Mashinasozlik tenologiyasi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6511 uzsmart.uz
3.1
vagon oldi karkazi payvand konstruksiyasini yig‘ish va payvandlash moslamasini loyihalash . Payvand konstruksiyalarni yaratish haqidagi fan mashinalar, apparatlar, qurilish konstruksiyalari bosh sistemalari va tuzilishining to‘g‘ri loyihalanishini o‘z ichiga oladi, loyihalash esa o‘z navbatida mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Payvand konstruksiyalarni loyihalashda progressiv texnikani ta’minlovchi tajribadan foydalanish, tipik konstruksiyalarni qo‘llash katta ahamiyatga ega. Payvand konst- ruksiyalarni yaratish birinchi o‘rinda metalni to‘g‘ri tanlanishini talab etadi, bu esa payvandlash jarayonlarini texnologiyaga mosligini va loyihalanayotgan konstruksiyaning metall sig‘imini ta’minlaydi. Bunday talablar har xil xossalarga ega materiallar: po‘lat, rangli metall, qotishma, keramika, polimer materiallardan foydalanishni taqozo etadi. Payvand birikmalarni loyihalashda payvandlanuvchi materiallarni texnologik mustahkamligini hisobga olish zarur: bular qatoriga payvandlashda darzlarga qarshilik, eksplutatsion mustahkamlik, o‘zgaruvchan yuklanishlarda kuchlanishlar to‘planishiga sezgirlik, qovushqoqlik, zarbga qarshilik kabi xossalar kiradi. Payvand konstruksiyalarni loyihalashda payvandlash texnologik jarayonlarini to‘g‘ri tayinlash, yoyli va kontaktli payvandlash bilan birga elektron nur, lazer, diffuziya, ultratovush yordamida payvandlash usullaridan keng foydalanish, loyihalanayotgan konstruksiyani sinash va nazorat qilishning golografik usullarini qo‘llash zarur hisoblanadi. Payvandlashning eng sodda usullari qadim zamonlardan ishlab chiqarishda qo‘llanilib kelingan. Metallarni biriktirish bronza asrida vujudga kelgan. Payvandlash usullari bu vaqt davomida juda sekin rivojlangan, shuning uchun payvandlash usullari va qo‘llaniladigan jihozlarning o‘zgarishini ko‘rish qiyin. 1802-yilda rus olimi akademik V.V. Petrov elektr yoyini ixtiro qiladi va yoy yordamida metallarni qizdirish va suyuqlantirish mumkinligini isbotlaydi. 1882-yilda rus muhandisi N.N. Benardos erimaydigan ko‘mir elektrodi bilan elektr yoyli payvandlash usulini ixtiro qildi. 1888-1890 yillarda rus muhandisi N.G. Slavyanov esa eriydigan metall elektrod yordamida payvandlash usulini taklif qildi. Bu usullar hozirgi zamonda metallarni payvandlashda asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling