Mashinasozlik mahsulotlari turlari va ularning ko‘rinishlari


Download 1.56 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1612509
Bog'liq
mashinasozlik texnalogiyassi PREZENTATSIYA

Farg`ona viloyati Farg`ona Palitexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulteti Texnalogik mashinalar va jihozlar yo`nalishi 28_20-guruh talabasi Anvarjonov Azizjonning Elektrotexnika va elektronika fanidan tayyorlagan prezentatsiya ishi

Mashinasozlik mahsulotlari turlari va ularning ko‘rinishlari

Mashinasozlik mahsulotlari turlari va ularning ko‘rinishlari.

Mashinasozlik mahsulotlari va ularga mexanik ishlov berishlar.

REJA.

Mashina detallari uchun xomashyo quyidagi ko‘rinishlardan iborat bolishi mumkin: cho‘yan, po`lat, rangli metall va plastmassalardan tayyorlangan quymalar; bolg'alangan va shtamplangan xomashyo; po`latdan sovutilgan va qizdirilgan hollarda tayy orlangan prokatlar va rangli metall-prokatlari. Xomashyoning turi uning materialiga, shakliga, Detalningng xizmat vazifasiga va mashinalarda yigilgan holda ishlash sharoitlariga bogliq bo`ladi. Shakldor detallar ishlash jarayonida cho‘zilish va egilish ta’sirida bo`lmasa odatda cho‘yanlardan tayyorlanadi.

Bolg‘alash yordamida egilishga, cho‘zilishga buralishga ishlovchi va ko‘ndalang kesimi bo‘yicha o`lchamlardan farqi bo`lgan metallarning xomashyolari tayyorlanadi. Bolg'a bilan katta o`lchamli detallar uchun donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida yoki boshqa hollarda kichik detallar uchun xomashyo tayyorlanadi. Shtamplangan xomashyo shtamplash mashinalarida olinadi. Shtamplangan metallning strukturasi bir xilligi bilan ajralib turadi. Shatmplangan xomashyoning shakli detal shakliga ham yaqin bo`lib, ayrim hollarda mexanik ishlov berilmayd (detallaming ayrim yuzalari nazarda tutilmoqda).

Bu navbatda metall sarfini kamaytiradi. Shtamplash jarayonining ish unumdorligi bolg‘alashga nisbatan ancha yuqori. Shtamplash yoki bilan seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida qo‘l keladi. Aylana, kvadrat, olti burchakli prokatlardan tayyorlangan xomashyo o‘z shakli bo'yicha yuqoridagi ko‘rinishlarga yaqin bo`lgan detallar tayyorlashda qo`llaniladi.

Mexanik ishlov berish natijasida hosil bo`lgan g‘adir- budirlik deganda, nisbatan kichik qadamlarda takrorlanuvchi va yuza relyefini hosil qiluvchi notekisliklar yig`indisi tushuniladi Bu g‘adir-budirlik bazaviy uzunlik doirasida baholanib, uzunlikni kattaligi yuzani turiga bog`liq

Profilograf ham yuzani silab o‘tishga asoslangan bu holda ham olmos ignadan foydalaniladi. Bu asbob optik-mexanik asbobdir. Optik qurilma yordamida yuza profili fotolentaga yoziladi. Bu yozish jaryoni kattalashtirilgan holda bajarilib gorizontal vo‘nalishdagi kattalashtirilgan nisbatan vertikal yo‘nalishdagi yuqori boiadi. Xuddi shular kabi ikki okulyarli mikroskoplardan ham foydalaniladi. Agar profilometr 0,03 mkm dan 12 mkm gacha g‘adir- budirlikni baholay oladi.

«Partiya» tushunchasi detallar soniga, «seriya» tushunchasi esa bir vaqtda ishlab chiqarishga tushiriladigan mashinalar soniga tegishlidir. Partiyadagi detallar soni va seriyadagi mashinalar soni turlicha bolishi mumkin. Seriyali ishlab chiqarishda seriyadagi mahsulotlar soni, ularni tasnifi va mehnat sarfi, yil davomida seriyada qaytalanishiga bogliq holda kichik seriyali, orta seriyali va yirik seriyali ishlab chiqarishlarni ajratadilar. Bunday bolinish mashinasozlikni turli tarmoqlari uchun shartlidir: seriyadagi mashinalarni soni bir bolganda, ammo turli olchamli, ishlab chiqarishni murakkabligi, mehnat sarfiga qarab turli ishlab chiqarishlarga kiritish mumkin.

Mashinasozlikda talab etilgan aniqlik va sifat ko‘rsatgichlariga javob beradigan detallarni tayyorlash xomashyodan ma’lum bir kattalikdagi metall qatlami~qo‘ymim kesuvchi asboblar yordamida kesib olib tashlash usullari yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib qo‘yim - bu xomashyoga mexanik ishlov berish jaroyonida talab etilgan o`lchamlarini ularni chetlanishlar doirasida va yuza g‘adir-budirligini ta’minlash maqsadida tashlanadigan metall qatlami.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati :

1. A.Y.Omirov, A.X.Qayumov., “Mashinasozlik texnologiyasi” Toshkent-“O’zbekiston” 2013

2. www.Ziyonet.uz va www.ilm.uz

3. A.M. Kucher, M.M Kivatitskiy, A.A. Pokrovskiy “ Metallorejushie stanki” M. “Mashinostroeniye” 1972 yil.

E`tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling