Mashinasozlik tenologiyasi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6511 uzsmart.uz
1. Umumiy qisim.
1.1 Vagon oldi karkazi AO 2012010100 ni payvandlash shakli o‘lchamlari, materiali, unga qo‘yilgan talablar. Menga berilgan konstruksiya vagon oldi karkazi xisoblanib unga bo‘lgan talab katta bo‘lmagani uchun seriyalab ishlab chiqarilmaydi. Buyurtma asosida donalab ishlab chiqariladi. Mening konstruksiyam Mexanika zavodida ishlab chiqariladigan Vagon oldi karkazi AO 2012010100 ni payvandlash bo‘lib, u asosan katta darvozali eshiklar uchun va seyflar uchun ishlatiladi. Uning asosiy vazifasi kalit va kluch ro‘lini bajaradi. Konstruksiyaning umumiy o‘lchamlari 300x250 mm bo‘lib bir qancha detallardan yig‘ilgan bo‘ladi. Bular vint, vagon oldi karkazi (tugma), vstavka (joylashtirish), rukayatka (bosib olmoq)lar xisoblanadi. Vint 70x70 mm bo‘ladi, vstavka 56x30 mm bo‘ladi, vtulka 40x48mm bo‘ladi. Vagon oldi karkazi detallari turli xil po‘lat markalaridan tayyorlanadi. Vint po‘lat 45 markali po‘latdan tayyorlanadi. Vstavka po‘lat 3 po‘latidan tayyorlanadi. Vstavka esa po‘lat 10 po‘latidan tayyorlanadi. Detallarning o‘z vazifasiga qarab material turi ham o‘zgaradi. CHunki materiallar detallarning bajaradigan ishiga ko‘ra uning xususiyatidan keilib chiqib tanlanadi. Vagon oldi karkazi konstruksiyasi uchun ishlatiladigan materiallarning barchasi po‘lat materiali xisoblanadi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra po‘lat uglerodli va legirlangan bo‘ladi. Uglerodli po‘lat kam uglerodli (uglerod miqdori, 0,25% gacha), o‘rtacha uglerodli (uglerod mikdori 0,25 dan 0,45% gacha) va ko‘p uglerodli (uglerod miqdori 0,45 dan 2,14% gacha) bo‘ladi. Tarkibida ugleroddan tashqari legirlovchi elementlar (xrom, nikel, volfram, vanadiy va boshqalar) bo‘lgan po‘lat legirlangan po‘lat deyiladi. Legirlangan po‘latlar kam legirlangan (ugleroddan tashqari legirlovchi komponentlar yig‘indisi 2,5% dan kam); o‘rtacha legirlangan (ugleroddan tashqari legirlovchi komponentlar yig‘indisi 2,5 dan 10% gacha), ko‘p legirlangan (ugleroddan tashqari legirlovchi komponentlar yig‘indisi 10% dan ortiq) bo‘ladi. Mikrostrukturalariga ko‘ra po‘lat perlitli, martensitli, austentli, ferrit va karbidli sinfga bo‘linadi. Ishlab chiqarish usuliga ko‘ra po‘latlar quyidagilarga bo‘linadi: a) oddiy sifatli (uglerod miqdori 0,45% gacha), qaynaydigan, chala qaynaydigan va qaynamaydigan po‘latlar. Qaynaydigan po‘latni metallni kremniy yordamida ma’lum darajada oksidsizlash yo‘li bilan olinadi, bu po‘latda 0,05% gacha kremniy bo‘ladi. Qaynamaydigan po‘latda 0,12% kremniy bo‘lib, u bir jinsli bo‘ladi. CHala qaynaydigan po‘latning tuzilishi qaynaydigan va qaynamaydigan po‘latlar oraligida bo‘lib, unda 0,05–0,12% kremniy bo‘ladi; b) sifatli po‘lat — uglerodli yoki legirlangan, bularda oltingugurt va fosfor miqdori 0,04% dan ortmasligi kerak; d) yuqori sifatli po‘lat — uglerodli yoki legirlangan, ularda oltingugurt va fosfor miqdori mos ravishda 0,030 va 0,035% dan oshmasligi kerak. Bunday po‘latlarda metallmas aralashmalar juda kam bo‘ladi va markasi belgisiga A harfi qo‘shib qo‘yiladi. Vazifasiga ko‘ra po‘latlar konstruksion (mashinasozlik), asbobsozlik, qurilish va alohida fizik xossali po‘latlarga bo‘linadi. Misol uchun vintga St 45 po‘lati tanlangan, chunki St 45 po‘latida uglerod miqdori katta bo‘ladi va yiyilishga chidamlidir. Payvandlanuvchanligining pastligi halal bermaydi. Vtulka esa payvandlanuvchanligi yuqori bo‘lgan, elastiklik xususiyati kuchli bo‘lagan po‘lat 3 po‘latidan tayyorlanadi. quloqcha esa po‘lat 10 polatidan tayyorlanadi. Bunda payvandlanuvchanlik ham uglerod miqdori ham meyyorda bo‘ladi. Vagon oldi karkazi konstruksiyasiga qo‘yilgan talablar quyidagicha: kelayotgan harakatni bir tekisda etkazib berish, talab etlgan tezlikda va kuchlanishda bir tekis ishlash, uzoq muddat davomida yiyilishlarsiz ishlashi va sinmasligi va boshqa talablarni keltirishimiz mumkun. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra po‘lat uglerodli va legirlangan bo‘ladi. Uglerodli po‘lat kam uglerodli (tarkibida 0,25% uglerod bo‘lgan), o‘rta uglerodli (tarkibida 0,25% dan 0,45% gacha) va yuqori uglerodli (tarkibida 0,45% dan 2,14% gacha) bo‘lgan turlarga bo‘linadi. Tarkibida ugleroddan tashqari legirlovchi komponentlar (xrom, nikel, volfram, vanadiy va h.) bo‘lgan po‘lat legirlangan deb ataladi. Legirlangan po‘lat: (tarkibida ugleroddan tashqari, legirlovchi komponentlar 2,5%gacha) past legirlangan; (tarkibida ugleroddan tashqari, legirlovchi komponentlar 2,5% dan 10% gacha bo‘lgan) o‘rta legirlangan; (tarkibida ugleroddan tashqari, legirlovchi komponentlar 10% dan ko‘p bo‘lgan) yuqori legirlangan bo‘ladi. Ishlab chiqarish usuli bo‘yicha po‘lat: a) Oddiy sifatli (tarkibida uglerod 0,45% gacha bo‘ladi) qaynovchi, yarim tinch va tinch bo‘ladi. Qaynovchi po‘latni metalli kremniy bilan to‘liqsiz erish bilan olinadi, u tarkibida 0,05% gacha kremniyga ega bo‘ladi. Tinch po‘lat bir xil zich ko‘rinishga ega bo‘ladi va 0,12% dan kam bo‘lmagan kremniyga ega bo‘ladi. YArim tinch po‘lat qaynovchi va tinch po‘latlar orasidagi oraliq holatga ega bo‘lib, tarkibida 0,05-0,12% kremniy saqlaydi. b) Sifatli - tarkibida oltingugurt va fosfor 0,04% dan oshmaydigan uglerodli yoki legirlangan bo‘ladi; d) YUqori sifatli- tarkibida oltingugurt va fosfor 0,030 va 0,035% oshmaydigan uglerodli yoki legirlangan bo‘ladi. Bunday po‘lat nometall qo‘shimchalar bo‘yicha yuqori tozalikka ega bo‘ladi va A harfi bilan belgilanadi. Ishlatiladigan sohasi bo‘yicha po‘latlar konstruksion (mashinasozlikka mo‘ljallangan), asbobsozlik, qurilish va maxsus fizik xossalarga ega bo‘lgan po‘latlarga ajratiladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling