Mashinasozlik texnologiyasi


O’zbekiston Respublikasida qulay investitsiya muhitini muntazam ravishda yaxshilab borish vazifalari


Download 357.91 Kb.
bet6/6
Sana09.01.2022
Hajmi357.91 Kb.
#264118
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shaxzod

O’zbekiston Respublikasida qulay investitsiya muhitini muntazam ravishda yaxshilab borish vazifalari

Bugungi kunda O’zbekistonda qulay investitsiya muhitini muntazam ravishda yaxshilab borishni ta’minlash ustuvor vazifadir. Bunda davlatning asosiy vazifasi kapital jalb qilish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish bilan izohlanadi. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi ko’p miqdorda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatiga ega: kafolat va imtiyozlarni o’zida aks ettiruvchi qonun hujjatlari; iqtisodiyotda xususiy sektor va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi ortib borayotganligi, xususiy mulkning davlat tomonidan himoyalanishi va raqobat muhitining mavjudligi; zarur investitsiya infratuzilmasining yaratilganligi va rivojlanayotganligi; siyosiy barqarorligi; geografik joylashuvining o’rta darajadaligi; boy tabiiy mineral xom ashyoga egaligi; qishloq xo’jaligi sohasining rivojlanganligi; arzon va malakali mehnat resurslarining mavjudligi va boshqalar.

O’zbekistonda investitsiya iqlimining muhim omillaridan biri xorijiy investorlar uchun moliyaviy-iqtisodiy rag’batlar va imtiyozlar tizimining holati va amal qilishi hisoblanadi. Bunda mazkur rag’bat va imtiyozlar ishlab chiqarish sohasida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni ko’paytirishga va asosan, eksport salohiyatini oshirishga qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, respublikada muayyan darajada xorij kapitalini qabul qilish tizimi shakllangan. Bunda xorij kapitaliga nisbatan davlat siyosatini ifoda etadigan huquqiy me’yorlar, qoidalar va muassasalar majmui nazarda tutiladi. Xorij kapitalini qabul qilish tizimi investitsiya muhitining tarkibiy qismiga kiradi va ayni paytda mustaqil hisoblanadi, chunki bu tizimni o’zgartirish xususiyatiga ega.

Xulosa

Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida, davlat ayrim tizimlarning shakllanishiga, yangi hududlar va ishlab chiqarishning o’sishida boshlang’ich manbalarning tashkil etilishiga yoki ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlashga e’tibor qaratishi lozim. Shuningdek, davlat hisobidan investitsiyalarni moliyalashtirishda, ularning strategik rivojlanishida ahamiyatga ega bo’lgan, lekin kelajakda tez samara bera olmaydigan tarmoqlar va ilmiy-tadqiqot ishlarini qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.



Butun dunyoda davlat mablag’lari, asosan, yo’l qurilishi, shahar obodonchiligi va ishlab chiqarish infratuzilmalarining rivojlanishi kabi umumiy miqyosdagi katta ishlarga sarflanadi. Iqtisodiyotning bozor mexanizmiga asoslangan sharoitida davlatning roli asta-sekin torayib borib, uning qo’lida, asosan, davlat miqyosi darajasidagi vazifalar qoladi. Ya’ni, ijtimoiy sohaning boshlang’ich ta’limi, sog’liqni saqlashning tez tibbiy xizmat ko’rsatish sohasi, davlat boshqaruvi va boshqalarni moliyalashtirish byudjet hisobidan amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyot

1.Vaxobov A.V., Xojibakiev Sh.X., Mo’minov N.G. “Xorijiy investitsiyalar”. O’quv qo’llanma.- T.: Moliya, 2010.-328 b.

2.Вахабов А.В., Разыкова Г.Х., Хажибакиев Ш.Х. Иностранные инвестиции и модернизация национальной экономики. Монография. Т.: Молия, 2011.-300 с.



3.Bekmurodov A.Sh., Karrieva Ya.K., Ne’matov I.U., Nabiev D.H., Kattaev N.T. Xorijiy investitsiyalar. O’quv qo’llanma. –T.:Iqtisodiyot, 2010.-166 b.

4.Mamatov B., Xujamkulov D., Nurbekov O. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. – T.: Iqtisod-Moliya, 2014. – 608 b.
Download 357.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling