Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan


-bob. Ekspertizani o‘tkazish tartibi


Download 103.02 Kb.
bet12/26
Sana30.04.2023
Hajmi103.02 Kb.
#1408752
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Sanoat xavfsizligini ekspertizasi.

2-bob. Ekspertizani o‘tkazish tartibi
14. Ekspertiza quyidagi bosqichlardan iborat:
ekspertizani o‘tkazish uchun arizani qabul qilish;
hujjatlarni dastlabki baholash hamda ekspertizani amalga oshirish uchun shartnoma tuzish;
ekspertiza obyektining unga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash;
ekspertiza natijalari bo‘yicha ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish va berish.
Ekspertizaning keyingi har bir bosqichi avvalgi bosqichda ijobiy natijalarga erishilganda o‘tkaziladi.
15. Buyurtmachi ekspertizani amalga oshirish uchun ekspert tashkilotiga ushbu Nizomga 3-ilovada* keltirilgan shakl bo‘yicha rasmiylashtirilgan buyurtmanomani bevosita, uning olingani to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali yoxud elektron shaklda taqdim etadi. Elektron shaklda taqdim etilgan buyurtmanoma elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Ekspertiza obyektining o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda, buyurtmanomaga ushbu Nizomga 4-ilovada* ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
16. Noto‘g‘ri to‘ldirilgan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan buyurtmanoma ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Ekspertizani o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning to‘liqligi va ishonchliligi uchun buyurtmachi javobgar bo‘ladi.
17. Ekspert tashkiloti tushgan buyurtmanomani betlariga raqamlar qo‘yiladigan, tikib bog‘lanadigan va ekspert tashkilotining muhri bilan tasdiqlanadigan jurnalda hujjatlar taqdim etilgan kunda ro‘yxatga oladi.
Ekspert tashkiloti buyurtmanomani olgani haqida belgi ekspertizaga buyurtmanoma berilgan sana hisoblanadi.
18. Buyurtmanoma ro‘yxatga olingan kundan boshlab, uch ish kuni davomida taqdim etilgan hujjatlar dastlab baholanadi.
Dastlabki baholashda ushbu Nizomga 4-ilovada* keltirilgan ro‘yxat bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqiladi.
19. Taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash natijalari salbiy bo‘lsa, ekspert tashkiloti bir ish kuni davomida buyurtmachiga buyurtmanomani ko‘rib chiqish rad etilgan asosli sabablar ko‘rsatilgan bildirishnomani yuboradi.
Buyurtmanomani ko‘rib chiqishning rad etish sabablari buyurtmachi bilan kelishilgan muddatlarda bartaraf etilmagan holatlarda ekspert tashkiloti taqdim etilgan hujjatlarni ilova xati bilan qaytaradi.
20. Taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash natijalari ijobiy bo‘lsa, ekspert tashkiloti o‘n ish kuni davomida buyurtmachi bilan ekspertizani o‘tkazish shartnomasini rasmiylashtiradi.
Ekspertizani o‘tkazishda taqdim etilgan hujjatlarda nazarda tutilmagan, ammo sanoat xavfsizligi talablariga muvofiq bajarilishi shart bo‘lgan ishlar hajmlari aniqlangan holatlarda, bu ishlar shartnomaga qo‘shimcha bitim asosida bajarilishi mumkin.
21. Ekspert tashkiloti buyurtmachi shartnomada belgilangan miqdordagi to‘lovni to‘lagandan so‘ng ekspertiza obyektini baholashga kirishadi.
22. Ekspert tashkiloti ekspertiza obyektini baholash uchun ushbu Nizomga 5-ilovada* keltirilgan tarkibda ekspert guruhini shakllantiradi.
Ekspert guruhiga boshqa mutaxassislar ham kiritilishi mumkin, bunda mutaxassislar soni guruhdagi ekspertlar sonidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
23. Ekspertlar orasidan yetakchi ekspert tayinlanadi va u ekspert guruhiga rahbarlik qiladi, ekspertizaning o‘z vaqtida o‘tkazilishi, natijalarni umumlashtirish va ekspertiza xulosasini tayyorlash uchun javob beradi.
24. Ekspert guruhi ekspertiza obyektining haqiqiy holati va unga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholaydi, ekspertiza obyektiga taalluqli hujjatlarning to‘liqligi va ishonchliligini aniqlaydi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalashda ekspertiza doirasida joyiga borib, obyektning taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligini baholaydi, buyurtmachi foydalanayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining xavflilik belgilari va turlarini aniqlaydi.
25. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi texnik qurilmalar, binolar va inshootlarning haqiqiy holatini baholash uchun ular belgilangan tartibda tekshiriladi hamda texnik diagnostikadan o‘tkaziladi.
26. Buyurtmachi ekspertizani o‘tkazishda ishtirok etadigan ekspertlar va mutaxassislarning ekspertiza o‘tkaziladigan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanishini ta’minlaydi.
27. Ekspert tashkiloti xavfli ishlab chiqarish obyektidagi texnik qurilmalar, binolar va inshootlarni tekshirishga qayd etilgan ishlarni amalga oshirish uchun zarur asbob-uskunalar va ruxsat beruvchi xususiyatga ega hujjatlarga ega boshqa tashkilotlarni ham jalb qilishga haqli.
Buyurtmachining shtatida texnik qurilmalar, binolar va inshootlarni tekshirish hamda texnik diagnostikadan o‘tkazish bo‘yicha mutaxassislar bo‘lganda va ularning malaka darajasi alohida ishlarni amalga oshirish imkonini berganda, buyurtmachining ushbu mutaxassislarini mazkur ishlarni bajarishga jalb etishga va ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishda bajarilgan ishlar natijalarini hisobga olishga ruxsat beriladi. Bunda ekspertiza xulosasida buyurtmachi mutaxassislari tomonidan bajarilgan ishlar turlari ko‘rsatilishi shart.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi texnik qurilmalar, binolar va inshootlarni tekshirish hamda texnik diagnostikadan o‘tkazish ishlarining sifati hamda ishonchliligi uchun ushbu ishlarni amalga oshirgan tashkilot javob beradi.
28. Ekspertizani o‘tkazishda nomuvofiqliklar va kamchiliklar aniqlangan hollarda, ekspert tashkiloti bir kun muddatda sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazishda aniqlangan nomuvofiqliklar hamda kamchiliklar to‘g‘risida ushbu Nizomga 6-ilovaga* muvofiq shaklda protokolni (keyingi o‘rinlarda protokol deb ataladi) rasmiylashtiradi.
Nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari buyurtmachi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
29. Buyurtmachi protokolni olgandan so‘ng unda ko‘rsatilgan muddatlarda choralar ko‘rishi va aniqlangan nomuvofiqliklar hamda kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirishi zarur.
Protokolda ko‘rsatilgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar buyurtmachi tomonidan ushbu Nizomga 7-ilovaga* muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga ekspert tashkilotiga yuboriladi.
30. Ekspertiza jarayonida taqdim etilgan hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilganda, aniqlangan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish imkoniyati bo‘lmaganda, buyurtmachining tashabbusi bilan uning yozma murojaati asosida ekspertizani o‘tkazish jarayoni vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.
Ekspertiza jarayoni to‘xtatilganda ekspert tashkiloti buyurtmachining yozma murojaati olingandan kundan boshlab, ikki ish kuni davomida bu haqida vakolatli organni to‘xtatish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
31. Ekspert tashkiloti buyurtmachi tomonidan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish borasida o‘tkazilgan tadbirlar, keltirilgan asoslar va xavfsiz foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni tahlil qiladi. Zarur bo‘lganda joyiga chiqib, ekspertiza obyekti qayta baholanishi, tegishli tekshiruvlar va texnik diagnostika o‘tkazilishi mumkin.
32. Salbiy ekspertiza xulosasi quyidagi hollarda bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi:
nomuvofiq nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘tkazilgan tadbirlarning natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga kelishilgan muddatlarda taqdim etilmasa;
buyurtmachi tomonidan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlari yetarlicha o‘tkazilmaganda;
buyurtmachi taqdim etgan hujjatlarda buzib ko‘rsatilgan yoki yolg‘on ma’lumotlar borligi aniqlansa;
o‘tkazilgan tekshirish va texnik diagnostikaning asoslangan salbiy natijalari olinganda;
ekspertiza obyekti sanoat xavfsizligi talablariga mos kelmasa.
Salbiy ekspertiza xulosasida aniqlangan nomuvofiqliklar va kamchiliklar asoslantirilgan holda ko‘rsatilishi shart.
33. Salbiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgan hollarda buyurtmachi salbiy ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga asos bo‘lgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etib, ekspertizani o‘tkazish uchun takroran ariza berishi mumkin.
Takroriy ekspertiza ushbu Nizomning 2-bobida ko‘rsatilgan tartibda o‘tkaziladi.
34. Ekspertiza natijalari ijobiy bo‘lganda bir ish kuni davomida ijobiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtiradi.
35. Ekspertiza xulosalari ushbu Nizomga 8-ilovada* belgilangan muddatlarda beriladi.

Download 103.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling