k) Payvandlash texnologik jarayonini nazorat qilish.
Diplom loyihada payvandlash texnologik jarayonini nazorat qilishning tartibi, tarkibi, hajmi va usullari yoritiladi. Shu bilan birga payvand konstruksiya sifatiga nisbatan qoʻyilgan texnik talablar keltiriladi. Tayyor payvand konstruksiyani topshirishdagi sifat nazoratiga alohida e’tibor beriladi.
l) Konstruksiyani payvandlash jarayoni uchun texnologik xujjatlarni tayyorlash.
Konstruksiyani tayyorlash operatsiyalarining soniga qarab texnologik jarayonning marshrut va operatsiyalararo haritasi (agar operatsiyalar soni koʻp boʻlsa payvandlashning bir yoki ikkita operativ xaritasi tuzilsa yetarli boʻladi) tuziladi. YOki payvandlash texnologik jarayoni uchun ishchi instruksiya (payvandlash jarayoni spesifikatsiyasi) tuziladi. Barcha texnologik haritalar diplom loyihasining kerakli joyiga kiritiladi (ilova qismida berilishiga ham ruhsat beriladi). Boʻlimda konstruksiyani yaratishda ishtirok etuvchi ishchilarning malakasiga nisbatan qoʻyiladigan talablar ham yoritiladi.
6. Konstruktorlik qismi.
6.1.Berilgan konstruksiyani yigʻish va payvandlash uchun maxsus moslama yaratish (yoki mavjudini takomillashtirish).
Berilgan konstruksiyani yigʻish va payvandlashda uning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini hamda ish sharoitini yaxshilanishiga olib keluvchi maxsus moslama konstruksiyasi tavsiya etiladi. Unda moslamaning tuzilishi, ishlash prinsipi, texnik va texnologik xususiyatlari, rasmlari, eskiz va sxemalari kerakli hisoblar bilan toʻldirilgan xolda beriladi.
6.2.Berilgan konstruksiyani yigʻish va payvandlash uchastkasi rejasini tuzish.
Berilgan konstruksiyani yigʻish va payvandlash uchastkasi rejasini tuzishdan maqsad payvand konstruksiyani yigʻish va payvandlash ishlab chiqarish jarayoni va asosiy hamda yordamchi jihozlarni (ularda ishlovchi hodimlar bilan birga) joylashish sxemasi haqida umumiy tasavvur hosil qilishga qaratilgan.
Berilgan konstruksiyani yigʻish va payvandlash uchastkasining rejasi korxonadagi mavjud uchastka sxemasi asosida tuzilishi mumkin.
Izoh: Agar berilgan konstruksiyani yigʻish va payvandlash ishlari ochiq maydonda olib boriladigan boʻlsa, u xolda jihozlarning joylashish sxemasi koʻchma xona koʻrinishida tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |