Mashq. Gaplarni ko‘chiring. Kasb-hunarga oid so‘zlarning vazifasini aniqlab, qavs ichida ko‘rsating.
1. Endigina tandirdan uzib olingan patir hidi insonga orom beradigan xushbo‘y hiddir.(Nonvoy)
2. Manovi yakka ot-aravada ularga suv ham, yonilg‘i ham, moy ham, yana boshqabalo-battarlarni yetkazib berishim kerak (Ch. Aytmatov).(Aravakash)
3. Binoning devorlariga ganj bilan ishlov berilgan, eshik va derazalari o‘ymakorlik gullari bilan bezatilgan.(Me’morchilik)
4. Tekis taxtaga quruq bo‘r bilan yozsangiz, yozuvingiz aniq ko‘rinadi.(Duradgor)
5. O‘rikning turli navlari, qanday payvand qilish,naycha payvand, kurtak payvandlar to‘g‘risidaso‘rab-surishtirib, ancha narsalarni bilib oldim (S. Ahmad).(Bog’bon)
6. Yozganlaringizni disketga ko‘chirgandan so‘ng,matnni kompyuter xotirasidan o‘chirishingiz mumkin.(Dasturchi)
7. Avvalo shuki, kavush tikishga na charm bor, na sirach,na mix, na lok (G‘. G‘ulom).(Etikdo’z)
Nutqda ishlatilish doirasi ma’lum kasb-hunarga ko‘rachegaralangan so‘zlar kasb-hunarga oid so‘zlar hisoblanadi. Bunday so‘zlar qaysi hududda yashashidan qat’i nazar, bir xil kasb egalariga tushunarli bo‘ladi. Masalan,daska (kulollar xom idishlar ichini dasmollashda suv quyib ishlatadigan sopol idish), jo‘sha (tog‘dan olinadigan qizil kesak), volash (loyni ochib-yorib tozalash)kabi so‘zlar kulollargagina tushunarlidir. Kasb-hunarga xos so‘zlarning asosiy qismini shu sohaga oid atama (termin)lar tashkil etadi. Atamalar fan, texnika, madaniyat kabi sohalardagi aniq chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan bir ma’noli so‘zva so‘z birikmalaridir. Atamalar qo‘shimcha ma’nojilolariga ega emas. Atamalarning ko‘pchiligi boshqatillardan o‘zlashgan so‘zlardan iborat. Masalan: advokat, argon, dialog, debitor, grant, modul, metr, test, tormoz, marketing kabilar.
Topshiriq. Biror fan bo‘yicha darsligingizdan muayyan parchani o‘qing. Bevosita shu fanga oid atamalarni ajratib, ma’nosini lug‘at asosida izohlang.
Leksikologiya-so’z va uning ma’nolarini o’rganadigan fan.
Morfologiya-so’zning shakli, turkumlarini va gramatik ma’nolarini o’rganadi.
So’z-leksik va gramatik ma’nolarni ifodalaydigan butunlik.
Leksema-so’zning gramatik ma’nolarsiz faqat ma’no bildiruvchi qism uchun ishlatiladi.
Bir ma’noli so’zlar-monosemantik so’zlar.
Ko’p ma’noli so’zlar-polesematik so’zlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |