Mashinasozlik fakultitet taqdimot bajardi: 60-yhte-23


Download 0.75 Mb.
bet1/3
Sana10.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1760507
  1   2   3
Bog'liq
Alijonov N. Mexanik tebranishlar va to\'lqinlar


MASHINASOZLIK FAKULTITET
TAQDIMOT
BAJARDI:60-YHTE-23
Alijonov N.
MEXANIK TEBRANISHLAR VA TO'LQINLAR
Bizga ma’lumki, biror jismning muhitdagi tеbranma harakati shu jism turgan muhitga uzatiladi. Agar tеbranish havoda bo‘lsa, o‘zining harakatini havo zarrachalariga uzatadi.
Havo zarrachalarining tеbranma harakati barcha yo‘nalishda havo bo‘ylab tarqaladi. Bu hodisa suyuqliklarda ham, qattiq jismlarda ham ro‘y bеradi. Vakuumda mexanik to‘lqinlar tarqalmaydi. Tеbranishning muhitda vaqt bo‘yicha tarqalish jarayoniga to‘lqin dеyiladi.
Umuman olganda, mexanik to‘lqinlar ikki xil bo‘ladi: bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlar.
To‘lqin tarqalayotgan muhitda zarralarning tebranish yo‘nalishi, to‘lqin tarqalish yo‘nalishi bilan bir o‘qda bo‘lsa, bunday to‘lqinga bo‘ylama to‘lqin deyiladi.
Bo‘ylama to‘lqinlar tarqalganda muhit siqilish va kengayish deformatsiyasiga uchraydi (5.8-rasm).
Suyuqlik va gazlarda bunday deformatsiya muhit zarralarining zichlashishi yoki siyraklashishi orqali bo‘ladi.
Bo‘ylama to‘lqinlar barcha muhitlar: qattiq, suyuq va gazsimon muhitlarda tarqalishi mumkin.
Bo‘ylama to‘lqinlarga misol tariqasida elastik sterjendagi to‘lqin yoki havoda tarqalgan tovushni keltirish mumkin. To‘lqin tarqalayotgan muhitda zarralarning tebranish yo‘nalishi, to‘lqin tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lsa, bunday to‘lqinga ko‘ndalang to‘lqin deyiladi.
Ko‘ndalang to‘lqinlar tarqalganda muhitning bir qatlami, ikkinchisiga nisbatan siljiydi. Bunday to‘lqinlar tarqalganda muhitda do‘nglik va chuqurliklar hosil bo‘ladi (5.9-rasm).
Qattiq jismlardan farqli ravishda, suyuqlik va gazlar qatlamlarning siljishiga nisbatan elastiklik xususiyatiga ega emas.
Shunga ko‘ra ko‘ndalang to‘lqinlar faqat qattiq jismlarda tarqala oladi.
Ko‘ndalang to‘lqinning nuqtadan nuqtaga tebranishni uzatish jarayonini batafsil qaraylik. 5.10-rasmda ko‘ndalang to‘lqinning har ¼ T vaqtdagi holati keltirilgan.
5.10-rasmda zarralarning qandaydir momentdagi holati raqamlangan sharchalar ko‘rinishida berilgan. Sharchalar bir-biriga yaqin joylashganligidan ular orasida o‘zaro ta’sir mavjud.
Agar birinchi sharchani tebranma harakatga keltirsak, ya’ni uni yuqoriga va pastga harakatlanishga majbur qilsak, sharchalar orasidagi o‘zaro ta’sir tufayli qolganlari ham uning harakatini takrorlaydi. Lekin ularning harakati oldingisiga nisbatan kechikkan (faza jihatidan siljigan) holda bo‘ladi.
Masalan, to‘rtinchi shar, birinchi shardan ¼ tebranishga orqada bo‘ladi. Yettinchi shar harakati, birinchi shardan ½ ta tebranishga, o‘ninchisi ¾ ta tebranishga orqada qoladi.
O‘n uchinchi shar birinchi shardan bitta to‘liq tebranishga orqada qoladi, ya’ni u bilan bir xil fazada tebranadi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling