Jamiyat ravnaqi va istiqboli undagi ta’lim sohasining qanchalik rivojlanganligi bilan bog’liq
Download 31.07 Kb.
|
1Neyropedagogikaning yangi fan sifatida yuzaga kelishi
1Neyropedagogikaning yangi fan sifatida yuzaga kelishi. Jamiyat ravnaqi va istiqboli undagi ta’lim sohasining qanchalik rivojlanganligi bilan bog’liq. Shu sababli hozirgi paytda uzluksiz ta’lim tizimi oldida turgan, strategic ahamiyatga ega bo’lgan masalalardan biri-yangicha ta’limni shakillantirish va xalqaro ta’lim muhitini yaratish bo’lib , ushbu masala respublikamiz rahbariyati va hukumatimiz tomonidan imzolangan bir qator direktev hujjatlarning amalyotga joriy etilganligi yorqin misol bo’la oladi. O’zbekiston Respublikasinig birinchi Prizidenti mazkur masalaga alohida urg’u berib,“Bugun oldimizda turgan o’ta muhum ,ulkan vazifalardan yana biri –bizning o’rnimizga kelayotgan ,o’z fikri ,o’z dunyoqarashi zamonaviy bilim va tafakkurga ega bo’lgan yangi avlod tarbiyasidir” -deganlar. CHunki “chinakam insoniy fazilatlar o’z –o’zidan kelmaydi.Hammasining zaminida tarbiya yotadi”.Bu esa uzluksiz ta’lim tizimi zimmasiga yoshlarda bilim olishga intilish, manaviy va axloqiy poklanish, iymon, insof, diyonat, or-nomus,mehir –oqibat singari insoniy fazilatlarni yanada shakillantirish ularni jismonan va ruhiy jihatdan sog’lom bo’lib o’sish vazifasini yuklaydi. “Biz sog’lom deganda, nafaqat jismoniy , balki manaviy jihatdan ham Sog’lom bolani o’zimizga tasavvur etamiz “ -deganlar I.A.Karimov .Sog’lom bola tarbiyasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylanganligi hamda jamiyatimiz hayotida tutgan o’rniga alohida e’tibor qaratib, I. A. Karimov “Ayni vaqtda bugungi shiddatli zamon , hayotimizning o’zi yosh avlod tarbiyasi borasida oldimizga yangi –yangi , o’ta muhim va dolzarb vazifalarni qo’ymoqda” deb ta’kidlaganlar. Manaviy - ahloqiy jihtdan yetuk va jismonan sog’lom bolalarni tarbiyalashni samaradorligin, ko’p jihatdan, pedgoglarning kimni tarbiyalashlari va qanday tarbiyalashi kerakligini bilishlari bilan uzviy boog’liqdir. Bu esa murabbiy va pedagoglardan ta’lim va tarbiya berish jarayonida ta’lim oluvchi shaxsni har tomonlama va chuqur bilishlarini, ularni psixofeziologik xususiyatlari bilan bir qatorda neyrologik imkoniyatlari hamda jihatlarini hisobga olishni talab qiladi. Download 31.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling