Mashinalarni loyixalash asoslari
-rasm. Меtallar uchun tizimning erkin energiyasini xaroratga
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
materialshunoslik va kmt
2-rasm. Меtallar uchun tizimning erkin energiyasini xaroratga
bog’liqligi (1-suyuq va 2-kristall metallar uchun) Real kristallarning tuzilishi va xossalari. Real kristallarning tuzilishi ideal kristallarning tuzilishidan farq qiladi. Real kristall yacheykalarida atomlarning tartibli joylashishida nuqson (nuqson)lar mavjud bo`ladi. Bunday nuqsonlar odatda barqaror holatda bo`ladi, ya'ni ular doim harakatlanib turadilar. Metallarda bo`ladigan ko`pchilik protsesslar (masalan termik ishlashda) ana shu muqsonlar bilan bog`liq. Nuqsonlar asosan uch xil bo`ladi: nuqtaviy nuqson, chiziqli defekt, yuza (sirt) nuqsonlari. Nuqtaviy nuqsomlar. Bunday nuqsonlarga elementar yacheykaning bir tugunida atom bo`lmay qolmasligi yoki o`zga qo`shimchalar atomi elementar yacheyka atomlari orasiga joylashishga aytiladi. Nuqtaviy nuqsonlar ikkinchi xilida qo`shimcha atom bir yoki bir necha yacheyka oraligida o`rin almashtirish yoki singdirish qattiq eritmasini hosil qilishi mumkin. hamma nuqtaviy nuqsonlar kristall panjarani qiyshaytiradi, elektr qarshiligini oshiradi va ma'lum miqdorda mustahkamlikni oshiradi. Demak nuqtaviy nuqsonlar o`lchami yo`nalishida ham o`lchamlari ham kichikdir.
O`lchamlari faqat ikki yo`nalishdagina kichik bo`lgan nuqsonlarga aytiladi. Bunday nuqsonlarning eng muhimi dislokatsiyadir. Nuqtaviy nuqsonlar zanjiri ham chiziqli dislokatsiyaga kiradi. Sirt (yuza) nuqsonlar. O`lchamlari faqat bir yo`nalishda kichik bo`lgan nuqsonlarga aytiladi. Bunday nuqsonlarning kristall donachalari orasidagi chegaralar, bloklar orasidagi chegara yoki fazalar orasidagi chegara yuzalari ham yuza (sirt) nuqsonga ko`radi. Dislokatsiya deb deformatsiya natijasida chegaradagi yacheykani atomlarining o`z o`rnidan ko`chmasligiga aytiladi. Demak, dislokatsiyaning eng muhim parametri siljish vektoridir. Siljish vektori odatda Byurgers vektori ham deb ataladi. Dislokatsiya surila oladigan yoki tutilib qoladigan bo`lishi mumkin, boshqacha qilib aytganda, mukammal yoki nomukammal bo`lishi mumkin. Nomukammal diklokatsiya deformatsiyalangan paytda to`siqlik qilishi mumkin. Shuning uchun ham deormasiyaga qarshiligi ortadi.
Dislokatsiyaning o`zi chiziqli yoki burama bo`lishi mumkin. Chiziqli dislokatsiya deb, siljish vektoriga perpendikulyar bo`lgan dislokatsiyaga aytiladi. Burama dislokatsiyada atomlarning siljish yo`nalishi siljish vektoriga parallel bo`ladi. Shuni ham, aytish kerakki, dislokatsiya surilish yo`li bilan yoki diffuziya yo`li bilan ko`chishi mumkin.
Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling