Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan
III. Ekspertiza xulosasini tasdiqlash
Download 103.02 Kb.
|
Sanoat xavfsizligini ekspertizasi.
III. Ekspertiza xulosasini tasdiqlash
33. Ekspert tashkiloti ijobiy ekspertiza xulosasini rasmiylashtirgandan so‘ng, o‘n kun muddat ichida ekspertiza xulosasini tasdiqlash uchun “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga taqdim etadi. Agar ko‘rsatilgan muddatning tugashi ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelsa, u holda tasdiqlash uchun taqdim qilish muddati keyingi ish kuniga qadar uzaytiriladi. Ekspertiza xulosasini belgilangan muddat davomida tasdiqlash uchun taqdim qilish fakti “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining devonxonasi tomonidan kelib tushgan kuzatuv xatiga qo‘yilgan sanadan, agar ekspertiza xulosasi pochta orqali yuborilgan bo‘lsa, aloqa bo‘linmasi tomonidan jo‘natma qabul qilingan sanadan qayd qilinadi. (33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda) 34. Ekspertiza xulosalari “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga ekspert tashkiloti rahbari tomonidan imzolangan kuzatuv xati bilan 3 ta nusxada (1 ta asli va 2 ta nusxasi) taqdim qilinadi. Kuzatuv xatida ekspertiza xulosasining hisobga olish raqami ko‘rsatilishi lozim. (34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda) 35. Kuzatuv xati va unga ilova qilingan ekspertiza xulosalari amaldagi ish yuritish tartibiga muvofiq qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi. 36. Ekspertiza xulosalarini tasdiqlash “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan ekspertiza xulosasi kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kun muddat ichida amalga oshiriladi. Agar ko‘rsatilgan muddatning tugashi ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelsa, unda ekspertiza xulosasini tasdiqlash muddati undan keyingi birinchi ish kuniga qadar uzaytiriladi. Ekspertiza xulosalarini tasdiqlash malakali mutaxassislarni yoki manfaatdor tomonlar (ekspert tashkiloti, buyurtmachi, laboratoriya va boshqalar) vakillarini jalb qilish orqali batafsil o‘rganib chiqishni talab qiladigan hollarda, ekspertiza xulosalarini tasdiqlash muddati “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i (uning o‘rinbosari) qaroriga asosan yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin. (36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda) 37. Ekspertiza xulosalarini tasdiqlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqish; b) ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilish; v) ekspertiza xulosalarini hisobga olish. 38. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasida ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqish va hisobga olishga mas’ul bo‘lgan bo‘linma va (yoki) xodimlar (keyingi o‘rinlarda mas’ul xodimlar deb yuritiladi) tayinlanadi. Ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqishda tegishli tarmoq inspeksiyalari xodimlari ishtirok etishlari shart. (38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda) 39. Ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqish ekspertiza obyektining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi: a) ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan talablarga amal qilinganligi; b) ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasiga amal qilganligi; v) ekspertizani amalga oshirishda o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tgan ekspertlarning ishtirok etganligi; g) ekspertizani amalga oshirishga qo‘yilgan talablarga amal qilinganligi; d) ekspertizani amalga oshirishda sanoat xavfsizligi sohasidagi tegishli qonun hujjatlari hamda normativ texnik hujjatlardan foydalanilganligi; e) ekspertizani amalga oshirishda tegishli sinovlar o‘tkazilganligi hamda ushbu sinovlarda zarur bo‘lgan nazorat, sinov, diagnostik jihozlar va o‘lchash vositalaridan foydalanilganligi. (39-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda) 40. Ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqishda ekspert tashkilotidan hamda buyurtmachidan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘ralishi mumkin. Zarur bo‘lgan hollarda mavjud savollarni muhokama qilish uchun manfaatdor tomonlar vakillari jalb etilishi mumkin. 41. Ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqish natijalari salbiy bo‘lganda mazkur Qoidalarning 5-ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladigan ekspertiza xulosasini tasdiqlash yuzasidan rad etish haqida qaror qabul qilinadi. Qarorda ekspertiza xulosasini tasdiqlash rad etilganligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi. 42. Ekspertiza xulosasini tasdiqlash yuzasidan rad etish haqida qaror qabul qilinganda ekspert tashkiloti ekspertiza xulosasini tasdiqlash rad etilganligining sabablarini e’tiborga olgan holda, ekspertiza xulosasini qayta ko‘rib chiqib, tasdiqlash uchun takroran taqdim etadi. Ekspertiza xulosasi tasdiqlash uchun takroran taqdim etilganda kuzatuv xatida ekspertiza xulosasini tasdiqlash yuzasidan rad etish haqida qarorning sanasi va raqami ko‘rsatilishi lozim. 43. Ekspertiza xulosalarini ko‘rib chiqish natijalari ijobiy bo‘lganda mazkur Qoidalarning 6-ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladigan ekspertiza xulosasini tasdiqlash haqida qaror qabul qilinadi. 44. Ekspertiza xulosasini tasdiqlash yoki tasdiqlash yuzasidan rad etish haqidagi qaror “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i (uning o‘rinbosari)ning imzosi va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. (44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda) 45. Ekspertiza xulosasini tasdiqlash haqida qaror qabul qilingandan keyin mas’ul xodimlar tomonidan mazkur Qoidalarning 4-ilovasi 4-paragrafi talablariga muvofiq ekspertiza xulosasini hisobga olish raqamining tegishli belgilar guruhlari to‘ldiriladi. 46. Ekspertiza xulosasini tasdiqlash yoki tasdiqlash yuzasidan rad etish haqidagi qarorning hamda ekspertiza xulosasining asli ekspertiza xulosasini tasdiqlash uchun taqdim etgan ekspert tashkilotining xodimiga tilxat orqali buyurtmachiga topshirish uchun beriladi. Agar qaror qabul qilingandan keyin uch ish kuni mobaynida qarorning hamda ekspertiza xulosasining asli ekspert tashkiloti tomonidan olinmasa, ular “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan pochta orqali ekspertiza xulosasini tasdiqlash uchun taqdim etgan ekspert tashkilotiga yuborilishi mumkin. (46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda) Download 103.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling