Mashq daftari
Download 99.04 Kb.
|
mashq daftari
ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9 sinflari uchun MASHQ DAFTARI Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent – 2023 Tuzuvchi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyoti ta’limi fakulteti 3-bosqich talabasi Kushaliyeva Xolida Taqrizchi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
So‘zboshi Assalomu alaykum, aziz o‘quvchilar! Siz ushbu kitob orqali o‘z bilimlaringizni mustahkamlash imkoniga ega bo‘lasiz. Qo‘lingizdagi manbaa sizga ona tili va o‘qish savodxonligi fani borasida sizga manfaatli ko‘makdosh bo‘ladi, degan umiddaman. Qadrli o‘quvchilar, shuni unutmangki, bilimning keraksizi bo‘lmaydi. Siz o‘rganyotgan har qanday ilm hayotingiz davomida sizga qo‘l keladi. Shunday ekan, ilm olishdan charchamang. Sizga maroqli o‘qish tilayman! FONETIKA(IMLO) Topshiriq. Quyida berilgan jadvalni so‘zlarning ma’nodoshlarini topib to‘ldiring. halim hassos hargiz hilol hamkor harir habib Sharh: Ushbu topshiriq 6-sinf uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu topshiriq orqali o‘quvchilarning so‘z boyligi tekshiriladi. Yakka holda bajariladigan bu topshiriqning o‘ziga xos jihati o‘quvchilar nutqidagi nofaol leksikadan faol leksikaga qarab yo‘naltirilganida hisoblanadi. An’anaviy topshiriqlarda biz bu holatning aksini ko‘rishimiz mumkin. Topshiriq. 2 guruhga bo‘lining. 1-guruh chuqur til orqa undoshi (x,) 2- guruh esa bo‘g‘iz undoshi (h) qatnashgan so‘zlar topib daftariningizga yozing. Eng ko‘p so‘z yozgan guruh g‘olib bo‘ladi. Sharh: Bu topshiriq 5-sinflarga mo‘ljallangan. Guruh bo‘lib bajariladigan ushbu topshiriq o‘quvchilarning so‘z boyligini tekshirish bilan bir qatorda ularda x va h harflari imlosi bo‘yicha ko‘nikma hosil qiladi. O‘quvchilar so‘z imlosini xato yozgan taqdirda o‘qituvchi ularning xatosini to‘g‘irlaydi. Bu esa ularda o‘sha so‘z imlosini yanada mustahkamlashga imkon bo‘ladi. FONETIKA(TALAFFUZ) Topshiriq. 2 guruhga bo‘ling va “Zanjir” o‘yinini o‘ynang. Bunda birinchi guruh yozgan so‘z qaysi harf bilan tugasa, ikkinchi guruh o‘sha harf bilan boshlanadigan so‘z yozishi kerak. Diqqat qiling. Zanjir shakllanishi uchun so‘zlar qator undosh bilan tugashi kerak. Namuna: 1-guruh: barg 2-guruh: go‘sht… Sharh: 7-sinflarga mo‘ljallangan topshiriq orqali ham o‘quvchilarning so‘z boyligi tekshiriladi, ham ularda talaffuz va imlodagi farqlar yuzasidan ko‘nikma hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘quvchilar guruh bilan ishlashni ham o‘rganishadi. Topshiriq. 2 guruhga bo‘lining. Har bir guruhdan bittadan o‘quvchi doskaga chiqsin. Birinchi o‘quvchi quyida berilgan so‘zlarni o‘qib tursin, ikkinchisi esa ularni doskaga yozsin. Talaffuz va imloga diqqat qiling. oila tabiat doim obro’ muallim soat mudofaa muattar taassurot taajub manfaat barg do’st qaymoq Sharh: Ushbu topshiriq 6-sinflar uchun mo‘ljallangan. O‘qituvchi talaffuzi o‘quvchilar uchun doim tushunarli va to‘g‘ri bo‘lgan. Ammo tengdoshlaridan eshitgan so‘zni yozish orqali ular talaffuzda qanday xatolikka yo‘l qo‘yishyotganini yohud imlo va talaffuz o‘rtasidagi farqni anglashlari osonroq bo‘ladi. Download 99.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling