Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan


SANOAT XAVFSIZLIGI EKSPERTIZASINI AMALGA OSHIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA


Download 103.02 Kb.
bet16/26
Sana30.04.2023
Hajmi103.02 Kb.
#1408752
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
Sanoat xavfsizligini ekspertizasi.

SANOAT XAVFSIZLIGI EKSPERTIZASINI AMALGA OSHIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 8-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2013]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 13/YuB-1-sonli ““Sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqni, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2013-2, 22.02.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) 15-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 50-son, 496-modda) 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-sentabr,
172-son
O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009-yil 9-sentabrdagi 172-son buyrug‘iga
ILOVA
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 50-son, 496-modda) muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish tartibini hamda ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

Download 103.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling