Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mashinasozlik texnologiyasi
Download 0.95 Mb.
|
Маъруза курси МТ-1.2018
3 - M A ‘ R U Z A Mavzu: Ishlab chiqarish tiplari va ishni tashkil etish shakllari. Mavzu rejasi: 1. Yakka, seriyalab, ommaviy ishlab chiqarishning qisqacha tavsiflari. 2. Operasiyalar boglanish koeffisienti va uning miqdoriga qarab ishlab chiqarish turini aniqlash. 3. Xar bir ishlab chiqarish turida ishni potokli yoki potoksiz tashkil qilish usullari. O`zgaruvchan oqimli, ommaviy oqimli ishlab chiqarish. O`zgaruvchan moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari sharoitida ishni tashkil qilish shakllari va ularning axamiyati. 4. Ishlab chiqarish takti, sermexnatlik va serstanoklik tushunchalari. Adabiyotlar: [ 1 ] –147-159 b. [ 2 ] –22-26 betlar. [ 4 ] –21-28 betlar. Tayanch so’zlar: 1.Ishchi joy. 2. Yakka ishlab chiqarish. 3. Seriyali ishlab chiqarish. 4. Ommaviy ishlab chiqarish. 5. Potok. 6. Norma. 7. Vaqtni normalash. 8. Vaqtlar: asosiy, yordamchi, tashkillashtirish (ishchi joyni va texnik), еhtiyoj, partiya uchun va tayyorlovchi-yakunlovchi. 1. Yakka, seriyalab, ommaviy ishlab chiqarishning qisqacha tavsiflari. Berilgan ishlab chiqarish sharoitida TJni loyixalashning asosiy tamoyillaridan biri texnik, ikdisodiy va tashkiliy masalalarini birgalikda xal etishdir. Loyixalanayotgan TJ maxsulotning aniqlgini va sifatiga quyilgan barcha talablarni eng kam mexnat sarf qilingan xolda minimal tannarxda xamda ishlab chiqarish dasturida belgilangan xajmda va muddatda ta'minlashi kerak. Zamonaviy ishlab chiqarish yakka tartibli, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlariga bo`linadi. Yakka tartibli ishlab chiqarishda tayyorlanayotgan maxsulotning keng nomenqlaturada, kam xajmda (xajm deganda korxonaning rejalangan vaqt oraligida ma'lum bir mikdordagi, nomdagi, o`lchamdagi, o`lchamlar toifasi buyicha maxsulotni ishlab chiqarishi tushuniladi). Maxsulotning xajmi oz bo`lib, texnologik operasiyani bajarish joyiga sanokli (birlar va o`nlar bilan xisoblanadi) zagotovka keladi. Ish joyida kam takrorlanigan yoki umuman takrorlanmaydigan turli xildagi texnologik operasiyalar bajariladi. Bunda yukori aniqlikka ega bo`lgan jixozlar ishlatiladi va ular texnologik guruxlar, ya'ni tokarlik, frezerlik, parmalash, tish kesish va boshka uchastkalar asosida sexda joylanadi. Yakka tartibli ishlab chiqarishda talab kilingan aniqlik sinov yurish va o`lchash usuli bilan aniqlanadi; detal va uzellarning o`zaro almashinuvchanligi aksariyat xolda amalga oshmaydi, shuning uchun o`lchamlarni joyida keltirish keng qo`llaniladi; ishchilar yuqori malakali bo`lish shart, chunki maxsulotning sifati ularning malakasiga boglik; texnologik xujjatlar kiskartirilgan va soddalashtirilgan bo`ladi; texnik me'yorlar ko`llanilmaydi; mexnatni tajribaviy-statistik usulda me'yorlash qo`llaniladi. Ommaviy ishlab chiqarish deb maxsulotni tor nomenklatura va katta xajmda uzok, muddat ichida uzluksiz tayyorlashga aytiladi. GOST 3.1108-74 ga asosan ommaviy ishlab chiqarishda operasiyalarning boglanish koeffisenti Kob birga teng, ya'ni xar bir ish joyiga bittadan texnologik operasiya doimiy ravishda boglangan bo`lib, unumdorligi yukori bo`lgan maxsus jixozlardan foydalaniladi va ushbu jixozlar okim bo`yicha (ya'ni, texnologik jarayonning ketma-ketligi bo`yicha) joylashgan bo`ladi. Zagotovkalarga yukori unumdorli kup shpindelli avtomatlar va yarim avtomatlar, sonli dastur bilan boshkariladigan dastgoxlar va markazlarda ishlov beruvchi murakkab dastgoxlarda ishlov beriladi. Zagotovkalarga mexanik ishlov berish uchun kuyim kam qoldiriladi va zagotovkaning o`lchami detal o`lchamiga yakin bo`ladi. Talab etilgan o`lcham aniqligi avtomatik ravishda sozlangan dastgoxlarda olinadi. Ommaviy ishlab chiqarishda ishchining o`rtacha malakasi yakka tartibli ishlab chiqarishdagi ishchining o`rtacha malakasidan past; sozlangan dastgox, va avtomatlarda nisbatan kuyi malakali ishchi operatorlar ishlaydi. Shu bilan bir qatorda sexlarda malakali sozlovchi ishchilar, elektronli texnika va pnevmogidroavtomatika bo`yicha mutaxassislar xam ishlaydi. Ommaviy ishlab chiqarishda texnologik xujjatlar xar tomonlama chuqur ishlab chiqiladi va texnik me'yorlar esa xar tomonlama xisoblanib aloxida sinab ko`riladi. Seriyali ishlab chiqarishga maxsulot nomenqlaturasi chegaralangan, davriy ravishda takrorlanib turadigan partiyalarda va nisbatan kup miqdorda maxsulotni tayyorlash kiradi. Partiyadagi maxsulotning soniga va operasiyalarning biriktirish koeffisentiga qаrab mayda seriyali, urta seriyali va yirik seriyali ishlab chikdrishlar mavjud. Bir oy ichida bajariladigan barcha texnologik operasiyalar sonining ishchi joylar soniga nisbati orkali operasiyalarning boglanish koeffisenti aniklanadi. GOST 3.1108-74 ga asosan operasiyalarning biriktirish koeffisentiga qarab: Kob< 1,0 ommaviy ishlab chiqarish; 1<Кob < 10 yirik seriyali ishlab chiqarish; 10<Кob<20 urta seriyali ishlab chiqarish; 20<Кob<40 mayda seriyali ishlab chiqarishlarga bo`linadi. Seriyali ishlab chiqarishda universal, maxsuslashgan va kisman maxsus jixozlar ishlatiladi. Shu bilan birga ishlov beruvchi markazlar, universal-yigma va kayta tez sozlanadigan texnologik jixozlar xam keng ko`lamda qo`llaniladi. Zamonaviy ishlab chiqarishning asosi bo`lib seriyali ishlab chiqarish xisoblanadi. Chunki xozirgi vaqtda seriyali ishlab chiqarish mashinasozlikda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning 75-80 foizini tashkil qiladi. Yirik seriyali ishlab chiqarishda sonli dastur bilan boshqariladigan dastgoxlar, markazda ishlov beruvchi dastgoxlar, transport vositalari bilan boglangan va EXM bilan boshqariladigan moslanuvchan avtomatlashtirilgan tizimlar, tez kayta sozlanuvchi moslamalar va uskunalar keng qo`llaniladi. Talab etilgan o`lcham aniqligi avtomatik usulda yoki sinov yurish va o`lchash usullari bilan olinadi. Ishchilarning o`rtacha malakasi ommaviy ishlab chiqarishdagi ishchilarning malakasidan yukori, lekin yakka tartibli ishlab chiqarishdagi ishchilarning malakasiga nisbatan past bo`ladi. Murakkab va mas'uliyatli zagotovka uchun texnologik xujjatlar va texnik me'yorlar chuqurrok, ishlab chiqiladi, lekin oddiy zagotovkalar uchun xujjatlar soni kamayadi va texnik me'yorlash tajribaviy statistika asosida olib boriladi. 2. Operasiyalar boglanish koeffisienti va uning miqdoriga qarab ishlab chiqarish turini aniqlash. Turli texnologik amallar soni O-ni, bir oyga teng rejalashtirilgan davr ichida bajargan yoki bajariluvchi ishchi joylar soni I-ga nisbati amallar bog’lanish koеffisienti Кbk deb ataladi. К bk = O / I j Amallar bog’lanish koеffisienti ishlab chiqarish tipining asosiy tavsiflaridan biridir (GOST 3.1121-84). Yuqoridagi GOST ga binoan: К bk = 1- ommaviy (ko’plab) ishlab chiqarish uchun; 1< К bk< 10 - yirik seriyalab ishlab chiqarish uchun; 10 <К bk<20 -o’rta seriyalab ishlab chiqarish uchun; 20 < Кbk < 40 - mayda seriyalab ishlab chiqarish uchun belgilangan. Yakka ishlab chiqarish uchun belgilanmagan. Yuqoridan aniq bo’ldiki, ishlab chiqarish turiga beshta tipdagi ishlab chiqarishlar kirar еkan: yakka, mayda seriyali, seriyali, yirik seriyali va ommaviy (yalpi). 3. Xar bir ishlab chiqarish turida ishni potokli yoki potoksiz tashkil qilish usullari. Biz yuqorida bayon etganimizdek, asosan ishni tashkil qilish ikkita usuli (patokli va patoksiz) to’g’risida fikr bildirgan edik. Shunga ko’ra bu usullar ishlab chiqarish turiga bevosita bog’liq bo’lib, potoksiz ishni tashkil qilish - yakka va mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda qo’llanilgan edi. Potokli ishni tashkil qilish usuli esa qolgan boshqa turdagi ishlab chiqarishlar uchun qo’llaniladi va yana u, quyidagi usullarga: potokli seriyali, yirik-seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlar; to’g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarish; ommaviy potokli ishlab chiqarishlarga bo’linadi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng oliy shakli, bu-ommaviy potokli ishlab chiqarish hisoblanadi, ya’ni bu erda asosan texnologik jarayonlar avtomatik liniyalarda va avtomatlashtirilgan uchastkalar va sexlarda bajariladi. To’g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarishda dastgoh va asbob-uskunalar texnologik jarayon marshruti bo’yicha amallarni bajarish ketma-ketligida joylashtiriladi. Amallarni bajarishda, tanavorlarni bitta ishchi joydan boshqa ishchi joyga uzatish uchun turli g’altakli rolgang, sirpanchiq va yumalatuvchi tarnov (lotok), yuk ko’taruvchi kran va boshqa moslama va qurilmalardan foydalaniladi. Xar bir ishchi joyning ishlab chiqarish takti boshqa ishchi joylarniki bilan teng bo’lmasligi mumkin. Bunday ishchi joylarda, "zadel" deb ataluvchi tanavorlar zahirasi tashkil etiladi. Ommaviy potokli ishlab chiqarishda ko’pincha pozision avtomatik konveyerlar qo’llaniladi va avtomatik liniyalar tashkil qilinadi. Bunday hollarda bu liniyalarning ishlab chiqarish takti aniqlanadi. Ishlab chiqarish takti deb, - ma’lum vaqt oralig’ida tanavorlar yoki qismlar ishlab chiqarilishiga aytiladi va uning vaqti minut bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish takti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: tich = 60*Fx*m / N, min. Bu erda: Fx - rejalashtirilgan davr ichidagi dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi (smena, sutka, oy, yil), soatda; N -shu davr uchun ishlab chiqarish dasturi (detallar yoki mahsulotlar coni), dona; m – smenalar soni (1, 2, 3). Asbob-uskunalar yoki dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi Fx, nominal Fn dan yoki asbob-uskunani ta’mirlash uchun kalendar o’lchov vaqt yo’qotishdan kichikdir, va h.k. Fx = Fn* n , soat, bunda n-dastgohlar vaqt yo’qotishi koeffisienti. Uskuna-dastgohlarning ishlash vaqtining bir yillik nominal fondi: kuniga bir smenalab ishlaganda 2070 soat, ikki smenalab ishlaganda - 4140 soat va uch smenalab ishlaganda 6210 soat bo’ladi. Metall kesuvchi dastgohlar uchun vaqt yo’qotish koeffisienti n = 0,98-0,96 ni tashkil qiladi. Potokli ishlab chiqarish ko’proq takomillashgan bo’lib yuqori unumdorlikka ega. Texnologik jarayonlarni loyihalashning boshida ishlab chiqarish turi birinchi bo’lib taxminan bo’lsa ham aniqlanishi zarur. Bu albatta amallar bog’lanishi va seriyalash koeffisientlarini hisoblash orqali bajariladi. Tekshirish uchun savollar Yakka ICh-ni tavsiflab bering? Seriyalab ICh qanday turlarga ajratiladi? Tavsiflab bering Ommaviy ICh-ni tavsiflab bering? Operatsiyalar boglanish koefisenti deb nimaga aytiladi? To’g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarishni ta`riflang. Ishlab chiqarish taktini ta`riflang. 4 M A R U Z A Mavzu Vaqt me`yorlari Mazu rejasi: Tehnik vaqt me’yori. Me’yorlashning uch usuli. V1aqt me’yirining tarkibi. Tehnologik vaqtni meyorlash usullari Donabay vaqtning tarkibiy qismi, asosiy tushunchalar Donabay vaqt formulasi va uning tashkil etuvchilari Tehnik vaqt me’yori Alohida operatsiyalarning vaqt me`yorlarini aniqlash texnik me`yorlash deyiladi. Quyidagi mehyorlarni belgilash majburiydir: a) Ish unumdorligini uzluksiz oshirib borish va ishlab chiqarishni barcha vositalaridan samaraliroq foydalanish talabi; b) Ishlab chiqarishni rejalashtirish uchun ishonchli dastlabki mahlumotlarni tahminlash zarurati. Berilgan ishlab chiqarish uchun eng qulay, mahlum tashkiliy-texnik sharoitda texnologik operatsiyani bajarish uchun zarur bo’lgan belgilangan vaqt texnik vaqt mehyori deb ataladi. Texnikani zamonaviy yutuqlariga tayanib, ishlab chiqarishni ilg’or ish tajribalariga asoslanib, ish uslublarini qo’llash sharoitida dastgox, asbob va boshqa ishlab chiqarish vositalarini ishlatilish imkoniyati. Vaqt mehyorini teskari qiymati texnik ishlab qo’yish mehyori deyiladi.
Mahlum vaqt oralig’ida ishlab qo’yish mehyori (masalan bir smenda). Me’yorlashning uch usuli. Mehyorlashni uchta usuli mavjud: a) Tajribaviy – statistik; b) hisoblash – analitik; v) yig’indi – tenglashtirish: Tajribaviy – statistik usulda, mehyorlashda, vaqt mehyori butun bir operatsiyaga uning elementlari bo’yicha hisoblanmasdan, unga o’xshash operatsiyani bajarishdagi haqiqiy vaqtni o’rtacha sarfi to’g’risidagi statistik mahlumotlarga asoslanib belgilanadi. Bu usulni kamchiligi shundan iboratki, oldingi ish unumdorliklarda erishilgan yutuqlarga asoslangan va ilg’or ish tajribalari hamda texnik yutuqlarini o’zida aks ettirmaydi. Xisoblash – analitik usulida mehyorlashda, jixozning ishlatilish xususiyatlaridan unumli foydalanishda, operatsiya elementlarining davomiyligini xisoblash yo’li bilan vaqt mehyori aniqlanadi. Yig’indi – tenglashtirish usuli bilan mehyorlashda barcha operatsiya uchun yig’indi vaqt mehyori, mehyorlashtirilishi kerak bo’lgan operatsiyani, shunga o’xshash operatsiyalarda, xisoblash – analitik usulida belgilangan vaqt mehyoriga ega bo’lgan boshqa o’lchamdagi tayyorlanmalarning ishlov berish operatsiyalari bilan taqqoslash yo’li bilan belgilanadi. Bu usuldan taxminiy vaqt mehyori bilan chegaralanishi mumkin bo’lgan hollarda, tsexlarni loyixalashda foydalanish mumkin. Vaqt me`yorini tarkibi. Operatsiya uchun vaqt mehyori, donabay vaqt deyiluvchi quyidagi formula orqali ifodalanishi mumkin: Bunda: - minutda bir dona uchun operativ vaqt; - bir dona minutga tegishli bo’lgan, tanaffus vaqti; - bir dona minutga tegishli bo’lgan, ish joyiga xizmat ko’rsatish vaqti. Operativ vaqt asosiy (texnologik) vaqt bilan yordamchi vaqtni yig’indisiga teng.
Asosiy (texnologik) vaqt tayyorlanma va detalni o’lchamini, shaklini, yuza qatlamining xususiyatini, materialini tuzilishini (yoki boshqa fizik-mexanik xossasini) o’zgarishiga yoki yig’ish jarayonida ularning holatini o’zgarishga sarflanadi. Bu vaqt mashinali va qo’lli bo’lishi mumkin. Agar barcha sanoat o’tilgan tayyorlanma xususiyatidagi o’zgarishlari inson ishtirokisiz jixoz yordamida amalga oshirilsa, asosiy vaqt mashinali deb ataladi. Agar barcha ishlar jixozlarsiz qo’lda bajarilsa asosiy vaqt qo’lli deyiladi. Yordamchi vaqt detallarning o’lchamlari va shakl o’zgarishiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan har hil turdagi uslublarga sarflanadi. Bularga: detalni o’rnatish va maxkamlash, ishlov berib bo’lingandan so’ng detalni bo’shatib yechib olish, dastgoxni yurishli va to’xtatish, o’lchovni amalga oshirish, asbobni keltirish va qaytarish ishlari kiradi. Yordamchi vaqt asosiy mashinali vaqtni qoplaydigan vaqtga va qoplamaydigan vaqtga bo’linadi. Operativ vaqtga jixozni avtomatik ishlash vaqtida qo’lli ish vaqt sarfi qo’shilmaydi. Bundan kelib chiqadiki operativ vaqtga, faqat asosiy mashinali vaqtni qoplaydigan vaqt, yordamchi vaqt qo’shiladi. Hizmat ko’rsatish vaqti asosan ikki qismga bo’linadi – ish joyiga texnik hizmat ko’rsatish vaqti va ish joyiga tashkiliy hizmat ko’rsatish vaqti.
Bu vaqtda har qaysi detalga ishlov berishda takrorlanmaydi. Texnik hizmat ko’rsatish vaqti, dastgox – moslama – asbob – detalg’ tizimini sozlashga, o’tmaslashgan kesuvchi asbobni almashtirishga, asbobdan qirindilarni olishga, sarflanadi. Ish joyiga tashkiliy hizmat ko’rsatish vaqti, jixozni tozalish va moylashga, dastgoxdan qirindilarni olishga, ish joyini tartibga keltirishga sarflanadi. Dam olish uchun tanaffus vaqti faqat belgilangan ish sharoitini, masalan shiddatli mehnat talab qiladigan yoki katta jismoniy kuch sarflanadigan ishlarni o’z ichiga oladi. Mehyory ish sharoitlarida, asosan operativ vaqtni 2,5% ga teng vaqt faqat tabiiy zaruratlar uchun mehyorlashtiriladi. Dastgoxda ishlov berishda asosiy vaqt quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi. Bunda: - hisobdagi ishlov berish uzunligi (uzatish yo’nalishi bo’yicha tayyorlanma yoki asbobni yo’li) mm.da. - uzatish qiymati (uzatish tezligi) mm/min. da. Berilgan formuladan foydalanib, har qanday ishlov berish usuli uchun aniqlash mumkin. Masalan: yo’nish uchun formula quyidagi ko’rinishda bo’ladi. min. - asbobni detalga nisbatan harakatlanishidagi urilishini yo’qotish uchun zarur bo’lgan qo’shimcha masofa. DMADni deformatsiyalanishi va kinematik zanjirdagi oraliq, o’lchamlarni tebranishi natijasida urilish bo’lish extimoli bo’ladi. - asbobni chiqishi uchun harakatlanish masofasi. Yordamchi harakat davomiyligiga tahsir qiluvchi asosiy faktorlarni hisobga oluvchi mehyoriy xujjatlar bo’yicha yordamchi vaqt hisoblanadi. Mehyoriy xujjat mahlumotlari ish kuninixronometraj yordamida olinadi. Yuqorida ko’rsatilganidek, tanaffus vaqti operativ vaqtdan %da aniqlanadi va odatda 2,5% qabul qilinadi. Yig’ish ishlarida dam olish va tabiiy zaruratlar uchun tanaffus vaqti operativ vaqtdan 7% hisobida qabul qilinadi. Tashkiliy hizmat ko’rsatish vaqti ham operativ vaqtga nisbatan %da aniqlanadi va odatda dastgox ishlari uchun, dastgox o’lchami va turiga qarab yig’ish ishlari uchun qabul qilinadi. Dastgoxda ishlov berishda texnik hizmat ko’rsatish vaqti quyidagi formula bo’yicha aniqlanishi mumkin:
- Asbobni har bir tahminlanishdagi sarflanadigan vaqti; - Asbobni almashtirgunga, uni ishlash vaqtidagi tahminlashlar soni;
Berilgan tayyorlanma partiyasiga ishlov berishda tayyorlov – yakuniy vaqt sarflari amalga oshiriladi. Tayyorlov-yakuniy vaqt, tayyorlanma partiyasiga ishlov berish uchun chizmalar va ishlar bilan tanishish, jixoz, moslama va asboblarni tayyorlash va sozlash, berilgan partiya bo’yicha ish tugagandan keyinosnastkalarni yechish va topshirish hamda ishni topshirish uchun sarflanadi. Tayyorlov – yakuniy vaqt, ish bajaradigan jixozlar, ish xarakteriga, sozlashni murakkablik darajasiga bog’liq bo’lib, partiya xajmiga bog’liq bo’lmaydi. SHuning uchun ham partiyalab ish bajarishda, berilgan partiyaning aniqlanadigan vaqt mehyori quyidagicha ifodalanadi: Bunda: - tayyorlov-yakuniy vaqt mehyori; - donabay vaqt mehyori; - partiyadagi tayyorlanmalar soni. U holda kalg’kulatsiyalangan vaqt mehyori deb ataluvchi donabay vaqt quyidagicha aniqlanadi: Texnik vaqt mehyori doimo bir hil darajada turmaydi. Ishlab chiqarish jarayonining takomillashtirish, ishchi xodimlarni texnik – madaniyatini o’sish miqdorida, texnik vaqt mehyori kamayadi. 4 Tehnologik vaqtni meyorlash usullari Texnologik amallarning bajarilishi unumdorligi, texnologik jarayonning tejamkorlik kriteriyasi bo’lib, texnik jixatdan asoslangan vaqt meyori bilan aniqlanadi (GOST 3.1109-82). Vaqt meyori - ma’lum ishlab chiqarish sharoitida bitta yoki bir nechta tegishli malakaga ega bo’lgan bajaruvchilar tomonidan ba’zi-bir hajmdagi ishga sarflangan (reglamentlashtirilgan) vaqtga aytiladi. Ishlab chiqarish meyori deb, ma’lum tashkiliy texnik sharoitda bitta yoki bir nechta tegishli malakali bajaruvchilar tomonidan vaqt birligida bajariluvchi reglamentlashtirilgan hajmdagi ishga aytiladi. Vaqt meyorini aniqlashning uchta usuli mavjud: 1) sarflangan ishchi vaqtni kuzatish asosida; 2) meyoriy xujjatlar asosida; 3) tiplashtirilgan yirik meyoriy xujjatlar bo’yicha solishtirish va hisoblash asosida. Birinchi usulda, vaqt meyorini bevosita ishlab chiqarish sharoitida har bir ishchi joyda sarflangan vaqtni kuzatuv asosida o’rganish yo’li bilan aniqlanadi. Bu usul ilg’or tajribalarni va meyorilar ishlab chiqishlarni umumiylashtirish uchun qo’llaniladi. Ikkinchi usulda, ish (amal) alohida elementlarini bajarilish vaqti uzunligi meyorini qo’llab, amallarning davom etish vaqti hisoblanadi. Uchinchi usulda, amallarni meyorlash tiplashtirilgan meyoriy xujjatlar bo’yicha taxminiy hisoblashlar asosida olib boriladi. Birinchi, ikkinchi meyorlash usullarini seriyali ommaviy ishlab chiqarishlarda qo’llaniladi, uchinchi usul esa yakka va mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda ishlatiladi. 5. Donabay vaqtning tarkibiy qismi, asosiy tushunchalar Texnik jixatdan asoslangan vaqt normalarini aniqlashda quyidagi vaqtlarni aniqlash va hisoblashga to’g’ri keladi. Donabay vaqt (tdb), bu vaqt amallarni bajarilish intervali bo’lib, texnologik amallar siklini, bir vaqtda tayyorlanuvchi yoki ta’mirlanuvchi buyumlar soniga yoki yig’uv amallarining kalendar vaqtining nisbatiga teng. Donabay vaqt (tdb), asosiy vaqt, yordamchi vaqt, operativ vaqt, ishchi joyga tashkiliy xizmat ko’rsatish vaqti, ishchi joyga texnik xizmat ko’rsatish vaqti va ishchining shaxsiy ehtiyoji uchun sarflanuvchi vaqtlarga farqlanadi: Asosiy vaqt (ta), donabay vaqtning tarkibiy qismi bo’lib, ish predmetini o’zgartirishi va keyingi holatini aniqlash uchun sarflanuvchi vaqtga aytiladi. Yordamchi vaqt (tyor), donabay vaqtning qismi bo’lib, ish predmetini o’zgartirish va keyingi holatini aniqlashni ta’minlash uchun har-xil amallar bajarishga sarflanuvchi vaqtga aytiladi. Ishchi joyga tashkiliy xizmat ko’rsatish vaqti (ttasy.), donabay vaqtning qismi bo’lib, texnologik ta’minotni ishchi holatini bajaruvchi (ishchi) tomonidan doimiy ravishda ushlab turish va uni hamda ishchi joyni tozaligiga qarab turish uchun sarflanuvchi vaqtga tushuniladi. Ishchi joyga texnik xizmat ko’rsatish vaqti (tteh.), donabay vaqtning bir qismi bo’lib, ishchi joydagi dastgohni sozlash, keskich asboblarni charxlab o’tkirlash va uning singanini o’rniga omborxonadan boshqasini keltirib o’rnatishi uchun sarflanuvchi vaqtga aytiladi. Ishchining shaxsiy ehtiyoji uchun sarflanuvchi vaqt (te.), donabay vaqtning bir qismi bo’lib, ishchini shaxsiy ehtiyoji: charchaganda qo’shimcha dam olishi, sigareta chekishi va h.k. larga sarflanuvchi vaqtga tushuniladi (bunga tushlik vaqti kirmaydi). 6. Donabay vaqt formulasi va uning tashkil etuvchilari Operativ vaqt (top.) deb, asosiy va yordamchi vaqtlar yig’indisiga aytiladi. top= ta + tyor (3.1) Avtomatlashtirilmagan ishlab chiqarish uchun donabay vaqt quyidagi tenglik bo’yicha aniqlanadi: tdb = ta + tyor + ttash + tteh + te (3.2) bunda: ta - asosiy vaqt (mashina vaqti); tyor- yordamchi vaqt; ttash-ishchi joyga tashkiliy xizmat ko’rsatish vaqti; tteh-ishchi joyga texnik xizmat ko’rsatish vaqti; te - ishchining shaxsiy htiyoji uchun sarflanuvchi vaqt. Asosiy vaqt, bevosita ishlanuvchi tanavor o’lchamlarini, shaklini, fizik-mexanik xossalarini yoki tashqi ko’rinishini o’zgartirish (dastgohlarda ishlash, bolg’alash, slesarlik va boshqa ishlov berishlar) yoki yig’uv ishlarida detallarni birlashtirish uchun sarflanadi. Dastgohlarda tanavorlarga ishlov berilganda asosiy vaqtni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi, ta = Lx x i / Sm, min. (3.3) Bu erda: Lx - ishlov berishning hisobli uzunligi (keskich asbobni surish yo’nalishida bosib o’tuvchi yo’l masofasi), mm.; i - keskich asbob ishchi yurishlarining soni; Sm - keskich asbobning minutlik surilishi, mm / min. Кeskich asbobning, tanavorga ishlov berishidagi hisobli uzunligi quyidagicha aniqlanadi (3.1-rasm): Lx = Lke + Lk + Lz + Lch, bunda: Lke- keskichni tanavorga urulishini hisobga oluvchi yaqin keltirish masofasi; Lk, Lch - keskichni tanavorga kirish va undan chiqish masofasi; Lz - tanavor uzunligi; Yordamchi vaqt tyor - asosiy tehnologik vaqtni ta’minlashda qatnashuvchi vaqt bo’lib, bunga masalan tanavorni yoki yig’iluvchi birikmani o’rnatish va bo’shatib tushirish, dastgohni yoki yuk ko’targichni yuritish va to’xtatish, amalni bajarishda bir rejimdan ikkinchisiga o’tkazish, tanavorni o’lchash yoki yig’ilma birlikni sifatini nazorat qilish va boshqalar kiradi. Yordamchi vaqt qoplanuvchi yoki qoplanmovchi bo’lishi mumkin. Agarda, yordamchi vaqt ishlov berish jarayonida bajarilmasa (masalan: ishlov berilgan tanavorni tushirish va o’rniga boshqasini o’rnatish), bunday yordamchi vaqt qoplanmovchi vaqt deyiladi. Qisman asosiy ish vaqtida bajarilsa, bunday yordamchi vaqtga qoplanuvchi deb yuritiladi. a) b) v) 4.2.Rasm. Asosiy (ta) vaqtni hisoblash uchun detallarga ishlov Berish sxemalari: a)-tokarlik, b)-frezalash, v)-parmalash. 1-planshayba, 2- bikr markaz, 3- hamut, 4- val, 5- aylanuvchi markaz, 6- ketingi babka, 7- Кeskich asbob. Meyoriy vaqtini hisoblashda yordamchi vaqtning faqat qoplanmovchi bo’lagigina hisobga olinadi, qaysiki mashina vaqti bilan qoplanmaydi. Yordamchi vaqtni, shu korxonada mavjud bo’lgan normativ empirik formulalar asosida yoki hronometrik o’lchab, kuzatishlar asosida hisoblanadi. Ishchi joyga tashkiliy hizmat ko’rsatish vaqti ttash,- smena almashish vaqti ichida ishchi joyga qarab turish (dastgoh, mexanizmlarni tozalash va moylash, smena almashish boshlanishi va oxirida asboblarni taxlash va tozalash, ishchi joyni tozalash va boshqalar) uchun sarflangan vaqtlarni o’z ichiga oladi. Ishchi joyga tashkiliy hizmat ko’rsatish vaqtini normativlar asosida belgilanadi va ko’p hollarda amal uchun sarflanuvchi operativ top-vaqtining foyizi hisobida (0,6 - 8%) olinadi. Ishchi joyga texnik xizmat ko’rsatish vaqti tteh, - asosan keskich asbobni bir necha bor charxlab o’tkirlab kelish, uni bir-necha bor sozlash va singan-ishga yaroqsiz bo’lganini yangisiga almashtirib kelish uchun sarflanuvchi vaqt bo’lib, u ham operativ vaqtning foizi sifatida normativlardan olinadi yoki aniqrog’i quyidagi formula bilan hisoblanadi: tteh = (tch*kch + ts*ks + T) / n, min. (3.4) Bu erda: tch - keskich asbobni charxlash uchun sarflanuvchi vaqt; kch - keskich asbobni charxlashlar soni; ts - keskich asbobni kerakli o’lchamga sozlash vaqti; ks - keskich asbobni sozlashlar soni; T - ishga yaroqsiz bo’lgan keskich asbobni yangisiga almashtirib kelish uchun sarflanuvchi vaqt; n - keskich asbob bilan ishlangan detallar soni. Ishchini shaxsiy ehtiyoji uchun sarflanuvchi vaqt te, ishlab chiqarishdagi gimnastika mashg’uloti qonun bilan belgilanib, operativ vaqtning foizi hisobida olinadi. Mexanika sexlari uchun te, operativ vaqtning 2,5% atrofida olinadi. Amaliy hisoblashlarda donabay vaqt quyidagi soddalashtirilgan formula bo’yicha hisoblanadi tdb = top [1 + (α + β + γ)/100], (3.5) bu erda α , β , γ – tegishlicha: tehnik hizmat ko’rsatish, tashkiliy hizmat ko’rsatish va ishchini ehtiyoji uchun sarflanuvchi vaqtlar foyizli ulushlarini operativ vaqt bo’yicha aniqlovchi koeffisientlar. α , β , γ –larning qiymatlari bajariluvchi amallar sharoitlariga bog’liq xolda meyoriy hujjatlardan olinadi. Yig’ish ishlari uchun α = 0 olinadi. Avtomatik jixozlar qo’llanilganda tdb = top (1 + α /100). Seriyalab ishlab chiqarishda har-bitta ishchi joyda tanavorlar partiyasiga (guruhiga) ishlov berish uchun ketgan vaqt hisoblanadi. Buning uchun tayyorlovchi-yakunlovchi vaqt aniqlanadi. Tayyorlovchi-yakunlovchi vaqt ttya, asosan ishchi tomonidan tanavorlar partiyasiga ishlov berishdan avval va vazifani bajarib bo’lgandan keyin sarflanadi. Tayyorgarlik ishiga: vazifa olish, ish bilan tanishish, dastgohni sozlash, shuningdek keskich asbobni, moslamani o’rnatishlar kiradi va ularga vaqt sarflanadi. Yakunlovchi ishga: ishning oxirida bajarilgan ishni topshirish, maxsus moslama va asbobni dastgohdan tushirish, dastgohni tartibga keltirish va h.k.lar kiradi. Ommaviy ishlab chiqarishda bir xildagi amallarning uzoq davr ichida takrorlanaverishi natijasida tayyorlovchi-yakunlovchi vaqtga bo’lgan ehtiyoj qolmaydi. Donalab ishlab chiqarishda esa, tayyorlovchi - yakunlovchi vaqt donabay vaqt tarkibiga kiritilgan. Seriyalab ishlab chiqarishda tanavorlar partiyasiga ishlov berish yoki yig’ish uchun sarflanuvchi norma vaqtini quyidagi formula bilan hisoblanadi, tpart = tdb*n + ttya , min. (3.6) Bu erda: n - partiyadagi tanavorlar soni. Bitta detal ustidan bajariluvchi amalga sarflangan donabay va tayyorlovchi - yakunlovchi vaqtlar yig’indisi, donabay - kalkulyasiya vaqtini tashkil etadi, ya’ni tdbk = tdb + (ttya / n) , min. (3.7) Norma vaqt asosida bajariluvchi amallar qiymatlari aniqlanadi, dasturni bajarish uchun kerakli bo’lgan dastgohlarning soni hisoblanadi va ekonomik jixatdan qulay bo’lgan tehnologik jarayonlar rejalashtiriladi. Tekshirish uchun savollar 1. Tehnik vaqt me’yori nima? 2. Me`yorlashni uchta usuli qaysilar? 3. Donabay vaqt nima? Formulasini yozing 4. Operativ vaqt nima? Formulasini yozing 5. Asosiy vaqt nima? Formulasini yozing 6. Yordamchi vaqt nima? 7. Texnik xizmat ko`rsatish vaqtini ta`riflang 8. Berilgan partiyaning vaqt mehyori formulasini yozing 9. Ishchi extiyoji uchun sarflanvchi vaqtni ta`riflang 10. Amaliy hisoblashlarda donabay vaqt formulasini yozing 5 - M A` R U Z A Mavzu: Tanovorlarga ishlov berish operatsiyalarini tashkil etishda echiluvchi asosiy masalalar. Mavzu rejasi: 1. Ishlab chiqarish tehnologik jarayonlari. 2. Tehnologik o’eratsiya, o’rnatish, o’rin holat, o’tish. 3. Bir o`rinli operatsiyalar tuzilish sxemasi. 4. Ko`p o`rinli o`peratsiya tuzilish sxemasi
Ishlab chiqarish tehnologik jarayonlari. Ishlab chiqarish jarayoni deb, tabiat buyumlarini to’g’ridan-to’g’ri ionson uchun foydali buyumga aylantirish bilan bog’liq bo’lgan alohida-alohida, jarayonlarning barchasini yig’indisiga aytiladi. Mashinasozlik zavodlarida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayoni, tabiat buyumlarini mashinaga aylantiruvchi hamma ishlab chiqarish jarayonlarining bir qismi hisoblanadi. Tayyor mashinaga aylantirilgunga qadar yarimfabrikatlarni bosib o’tgan barcha bosqichlarning yig’indisi mashinasozlikdagi ishlab chiqarish jarayoni deb ataladi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi: - ishlab chiqarish vositalarini tayyorlash va xizmat ko’rsatish, ish joyini tashkil qilish; - material va yarimfabrikatlarni qabul qilish va saqlash; - mashina detallarining tayyorlashning barcha bosqichlari; - buyum va uzellarni yig’ish; - tayyor buyum va detallarni tashish; - texnik nazorat; - yig’ilgan buyumni bo’laklarga ajratish; - tayyor mahsulotni qadoqlash va boshqalar. Ishlab chiqarish obhektini (material, tayyorlanma, detal, mashinalar) ko’rinish sifatini o’zgarishi sodir bo’ladigan vaqtdagi ishlab chiqarish jarayonining qismiga texnologik jarayon deb ataladi. Yahni material, tayyorlanma yoki detalga, mexanik ishlov berishning barcha turida asosan shakl o’zgarishi bilan bog’liq bo’lsa, termik ishlov berish esa detalni fizik xossasini o’zgarishi bilan bog’liq bo’ladi. Yig’ish detallarining bir-biriga nisbatan joylashuvi va shaklini o’zgarishi bilan bog’liq. Mashinalarni pardozlash va bo’yash tashqi ko’rinishining o’zgarishi bilan bog’liq. Texnologik jarayonni bajarish uchun ish joyini tashkil qilish va jixozlash zarur bo’ladi. Bir yoki ishchilar brigadasi ish bajarishi uchun belgilangan, detal va asoboblar saqlash stellaji, moslamalar, texonologik dastgoh joylashgan tsex maydonining bir qismi ish joyi deb ataladi. Ishlab chiqarish tehnologik jarayonlari. Texnologik jarayon operatsiyalarga bo’linadi. Bir ishchi yoki ishchilar brigadasi bir ish joyida bajaradigan texnologik jarayonni tugallagan qismiga texnologik operatsiya deb ataladi. Dastgohda detalga yoki bir qancha detallarga bir vaqtda ishlov berish, korpusga qopqonni o’rnatish va qatirish (yig’ishda) bunga misol bo’lishi mumkin. Operatsiya texnologik jarayonni asosiy qismi hisoblanadi va texnologik jarayonni kolg’kulatsiyalash va rejalashtirish uchun foydalaniladi. Odatda asosiy texnologik xujjat ishlab chiqiladi. Operatsiya bir yoki bir necha o’rnatishda bijarilishi mumkin. O’rnatish deb, tayyorlanma yoki yig’ilayotgan uzelni maxkamlashni o’zgartirmasdan bajariladigan, operatsiyaning qismiga aytiladi. Masalan: «detalg’ aylanma sirtiga ishlov berish» operatsiyasi ikki marta o’rnatishga ega bo’lishi mumkin. Bir o`rinli operatsiya sxemasi. 1-o’rnatish – patronda bir tomondan ishlov berish; 2-o’rnatish – patronda boshqa tomondan ishlov berish. Ishlov beriladigan detalg’, moslamada turib buruvchi qurilma yordamida, dastgoxning ishchi elementiga (masalan kesuvchi asbob) nisbatan o’z holatini o’zgartirishi va har hil o’rin holatini egallashi mumkin. Maxkamlangan detalni qo’zg’atmasdan o’zgartirish jixozga nisbatan egallagan holatlarining har biri o’rin holat deb ataladi. Ko`p o`rnli operasiya sxemasi. Masalan: 3-shpindelli vertikal parmalash dastgoxini teshikga ishlov berish. I-o’rin holat – tayyor detalni olib, tayyorlanmani maxkamlash; II-o’rin holat – parmalash; III-o’rin holat – zenkerlash; IV-o’rin holat – razvertkalash. O’rnatish va o’rin holat orasidagi farq shundan iboratki, o’rnatishda detalni moslamaga nisbatan holati o’zgarar ekan, o’rin holat almashtirilganda esa detalg’ moslamaga nisbatan o’z holatini o’zgartirmas ekan. Operatsiya bir yoki bir necha o’tishda bajarilishi mumkin. Bir yuzaga bir yoki bir vaqtda tahsir qiluvchi bir nechta asboblarda ishlov berishni o’z ichiga olgan operatsiyaning bir qismiga texnologik o’tish deb ataladi. O’tish bir yoki bir necha ishchi yurishda amalga oshirilishi mumkin. Tayyorlanmaga nisbatan asbobni bir karra siljishda tashkil topgan, tayyorlanma xossasi yoki yuza sifatini, shaklini, o’lchami o’zgarishi bilan kechadigan texnologik o’tishni tugallagan qismiga ishchi yurish deb ataladi. Masalan: Valikni tsilindrik yuzasini yo’nish operatsiyasi. Bu holda qaralama va tozalama yo’nish, har hil kesishtartibiga ega bo’lganligi uchun operatsiyaning alohida o’tishlari bo’ladi. Agar qaralama yo’nishda qo’yimni hammasini birdaniga olib bo’lmasa va bir necha martada olishga to’g’ri kelsa, o’zgarmas kesish tartibida, har qatlamni olish bilan bog’liq qismi ishchi yurib o’tish deb ataladi. Jilvirlashda juda ko’p yurib o’tishlar amalga oshiriladi. O’tish uslublarga bo’linadi. Ishchini ish bajarish jarayonida va unga tayyorgarlik ko’rish jarayonida bajariladigan alohida harakatlarni yig’indisi uslub deyiladi. Masalan: Valikni qaralama yo’nishdagi o’tish quyidagi uslublardan tashkil topadi: detalni patronga o’rnatish, detalni maxkamlash, orqa babka markazini keltirish, dastgox harakatini qo’yish, kesuvchi asbobni keltirish, yo’nib bo’lgandan keyin dastgox harakatini tzxtatish va xokazolar. Ishchi uslub va uslub elementlariga sarf bo’ladigan vaqtni o’rganish asosida, yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda qo’lda bajariladigan uslublarni mehyorlash uchun foydalaniladigan turli mehyoriy jadvallar ishlab chiqiladi. Tekshirish uchun savollar 1. Mashinasozlikdagi ishlab chiqarish jarayoni ta`rifini ayting. 2. Ish joyi ta`rifini ayting. 3. Ishchi yurish ni ta`riflang 4. Texnologik operatsiya deb nimaga aytiladi? 5. O’rnatish deb nimaga aytiladi? 6. Bir o`rinli operatsiya sxemasini ko`rsating 7. Ko`p o`rinli operatsiya sxemasini ko`rsating 6 - M A ‘ R U Z A Mavzu: Mashinasozlikda aniqlik Mazu rejasi: 1. Aniqlik tushunchasi; 2. Aniqlikka erishish usullari: A. "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash" usuli (sinov qirindisi olish va o’lchash); B. Aniqlikka avtomatik erishish usuli; 3. Aniqlikka ta’sir etuvchi asosiy faktorlar. Adabiyotlar: [ 2 ] – 26-31 betlar, [ 4 ] – 60-69 betlar. Tayanch so’zlar: 1. Aniqlik. 2. Sinov qirindisi. 3. O’lchash. 4. Xatolik. 5. Sozlash. Limb. 7. Aniqlikka avtomatik erishish. Aniqlik tushunchasi Tanavor yoki detalning aniqligi deb, ularning haqiqiy o’lchamlarini ishchi chizmadagi, nusxasidagi yoki etalonidagi o’lchamlariga mos kelish darajasiga aytiladi. Mexanik ishlov berish natijasida turli omillar ta’siridan turlicha noaniqliklar va shakl xatoliklari kelib chiqadi. Masalan, bunday shakl xatoliklarni silindrik val tipidagi detallarda ko’rishimiz mumkin, silindrik sirtda bo’ylama kesimi yo’nalishi bo’yicha bochkasimon, egarsimon va konussimon shakl xatoliklari va ko’ndalang kesimi bo’yicha ovalsimon hamda ko’pqirralik shakl xatoliklari bo’ladi. 2. Aniqlikka erishish usullari Aniqlikka erishishning asosan ikkita usuli mavjud: A. «Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash» yoki («Sinov qirindisi olish va o’lchash») usuli. B. «Aniqlikka avtomatik erishish» usuli. A. "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash" usuli Bu usulning mohiyati shundan iboratki, dastgohda o’rnatilgan tanavor ishlanuvchi yuzasiga keskich asbob yaqin keltiriladi va boshlanish uchastkasidan qisqa masofada sinov qirindi olinib keskich oldingi holatiga surib qo’yiladi, so’ngra esa dastgoh to’xtatiladi. Ishlangan sirt o’lchagich asbob bilan o’lchab ko’riladi, chizmadagi o’lchamdan chetga chiqishi aniqlanib, keskich asbobning holatiga tuzatish kiritiladi, bu tuzatish dastgoh limbi bo’yicha hisoblanib, amalga oshiriladi. Кeyin esa yana, tanavorning shu uchastkasiga ishlov berilib sinov qirindisi olinadi va o’lchanadi va bu aniq o’lchamga erishguncha davom ettiriladi. Undan keyin tanavorga butun uzunligi bo’yicha ishlov beriladi." Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash" usulida keskichni tanavorga nisbatan to’g’ri holati o’rnatiladi va talab etilgan o’lcham aniqligi ta’minlanadi. Navbatdagi tanavorga ishlov berishda bu uslubni qo’llash yana takrorlanadi. «Aniqlikka еrishguncha ishlov berish va о’lchash» usuli quyidagi afzalliklarga еga: -noaniq dastgohlarda aniq ishlov berishga еrishiladi; tanavorga noaniq dasgohda ishlov berilganda, yuqori malakali ishchi bu usul yordamida tanavor xatoligini aniqlashi va yо’qotishi mumkin; -mayda tanavorlar partiyasiga ishlov berganda, ushlanuvchi о’lchamlarning aniqligiga keskich asbob eyilishining ta’sirini yо’qotadi; bu usul bilan asbob holatini aniqlab, asbob eyilishiga bog’liq bо’lgan talab asosida kerakli tuzatishlar kiritiladi; -noaniq tanavorlarda qо’yimlarni tо’g’ri taqsimlashga еrishiladi va ishga yaroqsizlik poydo bо’lishining oldi olinadi; -kichik о’lchamga еga bо’lgan tanavordan bichish (razmetkalash) natijasida ishga yaroqli bо’lgan detal olish mumkin; -ishchini, murakkab va qimmat baho moslama ishlatish (konduktor-moslamalarga о’xshash) aylanuvchi va bо’luvchi moslamalar va boshqalardan ozod qilinadi; Teshik markazlari va ishlanuvchi yuzalarning о’zaro joylashuvi bichish asosida aniqlanadi. Shuning bilan bir qatorda bu usul quyidagi jiddiy kamchiliklarga еga: -ishlov berishda erishilgan aniqlik, kesib tushiriluvchi qirindining minimal qalinligiga bog’liqdir; -etkazib charxlangan keskich bilan tokarlik ishlovi berishda qirindi qalinligi 0,005 mm dan kam emas, oddiy charxlangan keskich bilan ishlov berilganda bu miqdor 0,02 mm ni tashkil еtadi (keskich bir-oz о’tmaslashganda еsa bu miqdor hatto 0,05 mm gacha etadi); -aniqki, bu usul bilan ishlanganda, ishchi tanavor о’lchamiga qirindi qalinligidan kamroq miqdorda о’zgartish kirita olmaydi, shuningdenk bu qalinlikdan kichikroq bо’lgan о’lcham xatoligi olish kafolatini bera olmaydi; -ishchining aybi bilan ishga yaroqsiz detal paydo bо’lishi, ishlov berishda еrishiluvchi aniqlik ma’lum darajada ishchining diqqat-е’tiboriga ham bog’liq bо’ladi; -mehnat unumdorligining past bо’lishi, ya’ni bu usul qо’llanganda kо’p vaqt sarflanadi; -bu usulda ishlanganda detallarning tannarxi yuqori еkanligi; bu еsa о’z navbatida yuqori malakali ishchilar ishlab, yuqori ish haqqi tо’lanishini talab qiluvchi omillarga bog’liqligi natijasidir. Yuqorida kо’rsatilgan kamchiliklarga kо’ra bu usul, kо’proq buyumlarni yakka va mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda keng qо’llaniladi, shuningdek, tajribali ishlab chiqarishda hamda ta’mirlash va asbobsozlik sexlarida ham qо’llaniladi. Asosan bu usul og’ir mashinasozlikda kengroq qо’llaniladi. B. Aniqlikka avtomatik erishish usuli Bu usul sozlangan dastgohlarda amalga oshiriladi va birinchi usulga xos bо’lgan kamchiliklardan ancha xolisdir. «O’lchamlarni avtomatik olish usuli» bilan tanavorlarga ishlov berishda dastgohlar avvalam bor shunday sozlanishi kerakki, tanavordan talab еtilgan aniqlikka avtomatik ravishda еrishilsin va h.k. hamda uning aniqligi ishchining malakasiga va diqqat-е’tiboriga bog’liq bо’lmasin. 6.1. Rasm. O’lchamlarni avtomatik olish usuli bо’yicha tanavorlarga ishlov berish Tanavor 2-ni a va b о’lchamlarini olish uchun uni frezalashda (6.1,a-rasm) frezalash dastgohi stolining balandligi bо’yicha dastlab shunday о’rnatiladiki, qisqichning qimirlamas labi-1 tayanch yuzasi, freza aylanish о’qi orasidagi К=Dfr / 2 + a masofada tursin. Shuningdek freza - 3 yon yuzasi (stolning kо’ndalang yо’nalishida) qimirlamas labining vertikal yuzasidan b masofaga uzoqlashtiriladi. Bu, dastlabki sozlashda birinchi tanavor uchun "Aniqlikka еrishguncha ishlov berish va о’lchash" usulidan foydalaniladi. Shunday sozlashdan keyin, partiyadagi barcha tanavorlarga oraliq о’lchovlar qо’llanilmasdan ketma-ket ishlov beriladi (bu erda tanlab nazorat qilish istisnodir) va dastgoh stolini kо’ndalang va vertikal yо’nalishlarida qо’shimcha harakatlarsiz bajariladi. k va b о’lchamlar, ishlov berish jarayonida о’zgarmasdan qolsa, ishlanuvchi tanavorlar a va b о’lchamlari shu berilgan sozlangan dastgohlarda ishlov berilganda bir xilda saqlanadi. Xuddi shuningdek, tanavor-2 (6.1,b-rasm) yon yuzasini kesib tushirishda ham, tanavor о’lchami a qisqich moslama-1 yon yuzasi bilan tayanch-4 yuzasigacha bо’lgan s masofa bilan aniqlanadi. Tayanch-4 еsa о’z navbatida keskich-3 ning keyingi siljishini chegaralab, va tayanch-4 yuzidan keskich tig’i qirrasigacha bо’lgan masofa b ham ushlanadi. Bu о’lchamlar, shu sozlangan dastgohda doimiy bо’lsa, ishlanuvchi tanavor о’lchami a ning aniqligi о’zgarmas saqlanadi. Shunday qilib, "Aniqlikka avtomatik еrishish" usuli sozlangan stanoklarda bо’lganligi uchun, talab еtilgan ishlov berish aniqligi ishchi-operatorga bog’liqlikdan, birinchidan dastlab dastgohni sozlagan sozlovchiga, maxsus moslama tayyorlagan asbobsozga va tanavordagi baza va о’lchamlarni belgilab beruvchi hamda о’rnatish va mahkamlash uslubini aniqlovchi hamda kerakli moslama loyihasini belgilovchi texnologga о’tadi. «Aniqlikka avtomatik еrishish» usulining afzalliklari quyidagilar: -Ishlov berish aniqligining ortishi va ishga yaroqsizlikning kamayishi; -Qirindi qalinligiga ishlov berishning bog’liq еmasligi (chunki qо’yim, sozlangan dastgohda boshidan о’zi bu miqdordan kо’proq qilib tayinlanadi) va ishchi malakasiga va uning diqqat-еtiboriga bog’liq bо’lmaydi; -Birlamchi bichish-razmetkalashga vaqt ketkazilmasligi, sinov qirindi olib, keyin hosil bо’lgan yuzani о’lchab ovora bо’lmaslik, natijada ishlab chiqarish unumdorligining oshishi; -Bundan tashqari tanavorga ishlov beruvchi ishchining ishonch va xotirjamlik bilan tayanchga tirab ishlashi; ishlov berish jarayonida ritmik harakatlarning kamayishi hisobiga ishchining kam charchab, yuqori unumdorlikka еrishishi. Yuqori malakali ishchini rasional ishlatilsa, sozlangan dastgohlardagi ishlar, shogird-operatorlarga topshirilsa ham bо’ladi; -Кeyinchalik avtomatlashtirishni rivojlantirib borilsa bu vazifalar stanok-avtomatlar va dastur orqali boshqariluvchi dastgohlar zimmasiga yuklansa ham bо’ladi; -Yuqori malakali ishchilar dastgohlarni sozlab, 8-12 tagacha bо’lgan dastgohlarni boshqarish bilan band qilinadi, natijada har-xil sarflar kamayib, ishlab chiqarishning tejamkorligi ortadi. Bu usulning afzalligidan seriyalab, yirik seriyalab va ommaviy (kо’plab) ishlab chiqarishlarda keng qо’llaniladi. Bu usulni mayda seriyalab ishlab chiqarishda qо’llansa tejamkorlik jixatdan yaxshi natijalar bermaydi va о’zini qoplay olmaydi, chunki partiyadagi detallar soni juda ham kam bо’lganligi sababli maxsus dastgohlarni, moslama va asboblarni, shuningdek sozlash jarayonlarini qо’llash о’zini qoplay olmaydi, tayyorlangan detalning tannarxi juda ham yuqori bо’ladi; jiddiy texnologik tayyorgarlik, texnologik jarayonni puxta qilib yaratish va puxta sozlash sxemalarini qо’llash mayda seriyalab ishlab chiqarish sharoitida amalga oshirilmaydi. Ко’rib chiqilgan har bir berilgan aniqlikka еrishish usulida о’ziga xos har-xil sabablarga kо’ra paydo bо’luvchi sistematik va tasodifiy ishlov berish xatoliklari kuzatiladi. Bu еsa, aniqlikka turli omillarning ta’sir еtishi natijasidir. 3. Aniqlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar quyidagilar: -Dastgohlarning noaniqligi, emirilishi va deformasiyalanishidan hosil bо’luvchi xatoliklar; -Texnologik tizimning haroratdan deformasiyalanish hatoligi; -Texnologik tizimning bikirligi; -Кeskich asboblar eyilishining ta’siri; -Dastgohlarni sozlash hatoligi; -Detallarni moslamalarga о’rnatish hatoligi; -Tanavorlarning nusxalanish hatoligi; -Tanavorlarning ichki kuchlanishidan sodir bо’luvchi xatoliklar va boshqalar. Tekshirish uchun savollar 1. Mashinasozlikda aniqlik tushunchasini ta’riflab bering. 2. Tokarlik dastgohida detallar tayyorlash aniqligini tekshirish usullari qaysilar? 3. Tayyorlanuvchi detallarda sodir bо’luvchi asosiy geometrik xatoliklarni tasvirlab bering. 4. Aniqlikka еrishguncha ishlov berish va о’lchash usulini tavsiflab bering. 5. Aniqlikka avtomatik еrishish usulini tavsiflab bering. 6. Aniqlikka ta’sir kiluvchi asosiy faktorlar qaysilar? 7- M A`R U Z A Mavzu "Aniqlikni tekshirish va baholash usullari". Mavzu rejasi: 1. Statistikada sistematik xatoliklar tо’g’risidagi tushunchalar; 2. Aniqlikni еgri chiziq taqsimoti usulida tekshirish: a) detallar о’lchamlarining jadval usulidagi taqsimoti; b) detallar о’lchamlarining grafik usulidagi taqsimoti; 3. Tabiiy taqsimot qonuni (Gauss qonuni); 4. Boshqa konuniyatlar tо’g’risida tushunchalar; 5. Aniqlikni nuqtali diagrammalar qurish asosida tekshirish usuli. Adabiyotlar: [ 2 ] – 45-72 betlar, [ 4 ] –90-105 betlar. Tayanch sо’zlar: 1.Gistogramma. 2. Sistematik xatoliklar. 3. O’zgaruvchan xatoliklar. 4. Tasodifiy xatoliklar. 5. Takrorlanish. 6. Nisbiy takrorlanish. 7. Taqsimot maydoni. 8. Gauss qonuni. 9. Simpson qonuni. 10. Boshqa qonunlar. Statistikada sistematik xatoliklar tо’g’risidagi tushunchalar Ma’lumki, matematika statistikasi bо’yicha texnologik sistemada sodir bо’luvchi barcha xatoliklar uch guruh xatoliklarga birlashtiriladi. Bular: sistematik doimiy xatoliklar, sistematik qonuniy о’zgaruvchan xatoliklar va sistematik tasodifiy xatoliklar. Sistematik doimiy xatoliklarga; texnologik sistemaning geometrik, kinematik, sozlash xatoliklarini kiritish mumkin. Sistematik qonuniy о’zgaruvchan xatoliklarga; texnologik sistemaning haroratdan deformasiyalanishi, u еlementlarining va keskich asboblarining eyilishi va boshqalar kiradi. Tasodifiy xatoliklarga; texnologik sistema bikirligining о’zgaruvchanligi, ishlanuvchi tanavorlar kesib tashlanuvchi qatlamlarining bir xil о’lchamda bо’lmasligi, ular yuza qatlamlari qattiqligining xar xilligi, noma’lum ichki kuchlanishining mavjudligi, о’rnatuv hatoligi va boshqa xatoliklarni kiritish mumkin. Aniqlikni egri chiziq taqsimoti usulida tekshirish Detallar tо’plamiga sozlangan stanoklarda ishlov berilgan paytda tasodifiy xatoliklar ta’siri natijasida har bir tanavorning haqiqiy о’lchami tasodifiy kattalik bо’lib, ma’lum oraliqlar chegarasida har xil qiymat qabul etishi mumkin. O’zgarmas sharoitda ishlangan detallar haqiqiy о’lchamlari qiymatlarining yig’indisi, о’sib (kattalashib) borish tartibi bо’yicha joylashtirishi va shu о’lchamlarning takrorlanishi (nisbiy takrorlanishi) detallar о’lchamlarining taqsimoti deyiladi. Detallar tо’plamining о’lcham taqsimotini jadval yoki grafiklar kо’rinishida ham berish mumkin. Amalda detallarning haqiqiy о’lchamlarini intervallarga yoki razryadlarga shunday qilib bо’linadiki, bunda о’lchash xatoligini kompensasiya qilish uchun interval bо’lagining qiymati, о’lchov asbob shkalasi bо’lagining qiymatidan bir qancha kattaroq qilib olinadi. a). Detallar о’lchamlarining jadval usulidagi taqsimoti. Masalan, sozlangan stanokda ishlangan 100 ta detallar haqiqiy о’lchamlari о’lchaganimizdan keyin 30,00 mm bilan 30, 35 mm oralig’ida joylashgan bо’lsin (5.1-jadval). b). Detallar о’lchamlarining grafik usulidagi taqsimoti. 7.1-jadval
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar bо’yicha о’lchamlarning grafik taqsimotini qurish mumkin. Agarda, abssissa о’qi bо’ylab о’lchamlarning oraliqlarini joylashtirilsa ordinata о’qi bо’ylab ularga mos keluvchi takrorlanishlar yoki nisbiy takrorlanishlar joylashtiriladi, natijada gistogramma taqsimoti deb ataluvchi zinalik chiziq hosil bо’ladi (7,1-shakl). Agarda, har bir oraliqning о’rtasiga tо’g’ri keluvchi nuqtalarni ketma-ket о’zaro birlashtirilsa empirik egri chiziq taqsimoti yoki maydon taqsimoti deb ataluvchi kesik egri chiziq hosil bо’ladi. Gistogrammali taqsimot qurish uchun, о’lchanuvchi detallar soni 50 dan va oraliqlar soni 5 dan kam bо’lmasligi kerak hamda taqsimot egri chizig’ining eng baland nuqtasi о’rta о’lchamga yaqin bо’lishi uchun oraliqlar soni toq sonda (5,7,9,...va h.k.) bо’lishi maqsadga muvofiqdir. 7.1 – rasm. O’lchangan detallar 7.2-rasm. Tabiiy taqsimot о’lchamlarining taqsimoti qonuni (Gauss qonuni) Tanavorlarga har xil sharoitlarda ishlov berishda ularning haqiqiy о’lchamlarining taqsimlanishi (yoyilishi) ham turli matematik qonunlarga bо’ysunadi, ammo mashinasozlik texnologiyasida katta amaliy ahamiyatga ega bо’lgan qonunlar quyidagilardir: 1. Tabiiy taqsimot qonuni (Gauss qonuni). 2. Simpson qonuni. 3. Teng ehtimollik qonuni. 4. еkssentrisitet qonuni (Reley yoki Maksvell qonuni) 5.Yuqorida sanalgan qonunlar kombinasiyasi. 3.Tabiiy taqsimot qonuni (Gauss qonuni). Professorlar A.B.Yaxin, A.A.Zыkov va boshqa olimlarning о’tkazgan kо’p sonli tekshirishlari shuni kо’rsatadiki, sozlangan dastgohlarda ishlangan tanavorlarning haqiqiy о’lchamlarining taqsimlanishi (joylashishi) juda kо’p hollarda normal taqsimot qonuniga (Gauss qonuniga) bо’ysunar ekan. Ishlov berishning natijaviy xatoligi bir vaqtda ta’sir kо’rsatuvchi, dastgohga, moslamaga, keskich asbobga va tanavorga bog’liq bо’lgan kо’p sonli xatoliklar natijasida shakllanadi, qaysiki ular deyarli о’zaro bir-biriga bog’liq bо’lmagan tasodifiy miqdorlardir; har birining natijaviy xatolikka ta’siri birinchi tartibli, shuning uchun ishlov berishning natijaviy xatoliklar taqsimoti, demak, ishlanuvchi tanavorlar haqiqiy о’lchamlarining taqsimlanishi tabiiy taqsimot qonuniga bо’ysunadi. Tabiiy taqsimot egri chizig’ining tenglamasi quyidagi kо’rinishga ega: Y = (1 /) e – (Ai – Ao’r) 2 / 2 2, (7.1) bunda; -о’rtacha kvadrat og’ish, quyidagi formuladan topiladi: = yoki =, (7.2) bu yerda: N -partiyadagi detallar soni; Ai -odatdagi detallarning yо’nalishdagi haqiqiy о’lchamlari; Ao’r-berilgan partiyadagi detallar haqiqiy о’lchamlarining о’rtacha arifmetik qiymati; e - natural logarifmlar asosi O’lchashlar yig’indisining o’rtacha qiymati (Ao’r) quyidagi formula bilan ifodalanadi: Ao’r = (A1 + A2 + A3 +...+ An) / N yoki Ao’r = Σ Ai / N (7.3) Tabiiy taqsimotning differensial qonunini ifodalovchi egri chiziq 7.2-rasmda kо’rsatilgan. Berilgan partiyadagi detallar haqiqiy о’lchamlarining Ao’r - о’rtacha arifmetik qiymati о’lchamlar guruhlashish markazin (joylashishini) holatini tavsiflaydi. Grafikdan kо’rinib turibdiki, egri chiziq absissa о’qiga asimptotik yaqinlashadi va +3, -3 dan X = Ao’r masofada absissa о’qiga shunday yaqin keladiki, bu chegarada egri chiziq bilan о’ralgan maydonning umumiy sathini 99,73 % ini tashkil qiladi, shuning uchun amalda egri chiziq chо’qqisidan uning tarmoqlari (uchlari) absissa о’qi bilan +3,-3 masofada kesishadi deb hisoblanadi. "A" kattalik tasodifiy kattalikning gruppalashish (yig’ilish) markazini kо’rsatadi, "" kattalik esa bu guruhlashish qanchalik zich о’tayotganligini kо’rsatadi, qaysiki bu detallar tо’plamining aniqligiga qо’llanilishi bо’yicha aniqlik о’lchovi bо’lib xizmat qiladi. Sozlangan stanoklarda ishlangan detallar tо’plamining aniqligini matematika statistikasi bо’yicha aniqlash, detallar tо’plamining о’lchamlar yoyilish maydoni, chizmada belgilangan о’lchamlar dopuski bilan taqqoslashga olib kelinadi va о’lchamlari belgilangan dopusk ichiga kiruvchi detallar soni topiladi. 5.1 tenglamani tahlili shuni kо’rsatadiki, ya’ni tabiiy taqsimot egri chizig’i ordinata о’qiga nisbatan simmetrik joylashgan +A va -A qiymatlariga ordinata yning bir xil miqdori mos keladi. Ai = Ao’r bо’lganda egri chiziq maksimal qiymatga ega. ymax = 1 / 0,4 / . (7.4) ± masofada egri chiziqning eng baland nuqtasidan pastroqda ikkita egilish nuqtalariga (A va B nuqtalar) ega. еgilish nuqtalarining ordinatalari quyidagicha yA = yB = 1/* = ymax / = 0,6 * ymax 0,24 / . (7.5) 5.1 formuladan kо’rinib turibdiki -о’rtacha kvadratik og’ish miqdori ortishi bilan ordinata ymax miqdori kamayadi, taqsimot maydoni w = 6 esa ortadi; buning natijasida egri chiziq biroz yoyilgan va pastroq bо’lib qoladi, ya’ni о’lchamlarning joylashishi kattalashishidan va, demak aniqlikning kichikligidan dalolat beradi. Bu ma’noda -о’rta kvadrat og’ish taqsimlanishning yoki aniqlikning о’lchovi bо’lib xizmat qiladi. -ning tabiiy taqsimot egri chiziq shakliga ta’siri 5.3-shaklda kо’rsatilgan. Detallar о’lchamlarining faktik (haqiqiy) taqsimlanish maydoni w = 6 * . (7.6) Amalda turli sistematik о’zgaruvchan va tasodifiy sabablar ta’siridan taqsimot egri chiziq balandligi taqsimot maydoni о’rtasidan u yoki bu tomonga siljib qoladi, egri chiziq shakli о’zgarishi mumkin, buning natijasida tabiiy taqsimot faktik egri chizig’i simmetrik bо’lmay qolishi mumkin. Bu holda о’lchamlar guruhlashish markazi koordinatasi Et Ai va taqsimot maydoni о’rtasining koordinatasiga teng emas (5.4-rasm), ya’ni: E m Ai = E cw Ai . (7.7)
Guruhlashish markazining siljishini nisbiy asimmetriya koeffisienti miqdori bilan tavsiflaydi, qaysiki quyidagi formuladan aniqlanadi = (EmiAi – Ecw)/ (w / 2) yoki = (EmAi - EcAi ) / (T / 2). (7.8)
= P * S , (7.9) bu yerda, S – o’rtacha kvadratik chetga chiqish, uni partiyadagi detallarning o’lchamlari asosida (7.2) formula bo’yicha aniqlanadi ; P – partiyadagi detallar sonini hisobga oluvchi koeffisient (7.2 - jadval). 5.2-jadval. S ni -ga nisbatan aniqlashda maksimal xatolik ∆S va koeffisient P ning qiymatlari
Tabiiy taqsimot qonuni (Gauss qonuni) kо’p hollarda tanavorlarni IT8, IT9, IT10 kvalitet va undan dag’alroq aniqlikda mexanik ishlash uchun haqqoniy ekan. Deyarli aniq ishlov berishlarda esa о’lchamlarning taqsimlanishi boshqa qonuniyatlarga bо’ysunadi. 4.Boshqa qonuniyatlar tо’g’risida tushunchalar. Teng yonli uchburchak qonuni (Simpson qonuni). Tanavorlarni IT7, IT8 va ba’zi bir hollarda IT6 kvalitet aniqlik bilan ishlashda ular о’lchamlarining taqsimlanishi kо’p holatlarda Simpson qonuniga bо’ysunadi, qaysiki u grafikaga oid teng yonli uchburchak shaklida ifodalanadi (5.5,a-rasm) quyidagi taqsimot maydoni bilan W= 2 * - 4,9 (7.10) - о’rtacha kvadratik og’ish miqdori bu hol uchun ham 5.2 formuladan aniqlanadi. Teng ehtimollik qonuni. Agar о’lchamlarning taqsimlanishi faqat о’zgaruvchan sistematik xatoliklarga (masalan, keskich asbobning eyilishiga) bog’liq bо’lsa, ishlangan partiya detallar haqiqiy о’lchamlarining taqsimlanishi teng ehtimollik qonuniyatiga bо’ysunadi. Masalan, keskich asbob eyilishining turg’unlashgan paytida uning о’lchamlarini vaqt ichida kichiklashishi tо’g’ri chiziqli qonunga bо’ysunadi, ya’ni ishlanuvchi tanavorlar diametrlarini tegishlicha kattalashtiradi (vallarni ishlashda). 7.5-shakl. Ishlangan detallar о’lchamlarini Simpson (a) va teng ehtimollik qonunlari (b, v) bо’yicha taqsimoti Tabiiy, ya’ni ishlanuvchi tanavorlar о’lchamlarini T2 - T1 vaqt ichida 2L= B- a miqdorga о’zgarishi ham tо’g’ri chiziq qonuniyati bо’yicha bо’ladi (7.5,b-shakl). a dan B gacha oraliqda detallar о’lchamlarining taqsimlanishi teng ehtimollik qonuni bо’yicha tо’g’ri tо’rtburchak bilan ifodalanadi (7.5, B-rasm) asosi 2l va balandligi (ordinatasi) 1 / 2L. Tо’g’ri tо’rtburchak maydoni birga teng, ya’ni a dan B gacha oraliqda detallar о’lchamlarining paydo bо’lish ehtimolligi 100% ni tashkil etishini bildiradi: O’lchamning о’rtacha arifmetik qiymati quyidagicha Lo’r = (a + B) / 2. (7.11) O’rtacha kvadratik og’ish . (7.12) Faktik taqsimot maydoni W = 2 3,46. (7.13) Teng ehtimollik qonuni oshirilgan yuqori aniqlikdagi (IT5, IT6 kvalitet va yuqoriroq) tanavorlar о’lchamlarining taqsimlanishida va ularni "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va о’lchash" usuli bilan ishlashda keng tarqalgan. Tanavorlarni ishga yaroqli qilib tayyorlash ishonchliligini о’rnatish. Tanavorlarga ishlov berishning talab etilgan aniqligini ta’minlash ishonchliligi, berilgan amal aniqlik zahirasi t ni tavsiflaydi, qaysiki quyidagi formula bilan aniqlanadi. t = T / w , (7.14) bunda; T - tanavorga ishlov berish dopuski; w - tanavorlar о’lchamlarining faktik taqsimot maydoni. w taqsimot maydoninig qiymati, ishlanuvchi tanavorlar о’lchamlarining taqsimlanishini turli qonunlar uchun quyida keltirilgan: Tabiiy taqsimot qonuni (Gauss qonuni).................. ..............6. Teng yonli uchburchak qonuni (Simpson qonuni).2 = 4,9. Teng ehtimollik qonuni..........................................2 = 3,46. Ekssentrisitet (Reley qonuni).................................3,44o, 5,25r. a(t) chiziqli funksiya = 3………………4,74a…………………= 10……..3,76a =6……………….4,14a. = 24……..3,66a O’lchamlarning taqsimlanish qonunlarini amalda qo’llash uchun ishlov berish aniqligini tahlil qilish. Yuqorida keltirilgan o’lchamlar taqsimoti qonunlaridan mashinasozlik texnologiyasida texnologik jarayonlarni ishonchli loyihalash uchun ishga yaroqli qilib ishlov berishni ta’minlash; ishlov berishda ishga yaroqsizlik ehtimoli bor buyumlar sonini hisoblash; ishlov berilgan tanavorlarga yana qo’shimcha ishlov berish talab etilagiganlarining sonini aniqlash; aniqligi past bo’lgan dastgohlardan unumdorligini yuqori qilib foydalanishning iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiqligini hisoblash; jixjzning, asbobning, moylash sovutish suyuqligining va shu kabilarning turli holatida tanavorlarga ishlov berish aniqligini solishtirish uchun qo’llaniladi. Tanavorlarga ishga yaroqli qilib ishlov berishning ishonchliligini tayinlash Qachon aniqlik zahirasi t > 1,0 - tanavorlarga ishlov berishda ishga yaroqsizlikka yo’l qo’yilmay bajarilishi mumkin. t < 1,0-ishga yaroqsiz detallar tayyorlash ehtimolligi bor. Faqat t 1,2, bo’lsa ishlov berish jarayoni ishonchli hisoblanadi. 7.6-rasm. O’lchamlarning turli taqsimlanish Qonunlari uchun tanavorlarga ishg yaroqli ishlov berish sharti O’lchamlar taqsimotining barcha qonunlari uchun ham tanavorlarni ishga yaroqli qilib tayyorlash sharti quyidagi ifoda bilan hisoblanadi w < T (7.15) O’lchamlarning faktik taqsimot maydoni o’rnatilgan dopuskdan kichik ekanligini ko’rsatadi. Tabiiy taqsimot uchun bu ifoda quyidagicha 6 < T . (7.16) Taqsimot maydoni siljishini chaqiruvchi sist sistematik xatolikning bor bo’lishida ishga yaroqli tanavor tayyorlash sharti 6 +sist < T, (7.17) bu erda, sist. sozlash hatoligiga teng, ya’ni sist = sozl Ishga yaroqsizlik ehtimolligi bor detallar sonini hisoblash Qachonki berilgan amaldagi tanavorlar o’lchamlarining taqsimot maydoni dopusk maydonidan ortib ketsa ishga yaroqsiz detallar paydo bo’lish ehtimolligi bor bo’ladi. Ishlov berilgan partiyadagi hamma tanavorlarning ishga yaroqsizlik ehtimolligi foizi quyidagicha hisoblanishi mumkin. O’lchamlarning Gauss qonuni bo’yicha taqsimotida, 0,27 % xatolikka yo’l qo’yiladi deb hisoblanadi, qaysiki partiyadagi hamma tanavorlarning haqiqiy o’lchamlari taqsimot maydoni w = 6 = Lfak.max - Lfak.min oralig’idadir. Bu holda tabiiyki,ya’ni tabiiy egri chiziq va absissa o’qi bilan o’ralgan maydon (5.7,a-rasm) birga teng va partiyadagi tanavorlar 100 % ekanligini aniqlaydi. Maydonning shtrixlangan uchastkasi, o’zining o’lchamlari bilan dopusk chegarasidan chiqqan tanavorlar sonini bildiradi. Ishga yaroqli tanavorlar sonini aniqlash uchun dopusk uzunligiga teng keluvchi (T = Lrux.max - Drux.min) egri chiziq va absissa o’qi bilan chegaralangan maydonni topish zarur. Dopusk maydoniga nisbatan taqsimot maydoni simmerik joylashganda (7.7, a-shakl) Gauss egri chizig’i va abscissa Xo bilan chegaralangan maydonni yarmini aniqlovchi integralning ikkilangan qiymatini topish kerak, 7.7-rasm. Taqsimot maydoni dopusk maydoniga nisbatan (a) simmetrik va (b) nosimmetrik joylashishida ishga yaroqsizlik bo’lishi ehtimolligi soni. (t) = 1/ e(L i-Lo’r) 2/ 22 * dL. (7.18) 5.18 ifodani Laplasning ma’lum funksiyasi shakliga o’xshash normalashtirilgan ko’rinishda quyidagicha yozish mumkin, (t) = 1 /et 2 / 2 dt. (7.19) Bu funksiya qiymatlari t ning qiymatlariga bog’liq holda ma’lum adabiyotlarda yoki [1,2] larning oxirida tabulyasiyalashtirilgan. 5.19 formuladagi t taqsimotning normalashtirilgan parametri yoki tavakallik koeffisienti ekanligini bildiradi va quyidagi ifodadan aniqlanadi. t = (Li-Lo’r) / = Xo / . (7.20) t qiymatlari ortishi bilan o’lchamlari dopusk maydoniga to’g’ri keluvchi detallarning soni ortib boradi va ishlov berishda kutiluvchi ishga yaroqsiz detallar soni kamayadi. O’lchamlar Gauss qonuni bo’yicha taqsimlangan bo’lsa kutiluvchi ishga yaroqsizlik foizi (tavakallik P foizi) taqsimotning normalashtirilgan parametriga bog’liq holda quyida keltirilgan qiymatlarga mos ravishda aniqlanishi mumkin. Tavakallik Foizi P: 0,1; 0,2; 0,27; 0,5; 1; 2,0; 3; 4; 5; 10; 32,0. Qiymat t: 3,29; 3,12; 3; 2,80; 2,57; 2,33; 2,17; 2,06; 1,96; 1,65; 1,00. yoki quyidagi 7.3-jadvaldan aniqlash mumkin, 7.3-jadval. (t) funksiya qiymatlari
Ma’lumki, Laplas funksiyasini echish Xo va larning konkret qiymatlariga bog’liq emas, balki 7.20 formulaga mos ravishda ularning nisbatiga bog’liq bo’ladi. Shunday qilib, ishlangan tanavorlarning ishga yaroqliklarini hisoblash 7.20 formula bo’yicha t qiymatini va shu qiymat bo’yicha (t) ni 7.3-jadvaldan topishga olib kelinadi va ishga yaroqsiz tanavorlar foizi yoki soni topiladi. Argument t ning o’zgarish jadvali bor bo’lsa aniqlikni topish qiyin emas. 1-misol. Aytaylik, ishga yaroqsiz detallar olish extimolligini aniqlash zarur bo’lsin, agar konkret mavjud ishlov berish holati uchun o’rtacha kvadrat chetga chiqish = 0,02 mm, ishlov berish uchun dopusk IT = 0,08 mm bo’lsin. Dopusk maydoni chegarasi (7.7 – rasm, b ga qar.) guruhlashish markazidan x1 = 0,06 mm va x2 = 0,02 mm. masofada joylashgan bo’lsin. Ishga yaroqsizlik paydo bo’lish extimolligini toping? Echimi : Avval t1 va t2 qiymatlarini topamiz : t1 =x1/ = 0,06/0,02 = 3; t2 = x2 / = 0,02 / 0,02 = 1. 7.3 – jadvaldan topamiz F’1 = 0,5 (t1) = 0,4986; F’2 =0,5 (t2) = 0,3413. Ishga yaroqsizlikni olish extimolligi P = 1 – (F’1 + F’2) = 1 – (0,4986 + 0,3413) = 0,16. Aytaylik bizni, agar texnologik tizimni sozlash yo’li bilan guruhlashish mfrkazini dopusk maydoni o’rtasiga tushurb, ishga yaroqsizlik extimolligini birqanch kichraytirish qiziqtirsin. Yani t1 = t2 = t = 0,04 / 0,02 = 2 bo’lsin. 7.3 – jadvaldan topamiz F’1 =F’2 = 0,5 (t) = 0,4772. Ishga yaroqsizlik olish extimolligi P 1 (F’1 + F’2) = 1 – (0,4772 + 0,4772) = 0,046. Avvalgi holatga qaraganla 11,5% ga kamaydi. 2-misol. Revolverli stanokda latundan nayyorlangan 300 donavaliklar partiyasiga ishlov berilmoqda. Ishlov berish uchun dopusk T=0,10 mm. Keskichning materiali olmos, partiyadagi zagatovkalarga ishlov berishda keskichning eyilish miqdori kam bo’lganligi uchun hisobga olmaymiz. Agar stanokni sozlashda o’lchamlarning taqsimlanish egri chizig’i ruxsat etilgan maydonga nisbatan (7.7-rasm, a) simmetrik joylanishi ta’minlansa, yaroqli va yaroqsiz detallar sonini aniqlang. Detallarning 75 nasining o’lchamlarini o’lchaganda (7.9) formula orqali va 5.2-jadvaldan = 0,925 mm ni topamiz. Echimi: 1. O’lchamlarning taqsimoti Gauss qonuniga bo’ysunadi (ishlov berish sozlangan stanoklarda, sistematik xatoliklar yo’q deb qaraymiz). 2. Haqiyqiy taqsimot maydoni w = 6 = 6*0,025 = 0,15 mm. Demak, w >T, berilgan T= 0,10 mm. Aniqki, yaroqsiz detallar chiqich extimolligi bor, chunki taqsimot maydoni ruxsat etilgan maydondan katta. 3. Hisobga binoan: X0=T/2=0.1/2=0,05 mm va t=X0 /=0,05/0,025=2,0 Demak, (t)=0,4772 (5.3-jadval), y’ani partiyaning yarmiga nisbatan 47,72% yaroqli detallarga to’g’ri keladi. Partiyadagi barcha detallaga nisbatan yaroqli detallar 95,44% ni tashkil qiladi yoki 286 dona yaroqli, yaoqsizlari esa 4,56% yoki 14 donani tashkil qiladi. 3-misol. Boshlang’ich ma’lumotlar oldingi misoldagining o’zi. Agar sozlash xatoligi ∆s o’lchamlarning taqsimot egri chizig’i cho’qqisining holatini ruxsat etilgan maydonning o’tasidan o’ngga 0,02 mm siljitsa (7.7-rasm, b), detallarning yaroqli, yaroqsiz, o’lchami kichik va juda katta o’lchamlarning soni hamda umumiy yaroqsiz detallar soni aniqlansin. Echimi: 1. A maydonda XA va tA (7.7-rasm, b) qiymatlani hisoblaymiz : XA= T/2+ ∆s =0,05 + 0,02 = 0,07; tA = XA / = 0,07 / 0,025 = 2,8. 7.3-jadvalga asosan, ya’ni 49,74% yaroqli va 0,26% yoki 1 ta detal yaroqsiz, u ham bo’lsa, uning diametri o’lchamining juda kichikligi. 2. B maydonida XB va tB ni qiymatlarini aniqlaymiz : XB = T / 2 - ∆s = 0,05 – 0,02 = 0,03 ; tBQ = XB / = 0,03 / 0,025 = 1,2. 7.3-jadvalga asosan, (t) = 0,3849, ya’ni 38,49% detallar yaroqli va 11,5% yoki 34,5 dona detalning diametri juda katta bo’lib, dopusk maydonidan tashqaida joylashganligi uchun yaroqsiz deb hisoblanadi. 3. Yaroqli detallarning umumiy soni : 49,74 + 38,49 = 88,23% yoki 265 dona. Yaroqsiz detallarning umumiy soni: 11,77% yoki 35 dona. Hisoblardan ko’rinib turibdiki, agar detalning yaroqsizlari nosimmetrik joylashsa, umumiy yaroqsiz detallar soni simmetrik joylashishiga nisbatan ko’p bo’lar ekan, ammo qo’shimcha ishlov berish yo’li bilan olingan yaroqsiz detallar sonini bir muncha kamaytirish mumkin. Masalan, diametri katta bo’lgan valiklarni jilvirlash yo’li bilan ularning diametini kamaytirib yaroqli valik olish imkoniyati bor. 20>40>20> Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling