Mashinasozlik texnologiyasi


Investitsiya muhitini baholash usullari


Download 357.91 Kb.
bet3/6
Sana09.01.2022
Hajmi357.91 Kb.
#264118
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shaxzod

Investitsiya muhitini baholash usullari

Har qaysi investor ma’lum bir mamlakat va uning hududiga investitsiya kiritishdan avval o’sha mamlakat va hududning investitsiya muhitini baholash, uning jozibadorligini aniqlashga kirishadi. Albatta, bunda yuqorida ko’rib o’tilgan omillar o’rganiladi, tahlil qilinadi va shu asosda investitsiya qarorlari qabul qilinadi. Xorijiy investor uchun yuqorida qayd qilingan barcha omillar muhimdir. Shuning uchun ham rivojlangan ko’pgina mamlakatlarda investitsiya loyihalarini baholaydigan, investitsiyalar qo’yilishiga talab bo’lgan davlatlarning investitsiya muhitini o’rganadigan va aniq xulosa va ma’lumotlarni investorlar uchun taqdim etuvchi maxsus firmalar, tashkilotlar mavjuddir. Masalan: Shvetsariya, Germaniya kabi qator mamlakatlarning nufuzli axborot xizmatlari davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy holatini baholash uchun har biri «0» dan «4» gacha bo’lgan (0-qoniqarsiz va 4-o’ta qulay) 4 balli shkala bo’yicha baholanadigan 15 ta muhim ko’rsatkichni hisobga oladigan «BERI» (business environment risk index)ni qo’llaydi. Shu nomdagi firma tomonidan ishlab chiqilgan.

Bir vaqtning o’zida, investitsiyalar samaradorligini aniqlash ularni safarbar etishning istiqbollarini bashoratlashda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, iqtisodiyot bo’yicha investitsiyalar taqsimotining to’g’ri yo’nalishlarini aniqlab olishga imkon beradi. Shu maqsadda foydalaniladigan ICOR (incremental capital-output ratio) koeffitsienti asosiy kapitalga qo’yilgan mablag’larning kelgusi yilda YaIMning o’sishiga ta’sirini aniqlashga imkon beradi va YaIMda investitsiyalar salmog’ining keyingi yildagi YaIMning qo’shimcha o’sish sur’atiga nisbatini ifodalaydi.

ICOR koeffitsienti investitsiya resurslarining samarali ishlatilishini belgilab beruvchi ko’rsatkich hisoblanib, u qanchalik kichik bo’lsa, shunchalik ahamiyatli hisoblanadi va aksincha

Investitsiyalar iqtisodiy o’sishni ta’minlash bilan birga kelgusida investitsiyalash manbalarini yaratish uchun ham xizmat qiladi. Shu sababli yalpi investitsiyalarning YaIMga nisbatan ulushi YaIMning o’sish sur’atidan 4-8 marotaba ko’p bo’lishi lozim. Qolaversa, yalpi investitsiyalarning aholi jon boshiga to’g’ri kelgan miqdorini va uning o’tgan yilga nisbatan o’sish darajasini aniqlash investitsiyalar samaradorligini real baholashning muhim sharti hisoblanadi. Shuningdek, muayyan bir tarmoq bo’yicha yalpi investitsiyalarning samaradorligini aniqlashda joriy davrda tarmoqda band bo’lgan kishilar boshiga nisbatan to’g’ri kelgan o’rtacha investitsiyalar miqdorini hisoblash ham foydalidir.


Download 357.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling