Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan
Download 103.02 Kb.
|
Sanoat xavfsizligini ekspertizasi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: akkreditatsiya attestati — akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish vakolatini tasdiqlaydigan rasmiy hujjat; buyurtmachi — sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirishga ariza bilan murojaat qilgan tashkilot; sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert (keyingi o‘rinlarda ekspert deb yuritiladi) — sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshiradigan attestatsiyadan o‘tkazilgan mutaxassis; sanoat xavfsizligi ekspertizasi (keyingi o‘rinlarda ekspertiza deb yuritiladi) — ekspertiza obyektining unga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash; xavfli ishlab chiqarish obyektida ishlatiladigan texnik qurilmalar — xavfli ishlab chiqarish obyektida ishlatiladigan jihoz, uskuna, mexanizm, agregat, asbob va shu kabilar bo‘lib, ulardan foydalanish xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya yoki noxush hodisalarga olib kelishi mumkin; ekspert tashkiloti — ekspertizani amalga oshiradigan, belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan tashkilot; ekspertiza obyektlari — xavfli ishlab chiqarish obyektidagi loyiha hujjatlari, texnika qurilmalari, binolar va inshootlar, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlar; ekspertiza xulosasi — ekspertiza obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi (muvofiq emasligi) to‘g‘risida asosli xulosalarni yoki xavfli ishlab chiqarish obyektlarining identifikatsiyalash natijalarini o‘z ichiga olgan hujjat. 2. Ushbu Qoidalarga muvofiq quyidagilarning ekspertizasi amalga oshiriladi: xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari; xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnika qurilmalari (Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida foydalaniladigan texnik qurilmalarning turlari (tiplari) mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan); xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlar; sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar. 3. Ekspertiza ekspert tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalarning, shuningdek sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Turli ekspertiza obyektlari ekspertizasini amalga oshirishda inobatga olinishi lozim bo‘lgan talablar ekspertiza obyektlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi to‘g‘risidagi nizom hamda mazkur Qoidalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan belgilanadi. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2013-1, 13.01.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 19-modda) 5. Ekspertizani amalga oshirish sifati va natijalarining haqqoniyligi, shuningdek ekspertiza natijalarini saqlash uchun javobgarlik ekspertizani o‘tkazgan ekspert tashkiloti zimmasiga yuklatiladi. 6. Ekspertiza ekspert tashkiloti bilan xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan yoki undan foydalanishni mo‘ljallayotgan tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 7. Ekspertiza xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan yoki undan foydalanishni mo‘ljallayotgan tashkilot mablag‘lari hisobidan o‘tkaziladi. 8. Ekspertizani amalga oshirish muddati ekspertiza obyektining murakkabligiga qarab belgilanadi, lekin sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlarga muvofiq zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlar turkumi olingan hamda ekspertizani amalga oshirish bo‘yicha boshqa barcha shartlar bajarilgan vaqtdan boshlab uch oydan oshmasligi kerak. Download 103.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling