Neyropedagogika – kognitev neyrologiya, differensial sixofeziologiya va neyropsixalogiyaning o’quvchi shaxsi tomonidan turli o’quv materallarini o’zlashtirishda uning bosh miyasi faoliyatida sodir b’ladigan o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlarni hamda o’quvchi va pedagogning individual latersiya profile variantlarining bir-biriga mos kelishini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish to’g’risidagi fandir. Neyropedagogika fani pedagogika, psixalogiya, neyrologiya va kibernetika fanlarining klassik asoslariga tayanib , shaxsga yo’naltirilgan ta’limni o’zida aks ettiradi.
Neyropedagogikaning maqsadi, mazmuni va mohiyati.
Inson bosh miya yarimsharlarining har ikkalasi ham murakkab kognitev jarayonda ishtiok etsa-da , ularningb faoliyat strategiyasi bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Chap yarimsharlar yetakchi bo’lgan odamlar ma’lumotlarni ketma- ket va mantiqiy tahlil qilishi hamda tahlilning xususiy bo’laklardan umumiyga yo’naltirilganganligi bilan ajralib tursalar, o’ng yarimsharlar yetakchi bo’lganlar olamni intutiv va umumiy yaxlitlikda anglashi hamda tafakkurning umumiydan xususiy bo’laklarni tahlil qilishga moyilligi bilan farq qiladilar. Bu holat ta’lim jarayonida bilimlarni o’zlashtirish intituv-hissiy (kominukatev) hamda mantiqiy – ratsional (nokummunikatev) yo’llar bilan sodir etilishida namoyon bo’ladi.
Neyropedagogikaning fan sifatidagi asosiy maqsadi – inson bosh miyasi faooiyatida oliy psixik funksiyalarning individual xususiyatlarini hisobga olib pedagogic vazifalarni samarali hal etilishi uchun amaliy yordam berishdan iborat. Neyropedagogika quydagi bo’limlarni o’z ichiga oladi; neyrodedaktika, neyropedagogika, diagnostika (tashxis), neyropedagogik tarbiya, neyropedagogik korreksiya va adaptatsiya ta’lim jarayonining neyropedagogik muhitini tashkil qilish. Neyropedagogik diagnostika – insondag juft organlar qo’l(oyoq) ko’z va quloqni yetakchilik ko’rstkichlariga qarab bosh miya yarimsharlari asimetriyasining bir nechta funksional tiparini aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |