«mashinasozlik texnologiyasi»
e) Konstruksiya detallarini payvandlash uchun yigʻish
Download 66.55 Kb.
|
Diplom loyixa bajarish bo`yicha Sirtqi
e) Konstruksiya detallarini payvandlash uchun yigʻish.
Konstruksiya detallarini payvandlash uchun yigʻish operatsiyalari tushunarli tilda keng yoritiladi. Unda asosiy va yordamchi jihozlardan foydalanishga ham alohida ahamiyat beriladi. Detallarning payvandlanadigan qirralari koʻrsatilgan rasmlar ilova qilinadi. Yigʻilgan detallar payvandlash jarayonida bir-biriga nisbatan siljib ketmasligi uchun bir necha joyida payvand nuqtalar hosil qilish rejimlari va oʻlchamlari keltiriladi. j) Konstruksiyani payvandlash. Bunda payvandlash rejimlari kerakli darajada keng yoritilgan holda beriladi: tok turi, qutbliligi, kuchi; yoydagi tok kuchlanishi payvandlash tezligi, elektrod simining diametri, payvandlash simini uzatish tezligi, simni gorelka uchidan chiqish uzunligi, himoya gazi yoki flyus sarfi, birlik energiya sarfi, asosiy metallning temperaturasi. Bundan tashqari yana payvandlashda kechadigan metallurgik jarayonlar, payvand chok olish ketma-ketligi va usuli, kontakt payvandlashdagi payvand nuqtalar hosil qilish tartibi, payvand birikma yoki konstruksiyaga nisbatan qoʻyilgan texnik talablarga javob beruvchi texnologik nuqtai-nazardan kerakli boshqa ma’lumotlar yoritiladi. Payvandlashda ishtirok etuvchi maxsus yordamchi jihozlarning vazifalari belgilanadi. Tanlangan payvandlash rejimlari kerakli hisoblar bilan asoslanadi. Texnologik jarayonga kiruvchi operatsiyalardan biri (yoki bir nechtasi) nuqsonlarsiz chok olishni ta’minlaydigan payvandlash texnikasi nuqtai-nazardan keng yoritiladi. i) Payvandlangan birikmaga (konstruksiyaga) termik ishlov berish. Payvandlangan birikmaga termik ishlov berish zarurati (agar kerak boʻlsa) asoslanadi. Payvand birikmaga termik ishlov berish reglamenti yoritiladi. Termik ishlov berishda standart boʻlmagan termik ishlov berish jihozidan foydalanilsa, u haqida keng ma’lumot (tuzilishi, ishlash prinsipi, texnik va texnologik xususiyatlari, rasmlari) beriladi. Agar payvand birikmada deformatsiya qoldiqlari aniqlansa, uni bartaraf etish yoʻli beriladi. Download 66.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling