amaliy tashkil etishda katta rol o’ynadi.
Uchinchi bosqich ( davr) 1960 – 1980-yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilib, katta natijalar qo’lga kiritildi:
– qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida MTPdan foydalanishning eng qulay prinsiplari asosida loyihalar ishlab chiqildi. Bu ilmiy yo’nalishda akademik V.A. Jeligovskiy, professorlar G.V. Vedenyapin, Yu.K. Kirtbaya, A.B. Koganov, M.P. Sergeev, N.E. Fere va, S.A.Iofinovlar samarali mehnat qildilar. SHuningdek:
– katta quvvatga ega bo’lgan traktorlarni yaratish va ulardan texnologik operatsiyalarni bajarishda yuqori tezlikda foydalanish bo’yicha izlanishlarga akademik V.N. Boltinskiy rahbarlik qildi. MTA ni ratsional tuzishni loyihalash, ularni avtomatik nazorat qilish va ish sharoitiga, o’zgarishiga moslab boshqarish, MTPdan foydalanishni tashkil qilish va ularning iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga erishildi;
– mashina va agregatlarning texnik holatini ularni bo’laklamasdan turib tashxis etish yo’li (diagnostika) bilan aniqlash usullari professor M.S. Jdanovskiy, A.X.Morozov, I.P. Tolskogo va boshqalar izlanishlarida o’z aksini topdi.

Download 27.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling