Mundarija I. Kirish ii-bob. Nazariy qism
Turli fazoviy holatlarda choklarni payvandlash
Download 429.46 Kb.
|
5. Turli fazoviy holatlarda choklarni payvandlash
afzalliklari Gorizontal choklar chap usulda payvandlanadi (6-a rasm). Lekin payvandlash jarayoni sim uchini vanna ustida, mundshtukni esa vanna ostida tutib, o‘ngdan chapga surib bajariladi. Payvandlash vannasi chok o‘qiga nisbatan maMum burchak ostida joylashtiriladi. Bunda chok hosil qilish osonlashadi, vanna metalli esa oqmaydigan bo‘ladi. Vertikal va qiya choklar chap usulda pastdan yuqoriga qarab payvandlanadi (6~b rasm). Metall 5 mm dan qalin bo‘lganida chok ikki qatlamli qilib payvandlanadi 2.5.6-rasm. Har xil choklarni payvandlash xususiyatlari: a - gorizontal; b - vertikal va qiya; d - ship; e va f – chetlarini qayirib. Ship choklarni payvandlashda (6-d rasm), chetlari eriy boshlagunga qadar qizdiriladi va shu vaqtda vannaga eritiladigan sim kiritiladi. Simning uchi tezda eriydi. Vanna metallining pastga oqib tushishiga sim hamda alanga gazlarining bosimi yordamida yo‘l qo‘yilmaydi. Sim payvandlanayotgan metallga kichikroq burchak ostida tutib turiladi. 0‘ng usulda payvandlanadi. Bir necha o‘tishda payvandlanadigan ko‘p qatlamli choklarni ishlatish tavsiya etiladi. Bunday choklarning har qaysisi mumkin qadar yupqa bo‘lishi kerak. Qalinligi 3mm dan ingichka bo‘lgan metallar eritib qo‘shiladigan metallsiz chetlarini qayirib payvandlanadi. Bunda mundshtuk spiralga o‘xshash (6-e rasm) yoki ilon iziga o‘xshash (6-f rasm) tebratiladi. Download 429.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling