Mashinasozlikda aniqlik referat
Dastgohning geometrik noaniqligi va yeyilishidan kelib chiqadigan xatoliklar
Download 0.64 Mb.
|
Mashinasozlikda aniqlik hisoblash zamonaviy usullari
8. Dastgohning geometrik noaniqligi va yeyilishidan kelib chiqadigan xatoliklar
Dastgohning geometrik aniqligi deb, ishlamay turgan (yuklanmagan) dastgohning aniqligi tushuniladi. Dastgohning geometrik xatoligi uning asosiy detallarining noaniq ishlanishidan, dastgohni yig’ish jarayonida hosil bo’ladigan xatoliklardan va detallarning yeyilishidan kelib chiqadi. Xar bir metall qirquvchi dastgohlar bir nechta qismlardan tashkil topadi. Ba’zi qismlar ishlanayotgan tayyorlama bilan, boshqalari esa kesuvchi asbob bilan bog’langan bo’ladi. Dastgohni yig’ish jarayonida hosil bo’ladigan qismlarning bir-biriga nisbatan joylashish xatoligi unda ishlanayotgan detalning aniqligiga ta’sir qiladi. Dastgohning geometrik xatoligi ishlov berilayotgan detal sirtlarining joylashishiga (fazoviy aniqlik) va shakliga (shakl aniqligi) ta’sir qiladi. Dastgohlarni tayyorlash va yig’ish xatoliklari dastgohlarni geometrik aniqligini tekshirish joizliklari va usullarini, ya’ni yuklangan holdagi aniqligini belgilovchi me’yorlar bilan cheklanadi. Quyida o’rtacha o’lchamdagi umumiy qo’llanishdagi dasgohlarni ba’zi geometrik aniqliklari (mm.da) tasnifi keltirilgan: -tokarli va frezerli dastgohlar shpindelini radial tepishi -0,01-0,015 -shpindeldagi konussimon teshik tepishi: -tokarli va frezerli dastgoh (opravka uzunligi 300dan)-0,02 -vertikal-parmalash dastgohi (opravka uzunligi 100-300mm)-0,03-0,05 -shpindellarni yonli (o’qli) tepishi-0,01-0,02 -tokarli va bo’ylama – randalash dastgohlari yo’naltiruvchilari to’g’ri chiziqligi va paralelligi: -1000mm uzunlikda -0,02 -butun uzunligi bo’yicha -0,05-0,08 Keltirilgan ma’lumotlar me’yorli aniqlikdagi (H guruhi dastgohlari) 7-9 kvalitet o’lcham aniqligida o’rtacha o’lchami tayyorlamalarga ishlov beruvchi dastgohlarga tegishili. Nisbatan yuqori aniqlikdagi dastgohlarni geometrik xatoligi kam, ularni tayyorlashdagi mehnat sarfi ko’p bo’ladi. Dastgohda yeyilish natijasida katta tirqishili birikmalarning bo’lishi ishlov berilayotgan detalning aniqligini kamaytiradi. Dastgoh ishchi yuzalarini, masalan yo’naltiruvchilarini yeyilishi notekis boradi, bu esa dastgoh ayrim qismlarini o’zaro joylashuvini buzilishiga va oqibatda, tayyorlamaga ishlov berishdagi qo’shimcha xatoliklarni bo’lishiga olib keladi. Dastgohlarni noto’g’ri montaj qilish, ular o’rnatiladigan fundamentlarini cho’kishi dastgohni ayrim qismlari, masalan stollari yoki yo’naltiruvchilarini deformatsiyalanishiga va oqibatda yana tayyorlamaga ishlov berishdagi qo’shimcha xatoliklarni keltirib chiqaradi. Tayyorlamalarni avvaldan sozlangan dastgohlarda moslamaga o’rnatib ishlov berishda o’rnatish xatoligi sodir bo’ladi. O’rnatish xatoligi deb, moslamaga o’rnatilgan tayyorlamaning holatini talab qilingan holatdan farq qilishiga aytiladi. O’rnatish xatoligi asoslash xatoligi, qisib maxkamlash xatoligi va moslamaning xatoligidan tashkil topadi, ya’ni Tayyorlamalarni asoslash, ularni moslama va dastgohlarda o’rnatish sxemalari, misol tariqasida, quyidagi 1- jadvalda keltirilgan. 1-jadval Tayyorlamalarni asoslash misollari
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling