Mashinasozlik texnalogiyasi
Ishlab chiqarish turini aniqlash
Download 334.35 Kb.
|
AICHJA ALI
2.3 Ishlab chiqarish turini aniqlash
Xar bir mashinasozlik korxonasi bir yil davomida ishlab chiqarishga kerak bo’lgan maxsulot va zaxira qismlarining ma’lumotiga ega. Bu ma’lumot ishlab chiqarish dasturi deb ataladi va unda ma’lumotni turi, soni, o’lchami va materiali to’g’risida xam yetarlicha axborot bor. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish dasturiga asosan sexlar bo’yicha ishlab chiqarish dasturi tuzuladi. Xar bir maxsulot umumiy ko’rinishining chizmasi, detallarning ishchi chizmasi, yig’uv chizma, spessifikatsiyalar va texnik talablar bilan boyitiladi. Ishlab chiqarish dasturining xajmi, maxsulot tasnifi, jarayonning texnik va iqtisodiy shartlariga asosan shartli ravishda uchta ishlab chiqarish turi mavjud: 1-Donali, 2-Seriyali, 3-Yalpi. Xar bir ishlab chiqarish turi o’ziga xos tashkiliy shaklga ega. Shuni aytish kerakki, bitta korxonada xar xil ishlab chiqarish turlari bo’lishi mumkun. Ishlab chiqarish turi va unga to’g’ri keladigon ishni tashkil qilish shakli texnalogik jarayonni tasnifini xamda uning tuzulishini aniqlaydi. Shuning uchun xam ishlab chiqarish turini aniqlash detalga mexanik ishlov berish texnalogik jarayonni loyixalashni boshlang’ich asosiy bosqichidir. Ishlab chiqarish turini jadvallar usuli bilan aniqlanganda detalning og’irligi va yillik ishlab chiqarish dasturi talab qilinadi. Bunda N=265000 dona va 2200 gr bo’lganda (2-jadval,186-bet) ishlab chiqarish turi yalpi deb atashimiz mumkin. Berilgan yillik dasturga asosan ishlab chiqarish qadamini quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi. tb= bu yerda: Fg= 4029 soat - dastgohlarni bir yillik xaqiqiy ishlash vaqti fondi N= 265000 dona – yillik ishlab chiqarish dasturi. Bo’limdagi ish tartibi 2 smenali. Yirik seriyali ishlab chiqarish turida detallarni partiyalarga bo’lib ishlov berish sababli partiyadagi detallar sonini xisoblab topish talab qilinadi. n= bu yerda: a=3,6,12,24 kun – partiyadagi detallarni ishlov berishga kiritilish davri: F=254 kun – bir yildagi ishchi kunlar soni. Download 334.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling