Mashinalar detallarini maqbul umurboqiyligini o‘rganish mahsulotning umrboqiyligini baholash uchun ko`rsatkichlar Umrboqiylik


Mahsulotning umrboqiyligini baholash uchun ko`rsatkichlar


Download 16.98 Kb.
bet2/2
Sana08.05.2023
Hajmi16.98 Kb.
#1444205
1   2
Bog'liq
7-Мавзу

Mahsulotning umrboqiyligini baholash uchun ko`rsatkichlar
Umrboqiylik deb, mashinaning texnik ta'minlash va ta'mirlash davrigacha uzining ish qobiliyatini saqlab qolishiga aytiladi.
Saqlanishligi deganda esa jihozning saqlanishi va ko’chirish paytlaridagi holati tushuniladi
Umrboqiylik ko`rsatkichlari butun ishlatish davrida mahsulotning ish qobiliyatini yo`qotishini bаholaydi. Mahsulot elementi uchun va butun mahsulot yoki mashina uchun umrboqiylik ko`rsatkichlarini ajratish lozim.
Mahsulot elementining buzilishgacha xizmat muddati uning asosiy umrboqiylik ko`rsatkichi bo`lib hisoblanadi.
Bu asosan mahsulotning ish qobiliyatiga sezilarli ta`sir ko`rsatmaydigan detallar va uzellarga tegishlidir. Mashinasozlik mahsulotlari uchun almashtiriladigan yoki ta`mirlanadigan detalning xizmat muddati aniq belgilanganligiga har amasdan, chegaraviy holatga kelmaganligi tufayli potentsial ish qobiliyatiga ega bo`lishi o`ziga xos hol hisoblanadi.
Butun mashinaning oxirgi holati, ya`ni uni ishlatishdan to`xtatish iqtisodiy omillar, ya`ni uning ma`naviy eskirishi yoki mashinaning fizik yemirilishi bilan bog’liq xarajatlar bilan aniqlanadi.
Mashina iste`mol narxining mazkur sanoat soxasi uchun ruxsat etilgan darajadan pasayishi uning ma`naviy eskirishini keltirib chihar adi.
Mashinaning fizik yemirilishi ruxsat etilgan qiymatlardan yuqoriishonchsizlik bilan bog’liq bo`lgan xarajatlarning o`sishiga olib keladi va mashinani ishlatishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligini shart qilib qo`yadi.
Ba`zi mashinalar uchun ishlatishning kritik davomiyligi ro`y berishi mumkin bo`lib, undan boshlab mahsulotni ishlatishda mashinadagi eng qimmat uzellarning yeyilishi tufayli ta`mirlashga bo`lgan xarajatlar keskin o`sadi.
Murakkab mahsulotning umrboqiyligini baholash uchun ko`rsatkichlarning ikki kategoriyasi qo`llaniladi.
Birinchidan, bu mahsulotni asosiy texnik xarakteristikalarining (chiqish parametrlarining) ruxsat etilgan chegaralaridan chetga chiqishini tavsiflovchi ko`rsatkichlardir. Bu birinchi navbatda mahsulotning aniq ishlashi, quvvati, tezligi, FIK va boshqalarni tavsiflovchi ko`rsatkichlarga tegishlidir. Bu holda umrboqiylikning asosiy ko`rsatkichi bo`lib, Mahsulotning asosiy texnik xarakteristikalarini ruxsat etilgan chegaralardan chiqishi va mahsulotning oxirgi holatga kelishi (bunda mahsulot ni bundan buyon ishlatmaslik lozim) bilan bog’liq bo`lgan resursi (yoki xizmat muddati) hisoblanadi.
Ikkinchidan, mashinaning umrboqiyligi uning yeilgan detallarni almashtirish, sozlash, ta`mirlash vа xizmat ko`rsatishda minimal xarajatlar bilan o`zining ishchi funktsiyalarini bajarish qobiliyatini tavsiflashi kerak. Mashinani butun ishlatish davrida uning ish qobiliyatini tiklashga sarflanadigan vaqt va vositalar xarajatlari qancha kam bo`lsa, ularning umrboqiyligi shuncha yuqoribo`ladi.
Ta`mirlash va texnik xizmat ko`rsatishga sarflanadigan vaqt nafaqat ishlatish usullari va ta`mirlash texnologiyasidan, balki mahsulotning konstruktsiyasi, ta`mirlash va texnik xizmat ko`rsatish uchun uning yaroqliligidan ham bog’liq bo`ladi.
Ta`mirga yaroqlilik-bu texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlarni o`tkazish yo`li bilan mahsulotning buzilishlari va nosozliklarini aniqlash va bartaraf etishga moslashganligidan iborat bo`lgan xossalardir. Ta`mirga yaroqlilik ta`mirlarga vaqt sarfini aniqlaydi va umrboqiylikning tarkibiy qismi bo`lib hisoblanadi.
Demak, mashinaning umrboqiyligini oshirishning asosiy usuli bo`lib, ta`mirlashga sarflanadigan vaqtni qisqartirish va detallarining xizmat muddatini oshirish hisoblanadi.
Nisbiy ta`mir yo`qotishlari, mahsulotning umrboqiyligini baholashda almashtiruvchi mustaqil mezon sifatida qo`llanilishi mumkin.
quyidagilardan ko`rinib turibtiki, bu xarakteristikalarni barcha xizmat muddatlarining o`rtacha qiymatlari va ta`mir mexnat hajmining o`rtacha qiymatlari bilan hisoblash ishonchli natijani bermaydi, chunki, kapital yoki boshqa ta`mir turigacha bo`lgan resurs (yoki xizmat muddati) Tk umrboqiylik ko`rsatkichi bo`lishi mumkin, texnik foydalanish koeffitsienti esa (yoki umrboqiylik koeffitsienti) shu davrda ta`mirlash uchun ketadigan vaqt yo`qotilishini xarakterlaydi deb hisoblaydilar.
Xulosa qilib aytganda, murakkab Mahsulotning resursi yoki xizmat muddati uning buzilmasdan ishlash shartlaridan belgilanishi bilan birga, yo`qotilgan ish qobiliyatini tiklash uchun zarur bo`ladigan vaqt va vositalarning yo`qotilishini ham his obga olishi kerak.



Download 16.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling