Mundarija I. Kirish ii-bob. Nazariy qism


Download 429.46 Kb.
bet1/5
Sana09.06.2023
Hajmi429.46 Kb.
#1468112
  1   2   3   4   5

MUNDARIJA


I.Kirish…………………………………………………...……………………………………4
II-BOB. NAZARIY QISM.
2.1. Gaz bilan payvandlash texnikasi…………………………………..……………………6
2.2. Gaz bilan payvandlashning maxsus turlari………………...………………………....10
2.2. Chap va o‘ng usulda payvandlash…………...……………………………….…..……14
III-BOB. TEXNOLOGIK QISM
3.1. Gaz bilan ko‘p qatlamlab payvandlash.……………...……………………….…..……14
3.2. Oksidlantiruvchi alanga bilan payvandlash…………………………...……….…….17
3.3. Propan-butan kislorod alangasi bilan payvandlash. …………………………..…….17


IV-BOB. MEHNAT MUHOFAZASI
4.1. Mehnat muhofazasi …………………………………..…...……………………………21
V. XULOSA………..…………………………………………………..…………………….24
VI. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………...……………….……………..…...26
VII. ILOVALAR………………………………………………………….…………………27


  1. KIRISH

Eramizdan 8-7 ming yil oldin eng sodda payvandlash usullari mavjud bo‘lib, asosan mis buyumlar payvandlanar edi. Bunda mis avval qizdirilib, so‘ng bosim bilan payvandlanar edi. Mis, bronza, qo‘rg‘oshin kabi metallardan buyumlar tayyorlashda o‘ziga xos quyma payvandlash bilan bajarilar edi. Birikadigan detallar qoliplanib, qizdirilar va tutashadigan joyiga oldindan tayyorlangan erigan metall quyilar edi. Temir va uning qotishmalaridan buyumlarni tayyorlashda temirchilik o‘chog‘ida «payvand tobi» darajasigacha qizdirib, so‘ng toblash natijasida buyumlar tayyorlanardi. Bu usul temirchilik o‘chog‘ida payvandlash deb nom olgan edi. Payvandlash usullari juda sekin rivojlangan, shuning uchun ko‘pgina payvandlash jihozlari, qurilmalari va texnik usullari o‘zgarishi yuz yillar davomida sezilarli darajada o‘zgarmagan.
Fransuz olimi Anri Lui Le Shatelye gaz aralashmalarini yonishini tadqiqot qilish natijasida gaz yordamida payvandlashni ishlab chiqdi. 1895-yilda u Fransiya Fanlar Akademiyasiga atsetilen va kislorod aralashmasi yordamida yuqori haroratli alanga hosil qilish haqida hisobot berdi. XX asr boshlarida birinchi marta yonuvchi gazlami kislorod aralashmasida payvandlash uchun qo'llab ko‘rdi. Birinchi atsetilen-kislorod gorelkasi konstruksiyasini Edmon Fushe ishlab chiqdi va unga Germaniyada 1903-yilda patent oldi. 1904-yilda Fransiyada kesish uchun atsetilen-kislorod gorelkasini qo'llashni sinab ko‘rishdi. Birinchi bo‘lib gaz yordamida payvandlash 1906-yilda Moskva texnika bilim yurtida amalga oshirildi. 1911-yildan boshlab Rossiyada avtogen ishi rivojlanishi asoschisi sifatida Peterburgdagi «Perun» zavodi hisoblanadi, bu zavodda gaz payvandlash va kesish uchun apparatura tayyorlanib, birinchi gaz payvandchilar o‘qitilishi boshlangan edi. Elektr yoyi yordamida payvandlash mexanizatsiyasi, avtomatizatsiyasi jarayonlari sohasida asosiy xizmatlar ukrainalik olim akademik Patonga tegishli. Ikkinchi jahon urushi davrida flyus ostida avtomatik payvandlash mudofaa zavodlarida tank va artilleriya qurollarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Sanoatning jadal rivojlanishi va texnikaning hamma sohalaridagi metallami payvandlashda: termit aralashmalar, elektron nur, lazer, yuqori haroratli plazma, ultratovush va boshqa yangi effektiv payvandlash usullari qo‘llaniladi.
Hozirgi davrda texnikaning rivojlanish tendensiyasi shuni ko‘rsatmoqdaki, Vatanimizda mavjud payvandlash texnika va texnologiyalar bilan cheklanib qolmasdan, balki soha bo‘yicha rivojlangan davlatlar, jumladan, AQSH, Angliya va Yevropa davlatlarida payvandlash yo‘nalishi bo‘yicha erishilgan yutuqlar bilan tanishib, ulami tahlil qilish va imkon qadar amaliyotga joriy etish talab
etiladi.

Download 429.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling