Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mashinasozlik texnologiyasi
Yig’ish aniqligiga etishishning asosiy usullari
Download 0.87 Mb.
|
Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyas
3. Yig’ish aniqligiga etishishning asosiy usullari
Biz yuqorida bayon еtganimizdek qism va mashinlarning sifatli yig’ilishi, ularning detallariga tayinlangan dopusk miqdorlariga, qism va mashinalarni yig’ishda ularning aniqligini ta’minlovchi usullarga bog’liq. Qism va mashinalarni yig’ish aniqligiga еrishishninig beshta usuli mavjud: Tо’la о’zoroalmashinuv usuli. Tо’lamas о’zoroalmashinuv usuli. Guruhlab о’zoraalmashinuv usuli. Rostlash usuli. Keltirish (moslashtirish) usuli. 1.Yig’ish amallarida berilgan aniqlikka еrishish usullari sezilarli darajada butunlay buyumni puxtaligini aniqlaydi. Ommaviy va seriyalab ishlab chiqarishlarda tо’la о’zaroalmashinuvni ta’minlash bilan yig’ish usuli keng tarqalgan. Bu erda sifatli birikmani, yig’ilma birlikka kiruvchi har qanday detallar hosil qiladi. Detallar moslashtirilmaydi. Birlashtiriluvchi detallarga dopusklarni konstruktor о’rnatadi, ammo о’zaroalmashishi amalga oshishi mumkin, agar bu dopusklar texnologik dopusklarga teng yoki katta bо’lsa. Yig’ilma birlikni о’lchamlar zanjirida detallar soni qancha kо’p bо’lsa, har bir detal dopuski shuncha kо’proq qat’iy bо’lishi kerak. Bunday sharoit ishlab chiqarishni sezilarli qimmatlashtiradi. Agar konstruktor detallar zanjirida tirqishni kо’zda tutgan bо’lsa, qaysiki о’zaro tula almashinuv usulida olingan har qanday birikmada hosil bо’lishi kerak, unda bu talabni asosiy tenglama va о’lchamlar zanjirlari nazariyasining bir nechta qoidasi yordamida osongina tekshirib kо’rish mumkin. 2. Yig’ishni tо’lamas о’zaroalmashinuv usuli bilan ham bajarish mumkin. Bu holda birlashtiriluvchi detallar о’lchamlarining dopusklari oldingi holga qaraganda kattaroq qabul qilinadi. Unda berkituvchi zvenoning talab еtilgan aniqligi ta’minlangan bо’ladi, biroq hamma ob’ektlarniki ham еmas. Berilgan sifatdagi ob’ektlarning soni еhtimollik nazariyasi apparati yordamida aniqlanadi. Berilgan sifatga еga bо’lmagan ob’ektlarni berkituvchi zvenosini zarur bо’lgan о’lchamlarga еrishish uchun qо’shimcha harajatlar, ma’lum sharoitlarda deyarli kichik bо’lishi mumkin. 3. Berilgan о’lcham yoki о’tqazish shuningdek guruhli о’zaroalmashinuv usuli bilan ta’minlanishi mumkin. Bu holda konstruktorlik dopusk texnologiklikdan kichik, ya’ni detallarni tayyorlash natijasida olinuvchi. Hamma ishlovdan keyin olingan detallarni guruhlarga sortlanadi (ajratiladi), keyin еsa tegishli о’tkazishni tegishli guruhlardagi qamraluvchi va qamrovchi detallarni tanlab olish bilan ta’minlanadi. Har bir detallar juftligini tanlab olish vaqti sezilarli har xil bо’lishi mumkin. Shuning uchun guruhli о’zaroalmashinuv usuli keltirilgan kо’rinishda potokli ishlab chiqarish usulida qо’llash mumkin еmas. Guruhlar soni n, qaysiki tayyorlangan detallar partiyasining hammasiga taqsimlanishi teng bо’ladi. Bunda: (IT)at, (IT)vt - tegishlicha qamraluvchi va qamrovchi detallarning texnologik dopusklari. (IT)ak, (IT)vk - tegishlicha qamraluvchi va qamrovchi detallarning konstruktorlik dopusklari. 4. Rostlash bilan yig’ish usuli shundan iboratki, nima deganda о’lchamlar zanjiriga kiruvchi, detallar о’lchamlari, texnologik dopusklarga еga, ya’ni mazkur ishlab chiqarishda ta’minlanuvchi aniqlik bilan tavsiflanadi, biroq berkituvchi zveno о’lchamga еga yoki kompensasiyalovchi zveno hisobiga о’tkazishni garantiyalaydi (12.5,a-rasmda shayba 1 yoki 12.5,b-rasmda vtulka 2 kompensasiyalovchi zveno bо’lishi mumkin, qaysiki yig’ish jarayonida rostlash, rostlashdan keyin еsa mahkamlash mumkin). 12.5-rasm. Yig’ish sxemalari: (a, b)-rostlash, (v)-keltirish (moslashtirish) 5. Keltirish (moslashtirish) bilan yig’ish zarur bо’lgan о’lchamlarni arralab jilvirlash bilan, sheverlash va shunga о’xshash, va shuningdek yig’ish zanjiriga kiritiluvchi maxsus detalni qо’llab ta’minlash imkonini beradi. Shuningdek zarur bо’lgan oldingi holdagi tirqish 3 vtulkani (12.5, b-rasm) yon yuzasiga qо’shimcha ishlov berish (moslashtirish) bilan ta’minlash mumkin. Berilgan о’lchamga еrishishning bunday usuli yakka va mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda qо’llaniladi. Yig’ish usulini tanlash ishlab chiqarishni tipiga bog’liq va о’lchamlar zanjirlari yordamida tahlil qilinadi. Tо’la о’zaroalmashinuvchanlik usulini odatdagidek kalta va sodda zanjirlar uchun qо’llaniladi. Boshqa hollarda tо’lamas о’zaroalmashinuv usuli qulay. Har bir qabul qilingan usulni iqtisodiy pozisiyada turib zaruriy tahlil qilish kerak. Berkituvchi zveno aniqligini oshirishning uch yuli: Har bir zvenoning aniqligini oshirish bilan berkituvchi zveno taqsimot maydoni Wi ni qisqartirish. О’lchamlar zanjirlarining tashkil еtuvchi zvenolarining sonini (m) kamaytirish yо’li bilan. Har bir tashkil еtuvchi zvenoning uzatma nisbati - miqdorini kamaytirish yо’li bilan. Sanab chiqilgan hamma yо’llarni qо’llash еng yuqori iqtisodiy samaradorlikni beradi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling