Asosiy baza-berilgan detalga yoki yig’ilma birlikka tegishli bо’lgan va uning holatini buyumda aniqlash uchun ishlatiluvchi konstruktorlik baza (8.5-rasm).
Yordamchi baza-berilgan detalga yoki yig’ilma birlikka tegishli bо’lgan va ularga birlashtiriluvchi buyum holatini aniqlash uchun qо’llaniluvchi
konstruktorlik baza (5-rasm) .
Кonstruktorlik baza-detalni yoki yig’ilma birlikni buyumdagi о’rnini (holatini) aniqlash uchun qо’llaniluvchi baza. Shuningdek detal konstruksiyasini chizishda masalan; pog’anali valning (6-rasmga qar.) tanlangan Ι va ΙΙ yon sirtlari,ya’ni: A1 o‘lcham uchun Ι-sirt; A, A2, A3 va A4 o‘lchamlar uchun esa Ι Ι-sirt konstruktorlik bazalar vazifasini bajaradi.
Asosiy va yordamchi bazalarning bir detalni mashinada ishlash vaqtida boshqa detalga nisbatan holatini aniqlaydigan koordinat yuzalari yig’uv bazalari deb yuritiladi (8.5-rasmda 3-tezliklar qutisi teshigi «yor» va o‘ng yon sirti 4-shpindel uchun yig’ish bazasi bo‘lib hisoblanadi).
Texnologik baza deb, tanavorni yoki buyumni tayyorlash yoki ta’mirlash jarayonida holatini aniqlash uchun ishlatiluvchi bazaga aytiladi (7-rasm).
O‘lchash bazasi-tanavorni yoki buyumni va о’lchash vositalarini nisbiy holatini aniqlash uchun ishlatiluvchi baza (8.8-rasm). (GOST 21495-96).
5-rasm 6-rasm
7-rasm 8-rasm
3. Еrkinlik darajasidan mahrum etilishi bо’yicha bazalar sinfi
Bularga о’rnatuv, yо’naltirgich, tayanch, qо’shaloq yо’naltirgich va qо’shaloq tayanch bazalar (sxemalari 1-rasm , .2-rasm va 10-rasmlarda kо’rsatilgan) kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |