Mundarija I. Kirish ii-bob. Nazariy qism
Gaz bilan payvandlash texnikasi
Download 429.46 Kb.
|
1. Gaz bilan payvandlash texnikasi.
Pastki, gorizontal, vertikal va ship choklarini gaz bilan payvandlash mumkin. Ayniqsa, ship choklarini payvandlash qiyin. Chunki bunday choklarini payvandlashda payvandchi alanga gazlari bosimidan foydalanib, suyuq metallni chok uzra tutib turishi va taqsimlay bilishi kerak. Ko‘pincha, uchma-uch tutashtiriladigan birikmalar, kamdan-kam hollarda esa burchak birikmalar gaz bilan payvandlanadi. Uchlari ustma-ust qo‘yilgan va tavr shaklidagi birikmalarni gaz bilan payvandlash tavsiya etilmaydi. Chunki bunday birikmalar metallni juda tez va yaxshilab qizdirishni talab etadi hamda buyumning tob tashlashiga sabab bo‘ladi. Chetlari qayrilgan yupqa metall birikmalar eritib qo‘shiladigan simlarsiz payvandlanadi. Uzluksiz va uzuq, shuningdek, bir qatlamli hamda ko‘p qatlamli choklar ishlatiladi. Payvandlashdan oldin payvandlanadigan joy moy, bo‘yoq, zang, kuyindi, nam va boshqa ortiqcha qo‘shilmalardan yaxshilab tozalanadi. 1-rasm. Gorelka mundshtugining egilish burchagini erish chuqurligiga ta’siri: a — kichik burchak ostida payvandlash, b – katta burchak ostida payvandlash. 1-jadvalda uglerodli po‘latlarni gaz bilan uchma-uch payvandlashda metall chetlarini tayyorlanishi ko‘rsatilgan. Gorelka alangasi payvandlanadigan metallga shunday yo‘naltiriladiki, uning chetlari yadro uchidan 2-6 mm masofadagi tiklash zonasida bolsin. Erigan metallga yadro uchini tekkizib bo‘lmaydi. Aks holda vanna metalli uglerodlashib qoladi. Eritib qo‘shiladigan simning uchi ham tiklash zonasida bo‘lishi yoki erigan metall vannasi ichiga botirilishi kerak. Alanga yadrosining uchi yo‘naltirilgan joyda suyuq metall gazlar bosimi ostida bir oz atrofga sochilib, payvandlash vannasida chuqurcha hosil qiladi. Gaz bilan payvandlashda metallning qizish tezligini mundshtukni metall sirtiga nisbatanqiyalik burchagini o‘zgartirib rostlash mumkin (1-rasm). 1-jadval Gaz bilan uchma-uch qilib payvandlashda .qirralarni tayyorlash Qiyalik burchagi qanchalik katta bolsa, alangadan metallga shunchalik: ko‘p issiq o‘tadi va u shunchalik tez qiziydi. Juda qalin yoki issiqni yaxshi o‘tkazadigan metall (masalan, qizil mis)ni payvandlash mundshtukni qiyalik burchagi a yupqa yoki issiqni kam o‘tkazadigan metallni payvandlashga qaraganda kamroq olinadi. 2-a rasmda turli qalinlikdagi po‘latni chap usulda payvandlashda tavsiya etiladigan qiyalatish burchaklari ko‘rsatilgan. Gorelka alangasi payvandlanadigan metallga shunday yo‘naltiriladiki, uning chetlari yadro uchidan 2-6 mm masofadagi tiklash zonasida bolsin. Erigan metallga yadro uchini tekkizib bo‘lmaydi. Aks holda vanna metalli uglerodlashib qoladi. Eritib qo‘shiladigan simning uchi ham tiklash zonasida bo‘ lishi yoki erigan metall vannasi ichiga botirilishi kerak. Alanga yadrosining uchi yo‘naltirilgan joyda suyuq metall gazlar bosimi ostida bir oz atrofga sochilib, payvandlash vannasida chuqurcha hosil qiladi. Gaz bilan payvandlashda metallning qizish tezligini mundshtukni metall sirtiga nisbatan qiyalik burchagini o‘zgartirib rostlash mumkin (1-rasm). 2-jadval Gaz bilan uchma-uch qilib payvandlashda .qirralarni tayyorlash Qiyalik burchagi qanchalik katta bolsa, alangadan metallga shunchalik: ko‘p issiq o‘tadi va u shunchalik tez qiziydi. Juda qalin yoki issiqni yaxshi o‘tkazadigan metall (masalan, qizil mis)ni payvandlash mundshtukni qiyalik burchagi a yupqa yoki issiqni kam o‘tkazadigan metallni payvandlashga qaraganda kamroq olinadi. 2-a rasmda turli qalinlikdagi po‘latni chap usulda payvandlashda tavsiya etiladigan qiyalatish burchaklari ko‘rsatilgan. 2-rasm. Gaz bilan payvandlashda mundshtukni qiyalatishburchaklari (a) va surish usullari (b). 2-b rasmda mundshtukni chok bo‘ylab surish usullari ko‘rsatilgan. Mundshtukni chok uzra surish asosiy harakat hisoblanadi. Ko‘ndalangiga va aylanma harakatlar yordamchi harakat bo‘lib, metall qirralarini qizdirish va eritish tezliklarini rostlash uchun mo‘ljallangan hamda zarur shakldagi payvand chok hosil qilishga yordam beradi. 1- usul (2-b rasmga qarang) yupqa metallni payvandlashda, 2 va 3 - usullar esa o‘rtacha qalinlikdagi metallni payvandlashda qollaniladi. Payvandlash vaqtida vanna metalli alanga tiklash zonasining gazlari yordamida atrofdagi havodan doimo muhofazalangan bolishiga harakat qilish zarur. Shu sababli alanga o‘qtin-o‘qtin chetga tortib turiladigan 4-usuldan foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bunda metall havodagi kisloroddan oksidlanib qolishi mumkin. Download 429.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling