Mundarija I. Kirish ii-bob. Nazariy qism
Chap va o‘ng usulda payvandlash
Download 429.46 Kb.
|
2. Chap va o‘ng usulda payvandlash.
Chap usulda payvandlash (3-a rasm) - bu usul eng ko‘p tarqalgan usuldir. Undan yupqa va oson eriydigan metallarni payvandlashda foydalaniladi. Gorelka chapdan o‘ngga, eritib qo‘shiladigan sim esa chokning payvandlanmagan hududiga yo‘naltiriladigan alanga oldida suriladi. 3-a rasmda pastda chap usulda payvandlashda mundshtuk va simni harakatlantirish sxemasi ko‘rsatilgan. Chap usulda payvandlashda alanga quwati metall (po‘lat) ning har 1mm qalinligiga soatiga 100 dan tortib 130 dm3 gacha atsetilen sarfmi tashkil etadi 3-rasm. Payvandlash usullari: a - chap usulda; b - o ‘ng usulda; 1 - payvandlash; 2 - mundshtukva simni harakatlanish sxemasi; 3 — mundshtuk va simni egilish burchagi. Chap usulda payvandlashda payvand birikma chokining balandligi va eni ancha tekis chiqadi, 5mm gacha qalinlikdagi listlarni payvandlashda unumdorlik nihoyatda yuqori va narxi arzon bo‘ladi. Bundan tashqari, chap usulda payvandlash osonroq bajariladi va payvandchining katta malakaga ega bo‘lishi talab qilinmaydi. Chap usulda payvandlashda o‘ng usulga nisbatan payvandlash tezligi buyumning issiqlik yutishi (issiqlikning yo‘qolishi) o‘zgarmaguncha oshirish mumkin, bunga faqat yupqa listlami payvandlashda erishish mumkin. Listlar qalinligi 5 mm dan ortiq bo‘lganda - chap usulda payvandlash tezligi o‘ng usulda payvandlash tezligidan kichik bo‘ladi. 0‘ng usulda payvandlash (3-b rasm). Gorelka chapdan o‘ngga, eritib qo‘shiladigan sim esa gorelka ortidan suriladi. Alanga simning uchiga hamda chokning payvandlangan hududiga yo‘naltiriladi. Mundshtuk ko‘ndalangiga chap usulda payvandlashdagiga nisbatan kamroq tebrantiriladi. Qalinligi 8 mm dan kam bo‘lgan metallni payvandlashda mundshtuk ko‘ndalangiga tebratilmasdan chok o‘qi bo‘ylab suriladi. Simning uchi payvandlash vannasiga tiqib turiladi va u bilan suyuq metall aralashtiriladi. Bunda oksidlar va shlaklaming chiqib ketishi osonlashadi. Alanga issig‘i kamroq tarqaladi va undan chap usulda payvandlashga qaraganda yaxshiroq foydalaniladi. Shuning uchun ham o ‘ng usulda payvandlashda chokning ochish burchagi 90° emas, balki 60 - 70° bo‘lishi mumkin. Shunda, eritib qoplaydigan metall miqdori, sim sarfi va chok metaliini cho‘kishidan buyumning toblanishi kamayadi. 0‘ng usulda payvandlashdan qalinligi 3 mm dan ortiq metallni, shuningdek, issiqni nihoyatda yaxshi o‘tkazadigan metall, masalan, qizil misni uning chetlarini ishlab birlashtirishda foydalanish ma’qul. 0‘ng usulda payvandlashda chok sifati chap usulda payvandlashga qaraganda yaxshi chiqadi. Chunki erigan metallni alanga yaxshi muhofazalaydi. Alanga bir yo‘la eritib qoplangan metallni bo‘shatadi va uning sovishini sekinlashtiradi. Issiqdan yaxshiroq foydalanilishi sababli juda qalin metallarni o‘ng usulda payvandlash iqtisodiy jihatdan ancha tejamli bo‘lib, chap usulda payvandlashga nisbatan unumliroqdir, ya’ni o‘ng usulda payvandlash tezligi 10-20% ortiq bo‘lib, gazlar 10-15% tejaladi. 0‘ng usulda payvandlashda qalinligi 6mm gacha bo‘lgan po‘latni uning chetlarini qiyalab ishlamasdan, orqa tomonidan payvandlamasdan, to‘la payvandlab biriktiriladi. 0‘ng usulda payvandlashda alanga quwati metall (po‘lat) ning 1mm qalinligiga soatiga 120 dan tortib 150 dm3 gacha atsetilen sarfini tashkil etadi. Mundshtuk payvandlanadigan metallga kamida 45° burchak ostida qiyalashtirilishi kerak. 0‘ng usulda payvandlashda sim diametri payvandlanadigan metall qalinligining yarmiga teng bo‘lgan sim ishlatish tavsiya etiladi: d = s/2, mm. Chap usulda payvandlashda sim diametri o‘ng usulda payvandlashda ishlatiladigan sim diametridan 1mm katta simdan foydalaniladi: d - s/2 +1, mm. Gaz bilan payvandlashda sim diametri 6-8 mm dan qalini ishlatilmaydi. Download 429.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling