Mashinasozlikda avtomatlashgan tizimning klassifikatsiyasi
Download 320.76 Kb.
|
Avtomat, avtomatik liniya, moslashuvchan ishlab chiqarish tiziml
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moslanuvchan liniyalar ikki turga bo ‘ linadi
AVTOMATIK LINYALAR VA ULARNING TURLARI REJA AVTOMATIK LINYALAR Avtomatik tizim MASHINASOZLIKDA AVTOMATLASHGAN TIZIMNING KLASSIFIKATSIYASI Mashinasozlikni rivojlantirishning asosiy yo`nalishi mayda seriyalab, seriyalab, yirik seriyalab va yalpi ishlab chiqarishni avtomatik liniyalar, uchastkalar, tsexlar va zavodlar zaminida keng avtomatlashtirishdan iborat. Avtomatik tizim - ishlov berish texnologik jarayonining bajarilish tartibida o‘rnatilgan, o‘zaro avtomatik transport bilan birlashtirilgan va avtomatik yuklash-bo‘shatish (zagotovkani o‘rnatish-tayyor detalni olish) qurilmalari, shuningdek bir umumiy yoki bir nechta o‘zaro bog‘langan boshqarish sistemalari bilan jihozlangan texnalogik uskunalar majmuiga aytiladi. Avtomatik tizimlar qo‘llaniladigan texnologik uskuna turiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: universal dastgoxlar-avtomatlar va yarim avtomat liniyalari; ko‘p jarayonli dastgohlar; agregat dastgoxlar tizimlari; maxsulot dastgoxlar-avtomatlar va yarim avtomatlar tizimi; aylanma (rotorli) texnologik uskunalar tizimi; aralash texnologik uskunalar tizimi. Avtomatik tizimlar ishlov beriladigan detallarni tashiydigan transport turiga qarab bikr (sinxron) va moslanuvchi (asinxron) aloqali avtomatik tizimlarga bo‘linadi. Bikr aloqali tizimlarda detallarga tizimdagi texnologik uskunalarning barchasida bir vaqtda ishlov beriladi va ishlov berilgandan keyin oraliq qurilmalarda to‘planib qolmasdan bir uskunadan ikkinchi uskunaga to‘xtovsiz uzatiladi. Shuning uchun bunday tizimlarni yaratganda har qaysi uskunadagi ish siklining davom etish vaqti bir-biriga teng yoki kam farq qilishiga erishish zarur. Bunday tizimlarni kamchiligi shundaki, tizimlardagi biror dastgoh yoki biror qurilma to‘xtab qolsa, butun tizim ishlamaydi. Moslanuvchi aloqali liniyalarda har qaysi texnologik uskuna yoki uskunalar guruhi o`rtasida magazin-to‘plagich bo‘ladi. Natijada detal bir uskunada ishlov berilgandan keyin avval to‘plagichga uzatiladi, bu to‘plagichda avvaldan turgan detal esa navbatdagi uskunaga uzatiladi. Mazkur holda tizimlardagi biror texnologik uskuna to‘xtab qolsa, tizimning soz qismi to‘plagichlardagi detallar hisobiga ishni davom ettira oladi. Lekin to‘plagichlar qo‘llanilganda avtomatik tizimlar murakkablashadi. Avtomatik tizimlar ishlov beriladigan detallarni tashish usuliga qarab yo‘ldoshli va yo‘ldoshsiz bo‘ladi. Yo‘ldoshli tizimlar tashish yoki ish pozitsiyalarida moslamalarga mahkamlash uchun noqulay murakkab shaklli detallarga ishlov berishda qo‘llaniladi. Yo‘ldoshlar bilan jixozlangan avtomatik tizimlar detallarni texnologik uskunaning bajaruvchi organlariga nisbatan puxta va aniq vaziyatda o‘rnatishni ta’minlaydi. Ayni vaqtda yo‘ldoshlarni detalni qabul qilish joyiga qaytaruvchi transport (tashish) qurilmalari avtomatik tizimlarni murakkablashtiradi va ularning narxini oshiradi. Avtomatik tizimlar tashish qurilmalarining texnolgik uskunaning ish zonasiga nisbatan joylashishiga qarab ochiq yoki berk bo‘ladi. Ochiq tizimlarda tashish qurilmalari texnologik qurilmalarning barcha ish zonalaridan o‘tadi, berk tizimlarda esa ish zonalaridan tashqarida o‘tadi. Berk tizimlarda ishlov beriladigan detallar uskunaning ish zonasiga alohida-alohida tashish qurilmalari yordamida tashib keltiriladi. Ochiq avtomatik tizimlar berk tizimlarga nisbatan oddiy tuzilgan. Lekin ochiq tizimlar, odatda, uzunroq bo‘ladi, chunki ularda detallarning bir yoki ikki tomoniga ishlov beradigan bir pozitsiyali agregat dastgoxlar (berk tizimlardagi ko‘p pozitsiyali dastgohlar o‘rniga) ishlatiladi. Ochiq tranportyordan foydalanganda agregat dastgoxlarning ish zonalarini bir sathda joylashtirish ham zarur bo‘ladi, bu esa stanoklarni murakkablashtiradi va ularni o‘rnatish hamda geometrik aniqligini tekshirishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, bunday avtomatik liniyalarda korpus detallarga ko‘p tomonlama ishlov berishda to‘ntargichlar talab etiladi, natijada tashish sistemasi murakkablashadi va liniya uzunlashadi. Ko‘rsatilgan kamchiliklar detallarni tashish uchun portal robotlar bilan jihozlangan berk avtomatik liniyalarda bartaraf etilgan. Har qaysi pozitsiyada bir vaqda ishlov beriladigan bir hil detallar soniga qarab bir va ko‘p oqimli liniyalar bo‘ladi, turli detallar soniga qarab esa - bir va ko‘p predmetli liniyalar bo‘ladi. Avtomatik liniyalar qayta sozlash imkoniyatining mavjudligiga qarab qayta sozlanmaydigan va qayta sozlanadigan yoki moslanuvchan liniyalar deyiladi. Moslanuvchan liniyalar ikki turga bo‘linadi: 1. Ilgaridan topshiriqda ko‘rsatilgan, o‘lchamlari va ishlov berish tenologiyasi birhil bo‘lgan detallar guruxiga ishlov berishga qayta sozlanadigan liniyalar; 2. Tuzilishi va ishlov berish texnologiyasi avvaldan ma’lum bo‘lmagan yangi detallarga ishlov berishga qayta sozlanadigan liniyalar. Bunday liniyalar texnologik uskunalarning ayrim qismlarini, tashish va yuklash qurilmalarini, kesish asboblarini rostlash yoki almashtirish yo‘li bilan qayta sozlanadi. Qayta sozlash jarayonini avtoatlashtirish darajasiga qarab avtomatik va dastlabki qayta sozlanadigan moslanuvchan texnologik uskunalar bo‘ladi. Avtomatik qayta sozlanadigan texnologik uskuna mos mexanizmlar va boshqarish sistemalari bilan jixozlanadi. Moslanuvchan texnologik uskunalar majmui moslanuvchan ishlab chiqarish sistemasini tashkil etadi. GOST 26228-85 moslanuvchan avtomatlashtirilgan liniyalar, moslanuvchan moslanuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalar, moslanuvchan avtomatlashtirilgan tsexlar va moslanuvchan avtomatlashtirilgan zavodlarga bo‘linadi.
ko‘rsatilgan buyumga ishlov berish uchun qayta sozlanadigan asosiy texnologik uskuna bo‘lib, dasturli boshqarish qurilmalari, asbobni va buyumni almashtirish qurilmalari (to‘plagich, manipulyator yoki sanoat roboti), chiqindilarni ketkazish, texnologik jarayonni nazorat qilish va qo‘shimcha sozlash, shuningdek buyum sifatini to‘g‘rilab turish qurilmalari bilan jihozlanadi; ish sikllarini avtomatik tarzda ko‘p takrorlaydi; mustaqil ishlashga mo‘ljallangan va yanada yuqori darajali sistemalarga joylashish imkoniyatiga ega. Moslanuvchan avtomatlashtirilgan liniyalar - boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi va tashish - to‘plash sistemalari (zagotovkalar, chala mahsulotlar, buyumlar, asboblar, moslamalar, chiqindilar, uchun mo‘ljallangan) vositasida o‘zaro birlashtirilgan raqamli dasturda boshqariladigan dastgohli texnologik uskunalarning texnologik imkoniyatlarga qarab avvaldan ma’lum bo‘lgan buyum uchun qayta sozlanadi. Moslanuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalar ham moslanuvchan avtomatlashtirilgan liniyalarga o‘xshash ta’riflanadi. Moslanuvchan avtomatlashtirilgan liniyalardan farqi shundaki, buyumlar asosiy texnologik uskunalar bo‘ylab mustaqil oqim tarzida o‘tadi. Moslanuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalarining moslanuvchan avtomatlashtirilgan liniyalardan farqi yana shundaki, bunda texnologik operatsiyalar (ishlov berish) navbatini o‘zgartirish mumkin. Download 320.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling