Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan
-§. Ekspertiza xulosasini tuzilishiga talablar
Download 103.02 Kb.
|
Sanoat xavfsizligini ekspertizasi.
2-§. Ekspertiza xulosasini tuzilishiga talablar
5. Ekspertiza xulosasi quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: a) titul varaqasi; b) mundarija; v) asosiy qism; g) ekspertiza xulosasiga ilovalar. 6. Ekspertiza xulosasining titul varaqasi mazkur Talablarning 1-ilovasida keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladi. 7. Ekspertiza xulosasining mundarijasida ekspertiza xulosasining barcha bo‘limlarining nomi va tegishli sahifalarning raqamlari ko‘rsatiladi. 8. Ekspertiza xulosasining asosiy qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: a) kirish qismi (bunda ekspertizani amalga oshirish uchun asos, ekspertizani amalga oshirgan va ekspertiza xulosasini rasmiylashtirgan ekspert tashkiloti hamda ekspertlari va mutaxassislari haqidagi ma’lumotlar hamda buyurtmachi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim); b) ekspertizaning maqsadi; v) ekspertizani amalga oshirish jarayonida ko‘rib chiqilgan hujjatlar haqidagi ma’lumotlar; g) ekspertiza obyekti haqidagi ma’lumotlar (bunda ekspertiza obyektiga tegishli xavfli ishlab chiqarish obyekti hamda ekspertiza obyekti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim). Loyiha hujjatlari, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarning ekspertiza xulosalarida bu hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hamda bu hujjatlarni ishlab chiqqan tashkilot haqidagi ma’lumotlar ham keltiriladi; d) ekspertizani amalga oshirish natijalari (bunda ekspertizani amalga oshirish natijasida qabul qilingan xulosaning asoslangan sabablari ko‘rsatiladi. Shuningdek, sanoat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar ham ko‘rsatilishi mumkin); e) xulosa. 9. Ekspertiza xulosasiga ekspertizani amalga oshirish jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklar va kamchiliklar bayonnomalari hamda nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar (ular mavjud bo‘lganda), ekspertizani amalga oshirishda foydalanilgan qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlari ro‘yxati hamda o‘tkazilgan sinov natijalari ilova qilinishi lozim”; (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda) Download 103.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling